179
TEMURIY MALIKALARINING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI
XUSUSIDA
Xamrayev G‘.G‘.
JDPU Tarix fakulteti katta o‘qituvchiso
Ne’matqulov.A.T.
JDPU Tarix fakulteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jahonga mashhur bolgan va e’tirof etilgan
hamda davlat boshqaruvida o‘z davrining ulkan tajriba egasi hisoblangan
temuriy malika Bibixonim haqida so‘z boradi.
Kalit so’zlar:
Saroy mulkxonim, Chigʻatoy, Qozonxon, Amir Husayn,
Amir Temur, Bibixonim, Yunusxon, Turkon Xotun.
Аннотация:
В статье речь идет о тимуридской царевне Бибиханим,
которая прославилась и получила признание в мире и считалась
обладательницей большого опыта государственного управления.
Ключевые слова:
Сарай Мулькханум, Чигатой, Казанхан, Амир
Хусейн, Амир Темур, Бибиханум, Юнусхан, Туркон Хотун.
Annotation:
The article deals with the Timurid princess Bibikhanim, who
became famous and recognized in the world and was considered the owner of
extensive experience in public administration.
Key words:
Sarai Mulkhanum, Chigatoy, Kazankhan, Amir Hussein,
Amir Temur, Bibikhanum, Yunuskhan, Turkon Khotun.
Saroymulkxonim Chigʻatoy ulusiga mansub xonlardan biri, Qozonxonning
qizi boʻlib, 1341-yilda tavallud topgan. Balogʻatga yetgach, Movarounnahr
hukmdori Amir Qozogʻonning nabirasi Amir Husaynga turmushga chiqadi.
1370-yilda, Amir Husayning Balx jangi vafotidan soʻng 26 yoshli
Saroymulkxonimni Amir Temur nikohiga oladi. Yuksak insoniy fazilatlariga
egaligi tufayli Saroymulkxonim, Amir Temur ahli ayollari –malikalarining
ulugʻiga aylanadi, hamda «kattaxonim» yoxud «Bibixonim» mavqei berildi. U
oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor ayoli va aql-zakovat
sohibasi boʻlgan
1
.
Biroq turli sabablarga koʻra vayron etilgan.Sohibqiron farmoniga binoan,
1399-1404-yillarda jomeʼ masjid qurib bitkazildi. Baʼzi rivoyatlarda Amir
Temur masjidini dono va oqila xotini Saroymulkxonimga tuhfa qilgan,
deyishadi. Shuning uchun boʻlsa kerak Amir Temur jomeʼ masjidi ham
Bibixonim nomi bilan shuhrat topgandir. Temuriyzodalar tarbiyasi bevosita
1
Boburnoma’’ nashriyot < Yangi Asr avlodi>.2018-y
180
Bibixonim bilan bogʻliq. U Shohruh Mirzo, Mirzo Ulugʻbek, Muhammad
Sulton, Xalil Sultonlarning ilm-maʼrifatni anglashida rahnamolik qilgan.
Ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek sogʻlom oʻsishi, diniy va dunyoviy bilimlarni
mukammal egallashida, Bibixonimning mehnati beqiyosdir
2
.
Sohibqiron Temurning oʻlimidan soʻng, Samarqand taxti, uning nabirasi
Xalil Sultonga oʻtdi shu davrda Bibixonim ancha qiyinchiliklarga duch keladi.
1409-yilda Samarqand taxtini Shohruh Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli Mirzo
Ulugʻbek egallaganda sevikli buvisi Bibixonim hayotdan koʻz yumgan edi.
Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgach,
«ko‘ragon» unvoniga musharraf bo‘ldi. Ko‘ragon iborasi mo‘g‘ulcha so‘z
bo‘lib, «kuyov» degan ma’noni ifodalaydi. Zero, Saroy Mulk xonim mo‘g‘ul
xonlaridan birining qizi bo‘lgani tufayli sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ul
xonining kuyovi, ya’ni «Amir Temur Ko‘ragon» nomini olgan edi.
Sohibqiron
Amir Temur malika Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgunga qadar,
haramida boshqa xotinlari ham bor edi. Lekin xon avlodiga mansub Saroy Mulk
xonim haramdagi barcha malikalardan ulug‘rog‘i hisoblanib, «katta xonim»
yoxud «Bibixonim» degan unvonga noil bo‘ladi. Albatta, bunday e’zozga
musharraf bo‘lish uchun aql-zakovat, did-farosat, fikrlash doirasining ulkanligi
bosh omil bo‘lgan. Zotan, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Saroy
Mulk xonim zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat
sohibasi, husn-latofat bobida ham benaziri edi. Saroy Mulk xonim insonparvar,
vatanni sevguvchi, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari
bilan qatnashib turgan ayol edi Turkon xotun
-
Xorazmshoh Takish
qipchoqlar bilan ittifoqqa kirib, ularni o’ziga og’dirish niyatida qipchoq xoni
Jonkishining qizi Turkon Xotunga uylanadi. Bayot urug’idan bo’lgan Turkon
Xotun Xorazmga turk qabilalari (uraniylar, qarluqlar, ug’roqlar, xalaj
qabilalari)ni olib keladi va ularning qudratli homiysiga aylanadi.Hijriy 596 yil
20 shavvol (1200 yil 3 avgust)da Gurganj aholisi, davlat a’yonlari va amirlari
ishtirokida Xorazmshohlar davlati taxtiga Takish va Turkon Xotun o’g’li
Qutbiddin Muhammad o’tirdi va u otasining Alouddin laqabini qabul qildi.
Keyinroq esa Sanjar ikkinchi nomini oldi.
An-Nasaviy Turkon Xotun haqida
quyidagicha tavsif qoldirgan: «Yuqorida aytib o’tilgan Turkon Xotun Bayavut
toifasidan bo’lib, yemak urug’ining shoxobchasidandir. Qachonki, uning
mavqei mustahkamlangandan so’ng «Xudovandi Jahon», ya’ni butun dunyo
hukmdori laqabini olgan edi. U turkiy hukmdorlardan Jonkishining qizi bo’lib,
El-Arslonning o’g’li Takish unga uylanadi. Takish o’lgandan so’ng davlat
2
Fayziyev.T.Temuriylar shajarasi. “Fan”., 1995., 135-bet.
181
tepasiga kelgan o’g’li Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida onasi Turkon
Xotunning obrusi ko’tarilib, davlat ishlarini ham boshqargan".Hatgo
Xorazmshoh Muhammad mastligida onasi Turkon Xotunning xiyonati tufayli
shayx Najmiddin Kubroning shogirdi shayx Majididdin Bag’dodiyni qatl qilish
haqida farmon ham beradi. Bag’dodiyning qatl qildirilishi din ulamolarini
Muhammaddan ixlosini qaytargan edi. Turkon Xotunning bunday nodonligi
Xorazmshohlar davlatiga sonsiz kulfatlar keltirdi. Bundan tashqari, katta
qudratga ega bo’lgan sarkardalarining ko’pchiligi qipchoqlardan bo’lgani bois,
hukmdor onasiga yon berishga majbur edi.An-Nasaviy bunday yozadi: «Agar
malikadan va sultondan bir ish haqida ikkita ko’rsatma kelsa, u holda ularning
sanasiga qarar edilar va barcha mamlakatlarda keyingi sanaga amal
qilardilar...»Turkon Xotun «Jahon hokimi» laqabiga ham ega edi, uning
farmonlaridagi shaxsiy muhri — tug’risida: «Ismat ud-dunyo vad-din Ulug’
Turkon malika niso al-olamiyn» (Dunyo va uning pokdomoni, Ulug’ Turkon,
olam ayollarining malikasi) deb bitilgan edi. U «I’tasamtu billahi» («Faqat
Allohdan himoya kutaman») deyilgan so’zlarni bosh shior qilib olgan. U o’z
shiorini o’g’li shiorining yoniga qo’yar edi..Gurganj shahrida Turkon
Xotunning qarindoshlaridan sultonning turkiy qo’shiniga tegishli nufuzli
a’yonlargina (boshliq o’rnida) edilar, jumladan, Xumor Ag’u — hojib
sipohsolor (lashkarboshi), Buka Pahlavon, Ali Marg’ini va boshqalar.
1220 yili
Xorazm mo’g’ullar tomonidan istilo qilingach, Sulton Alouddin Xazar
dengizidagi Abiskin orollaridan biriga qochishga majbur bo’ldi.Noshukr malika
Ilol shahri Mozandaronga etgach, yo’lboshlovchini ham qatl qildiradi. Chingiz
lashkarlari Turkon Xotun izidan borib, Ilol shahrini qamal qilib, ko’p o’tmay
uni ham bosib oladi.
3
Malika Xorazmshohning butun harami, bolalari bilan
asirga tushadi. Mo’g’ullar shoh bolalarini o’ldirib, haram ayollarini xotin qilib
oladilar, Turkon Xotun esa Chingizxon qarorgohiga jo’natiladi. Turkon
Xotunning asirlikdagi ahvoli juda ayanchli edi, u Chingizxonning dasturxonida
qolgan sarqiti bilan ovqatlanardi. Bir paytlar har qanday farmoyishi darhol
bajarilgan malikai jahon Turkon Xotun 1233 yili xoru zorlikda vafot etadi.
Qutlugnigorxonim-— fargʻona viloyati hukmdori umarshayx mirzoning
toʻngʻich xotini. Uning otasi Yunusxon Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoyxon
naslidan boʻlgan, onasi Eson Davlat begim tuman beklaridan Sher Xonibekning
qizi edi. Yunusxon Eson Davlat begimdan 3 qiz koʻrgan. Q.N. oʻrtancha qiz
boʻlgan. Q.N. Umarshayx mirzoga uzatilgach, undan bir qiz (Xonzodabegim)
va bir oʻgʻil (Zahiriddin Muhammad Bobur) koʻrgan. Dono, oqila, mehribon va
vafodor bu ayol Boburning Temuriylar saltanatini inqirozdan saq-lab qolish
3
Jalolidin Manguberdi’’ Maqsud Shayxzoda
182
maqsadidagi harakatlarida madadkor boʻlgan, darbadarlik vaqtlarida hamrohlik
qilgan. Bobur Kobulni qoʻlga kiritgandan soʻng, 5—6 oy oʻtgach, Q.N. ich
terlama kasaliga chalinadi va dunyodan koʻz yumadi. U Ulugʻbek tomonidan
qurilgan.
“Boburnoma”da oqila, mudabbira onalar qanday tasvirlangan?Shonli
tariximizdan ma’lumki, valiahd shahzoda, malikalaru podshohlarni nafaqat
hayotga, balki mamlakatni boshqarishga tayyorlashda, umuman, millat
tarbiyasida zukko, farosatli, ilmli onalarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Onalarga
hamisha yaratuvchi sifatida qaralgan va e’zozlangan.O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy
xodimi, filologiya fanlari nomzodi Burobiya Rajabovadan shoh va shoir
Zahiriddin Muhammad Boburning muhtasham “Boburnoma” memuarida ona,
mudabbira ena, bunyodkor malikalarning tasviri haqidagi savollarimizga javob
oldik— O‘rganishimcha, Temuriylar Uyg‘onish davrida saroy ayollarida
ijtimoiy faollik o‘sgan. Bunyodkorlikni o‘zlariga sharaf deb bilgan
malikalarning davlat ishlaridagi faolligi himmat va ehsoni bilan belgilangan.
Ular mamlakatning obodligi, farovonligi yo‘lida hamda aql va qo‘l
ixtirolarining mamlakat bo‘ylab yoyilishida saxiy mulkdorlar qatorida pul
tikib, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurdirgan, suv chiqargan, bog‘lar barpo
qilgan.Bobur Temuriylar Renessansi davrining murakkab saroy hayotiga ham
ahamiyatqaratgan. Ancha yangi gaplar aytgan.“Boburnoma”da yozilgan muhim
ma’lumotlardan biri bu – onasi haqidagi xabarlardir. Bobur onasi Qutlug‘
Nigorxonimni “Boburnoma”da o‘ndan ortiq ma’lumotlarda tilga oladi.
4
Gulbadanbegim- (1522, Kobul -1603, Dexli) — Amir Temur avlodidan,
Markaziy Osiyoda oʻrta asrlarda yagona ayol-tarixchi
.
Zahiriddin Muhammad
Boburning qizi. Onasi Dildor begim. Gulbadan begim otasi Bobur podshohning
farmoniga ko'ra katta onasi ya'ni Humoyun Mirzoning onasi - Mohim begim
qoʻlida tarbiyalangan. U 1529-yilda Agraga borgan. Yoshligidan adabiyot va
tarixga qiziqqan. Zamonasining barcha bilimlaridan boxabar boʻlgan, fors tilini
mukammal oʻzlashtirgan, "Boburnoma"ni mutolaa qilgan. Umrining oxirigacha
asosan Hindistonda yashagan, Makkada boʻlgan (1575—82). Akbar buyrugʻiga
koʻra Bobur va akasi Humoyun haqida "Humoyunnoma" asarini yaratgan.
Asarda 15-asrning oxiri — 16-asrning oʻrtalarida Movarounnaxr, Afgʻoniston
va Hindiston hududlarida roʻy bergan voqealar bayon qilinadi.Gulbadan begim
o‘z asarida saroy ahlining hayot tarzi, shuningdek, tarixiy asarlarda
uchramaydigan Bobur podshoh xonadonining nozik xususiyatlari, oilaviy
sharoitlari, to‘y va aza bilan bog‘liq udumlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, kiyim-
kechak turlari kabi jihozlar haqida mufassal hikoya qiladi. Unda
4
O’zbekiston adabiyoti san’ati’’2008-yil.
183
"Boburnoma"da
tasvirlangan
voqealarning
davomi
qalamga
olingan,
shuningdek, "Boburnoma"ga kirmagan baʼzi voqea-hodisalar aks etgan...
Asarning 83 varakdan iborat yagona qoʻlyozma nusxasi Angliyaning Britaniya
muzeyida saqlanadi. Unda voqea tugallanmagan, ingliz sharqshunosi Charlz
Ryo oʻz katalogida uning qisqa tavsifini bergan. Ingliz olimasi A.S. Beverij
ingliz tiliga (London, 1902), S. Azimjonova oʻzbekchaga (Toshkent, 1959)
tarjima qilib, forscha asl nusxasi va izohlari bilan nashr ettirganlar. Tarixchi
olim Abulfazl Allomiy "Akbarnoma" asarini yaratishda "Humoyunnoma"dan
keng foydalangan.
Xulosa o‘rinida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, o’rta asrda sharq
davlatlarida ayolarning davlat boshqaruvida ayollar erkaklar bn tengma teng
boshqarishga harakat qilganini korsatishimiz mumkin.Sharq malikalarning
davlat boshqaruvida faol siyosat olib borilganini biz Bibixonim misolida
ko’rishimiz mumkin.Qutlugnigorxonimga kelsak u turmush o’rtog’I vafot etgan
bolsa hamu ayol boshi bn o’zining farzandi hisoblangan Boburni davkatni
boshqarishda katta o’rin egallangan.Gulbadanbegim Boburning qizi bolib u
otasiining ishini davom ettiradi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boburnoma’’ nashriyot “Yangi asr avlodi”. 2018.
2. “O’zbekiston adabiyoti san’ati’’ 2008-yil.
3. “Jalolidin manguberdi’’ AN-Nasaviy’ 2017.
4. “Jalolidin Manguberdi’’ Maqsud Shayxzoda 2010.
5. O’zMe.Birinchi jild.Toshkent.2000-y
6. Fayziyev.T.Temuriylar shajarasi.1995-y.
Dostları ilə paylaş: |