Texas Journal of Multidisciplinary Studies issn no: 2770-0003


Texas Journal of Multidisciplinary Studies ISSN NO: 2770-0003



Yüklə 217,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü217,8 Kb.
#129502
1   2   3   4
Texas Journal of Multidisciplinary Studies ISSN NO: 2770-0003 
https://zienjournals.com
Date of Publication: 17-01-2022 
______________________________________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________ 
A Bi-Monthly, Peer Reviewed International Journal [87] 
Volume 4 
 
 
 
(paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish stantsiyalari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy 
kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. 
«Kompyuter grafikasi» informatika sohasida o‘rganiladigan ko‘pgina fanlar o‘quv rejalarining 
ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi quyidagi kurslarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi: 
“Informatika va xisoblash texnikasi asoslari” 
“Informatika ” 
«Programmalash asoslari» 
“Operatsion tizimlar” 
«Tizimli va amaliy dasturlar ta’minoti» 
«Internet asoslari» 
“Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” va boshqalar. 
Berilgan ma’lumotlarni taxlil qilishda, olingan natijalarni ko‘rimli qilib ko‘rsatishda va taqdimot 
(prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta ishlashda, yangi marakkab kompozitsiyalar 
yaratishda zamonaviy kompyuter grafikasi keng qo‘llaniladi. Yuqoridagi sohalar bo‘yicha bilim olish va 
amaliyotda tatbiq qilishda “Kompyuter grafikasi” fanining ahamiyati juda katta. 
Kursning vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
talabalarda hozirgi zamon kompyuter grafikasi bo‘yicha bilim negizini paydo qilish. 
-
talabalarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi vositalarini va ularning ishlatilishini o‘zlashtirish. 
-
kompyuter grafikasining texnologik tuzilishini va har xil namoyish materiallarini o‘rganish. 
-
kompyuter grafikasi rivojining o‘rni va hozirgi zamon holatini bilish. 
-
hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida grafikaning texnologik tuzilishini o‘rganish. 
-
hozirgi zamon kompyuter grafikasini o‘zining o‘quv soxasida va professional faoliyatida 
foydalanishni bilish. 
-
kompyuter grafikasining texnikaviy vositalari va zamonaviy dasturlari bilan doimiy ishlash 
malakasini oshirish. 
Umuman hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha 
sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari unumli qo‘llanilib kelinmoqda.
Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni 
kommunikatsiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiy rok bo‘lib bu usulda ham etarli aniqlikka 
erishish mumkin.
Kompyuter grafikasini passiv va interaktiv bo‘laklarga bo‘lish avvaldan ma’lum. Bundan 20 yil 
avval ulug’ olimlarni, san’at ustalarini, sportchilarni, multiplikatsion filmlar qaxramonlarini (masalan, bo‘ri, 
quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmi alfavit raqamli chop etuvchi qurilmalardan chiqarish keng 
tarqalgan edi. Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni tushirish orqali, rang tafovut esa ba’zi bir 
joylarda shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang uchun), ba’zi bir joylarda bir marta tushirib (och rang 
uchun) mashina qog’ozi satxida hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda hosil qilish passiv mashina 
grafikasiga tegishlidir. 
Interaktiv mashina grafikasi (IMG) bu shundayki, bunda tasvirning holati, uning shakli, mazmuni, 
o‘lchamlari va rangi displey ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz 
o‘zgartirilib, boshqarib turiladi. 
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalar amaliy jihatdan qaraganda hammasi 
interaktivdir. 
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar yordamida, shuningdek 
printer, kino va videokameralar yordamida hosil qilinadigan tasvirlar kiritiladi. 
Bu qurilmalar yordamida hosil qilinayotgan tasvirga bevosita ta’sir qilib bo‘lmaydi. Displey 
qurilmasi, sichqoncha yordamida kiritish, klaviatura, skaner qurilmalari orqali tasvir hosil qilishda tasvir 
jarayonini istagancha boshqarish mumkin. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy tomoni shundaki, bu erda 
tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi. 



Yüklə 217,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə