Bo'g'in va uning ahamiyati



Yüklə 2,68 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü2,68 Kb.
#105867
Bo\'g\'in va uning ahamiyati-fayllar.org


Bo'g'in va uning ahamiyati

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 15- o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Ortiqova Gulyoraning


" Bo'g'in va uning ahamiyati" mavzusida tayyorlagan slaydi
Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor:a-do-lat. Birinchi bo‘g‘in bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘in ikki tovushdan, uchinchi bo‘g‘in uch tovushdan iborat.
Bo’g’in tuzilishi jihatidan quyidagi tiplarga
ajratiladi:
1. Bir unlidan iborat: o-ta, o-na, a-ka.
2. Bir unli va bir undoshdan iborat:
a) unli + undosh – ot, ish, ol.
b) undosh + unli – lo-la, do-na, to-za.
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat:
a) undosh + unli + undosh: kuch, qosh, mak- tab.
b) unli + ikki undosh: aql, ilm, erk.
v) ikki undosh + unli: fra-za, sta-kan.
Ot
Lo - la
O'- qi - tuv- chi
4. Bir unli va uch undoshdan iborat:
a) undosh + unli + ikki undosh: baxt, qirq, dard.
b) ikki undosh + unli + undosh: stol, trak-tor, xlor.
5. Bir unli va 4 undoshdan iborat.
a) ikki undosh + unli + ikki undosh: sport, shrift.
b) undosh + unli + uch undosh: punkt, tekst.
v) uch undosh + unli + undosh: skver, shtraf, skrip-ka.
Bug’inning CCV, CCVC, CCVCC, CVCCC, CCCVC kabi tiplari asosan rus tilidan o’zlashgan so’zlarda uchraydi. Turkiy tilga xos sof o’zbekcha so’zlarda bir tovushdan 4 tovushgacha bo’lgan bo’g’in tiplari mavjud. Bo’g’in unli yoki undosh fonema bilan tugashiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
unli bilan tugasa ochiq bo’g’in: bo-la, lo-la
undosh bilan tugasa yopiq bo’g’in: maktab, dehqon.
Ki - tob
Far - zand
Tilda bo’g’inning amaliy ahamiyati katta.
* Satrga sig’may qolgan so’zni ikkinchi satrga ko’chirish bo’g’in asosida amalga oshiriladi.
* SHe’riyatning barmoq vazni bo’g’inlar sonining teng bo’lishiga asoslanadi.
* Bog’cha bolalari va boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish, yozishga o’rgatishda ham bo’g’in asosida ish olib boriladi.
* Bo’g’in fonetik so’zning shakllanishida qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi.
http://fayllar.org
Yüklə 2,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə