Dunyoning mashhur universitetlari



Yüklə 332,3 Kb.
tarix15.03.2022
ölçüsü332,3 Kb.
#84506
ozbek tili


DUNYONING MASHHUR UNIVERSITETLARI

Reja:


1.Dunyoning eng mashhur universitetlari oltiligi

2.Mashhur universitetlar tarixi

3.Mashhur shaxslar talim olgan oliygohlar

4.Oliy talim-mamlakat kelajagi

Dunyo yuzida barcha insoniyatga malum va mashxur universitetlar juda ko'p.Oliy taʼlim uzoq tarixga ega boʻlib, u dastlab Qadimgi Sharq mamlakatlarida paydo boʻlgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda miloddan bir necha ming yillar burun oliy taʼlim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yoʻllari haqidagi asarlarini oʻrganar edilar. Ular bilim berish va tajriba borasida eng oldi oliygohlar hisoblangan. Universitet so'zi olmoncha va o'z navbatida lotin tilidan olinib “O’qituvchilar va olimlar jamoati” degan manoni anglatadi.Eng avvalo dunyoning eng nufuzli universitetlar o'ntaligiga to'xtalib o'tsak:

1.Oksford universiteti,Buyuk Britaniya.Ushbu universitet tarixi 1096-yilga borib taqaladi.Eng daslab bu universitet ingliz tilin o'rgatuvchi oliy talim muassasasi hisoblangan.Universitet eng qadimgi ingliz tilida so'zlashuvchi oliy talimlarning biri.Hozirgi davrga kelib bu yerda 20 mingdan ziyod talaba ta'lim oladi.Ular turli sohalar bo'yicha tahsil olib kelmoqdalar.Bunday talim yo'nalishlariga misol keltiradigan bo'lsak: sa'nat va madaniyat,biznes va marketing,til va tibviyot kabi birqancha fanlar o'qitiladi.Universitetda 5000dan ziyod ishchi xodimlar xizmat ko'rsatadi. Muassasa to'qqiz marta qirollik tarafidan taqdirlangan.

2.Boloniya universiteti,Italiya.Boloniya universitetining o'ziga xos xususiyati shundaki, u dastlab talabalar bo'ysunishi kerak bo'lgan professorlar korporatsiyasi (universitas magistrorum) sifatida emas, balki talabalar korporatsiyasi (universitas scholarium) sifatida yaratilgan. Talabalarning o'zi rektor, rahbarlar va ma'ruzachilarni sayladilar.

3.Kembrij universiteti,Buyuk Britaniya. Buyuk Britaniyaning yana bir mashhur universitetlaridan biri Kembrij universitetidir. Universitet 1209-yili tashkil topgan. Hardoim eng mashhur universitetlar qatoridan o
'rin olgan.

Universitet bitiruvchilarining 89tasi Nobel mukofoti sovrindorlaridan. Hozirda universitetda 25 mingta talaba 3ming xodim ish olib boradi.

4.Garvard universiteti,AQSh. Amerikadagi eng qadimgi universitetlarning biri Garvardir.Bu universitetning nomini eshitmagan va bilmagan inson yo'q hisob. Dunyoning ko'p sonli abiturientlarin o'ziga tortuvchi oliygoh bo'lib,universitet bitiruvchilari kelajak uchun poydevor qurib bo'lgan hisoblanadi. Sababi bu oliygoh bitiruvchilariga jahon miqiyosida talab juda kuchli.

Garvar 1636-yilda Kembrij shaxrida tashkil etilgan. Dastlab kollej sifatida ish yuritgan, keyinchalik oliy talim muassasasiga aylangan. Garvard nomi bilan atalishining sababi universitet bosh homiysi Jon Garvard hurmatiga shunday nomlangan. Bu universitetda tarixda 8 bo'lajak AQSh prezidenti talim olgan. Ular orasida Barak Obama, Teodor Ruzvelt va hatto Facebook asoschisi Mark Zukkenberg ham o'qigan.

5.Prinston universiteti, AQSh. Eng qadimgi universitetlardan biri Prinston universiteti tashkillashtieilganga ham 250 yildan oshdi.Bu oliygoh eng nufuzli elita universitet desak adashmaymiz.Universitet 1746-yildan boshlab hozirga qadar o'z ishini o'zgaeishsiz olib bormoqda.Universitetdan 30dan ziyod Nobel sovrindorlari tahsil olgan.Mashhur va taniqli iqtisodchi va professor Jon Nesh ham shu yerda o'qigan.

6.Chikago universiteti,AQSh. Amerikada joylashgan universitet. Bu yerda iqtisodyot va ijtimoiy fanlar o'qitiladi.1890 yili Rokfeller tarafidan asos solingan. Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan talabalar soni 79taga yetgan.AQShning sobiq prezidentlaridan biri Barak Obama bu yerda talim bergan va uning ayoli Mishel Obama shu universitetda yoshlar bilan ishlashish bo'limida ish olib borgan.

Yuqorida aytilgan beshta universitetlar bilan ro'yxatimiz to'lmaydi. Bu ro'yxatni xoxlagancha davom etishimiz mumkin. Bunday universitetlarning ko’pchiligi AQSh ,Buyuk Britaniya, Kalumbiya,Rossiya mamlakatlarida joylashgan. Ularning qatoriga yaqin kelajakda O'zbekistonning oliy talim muassasalari kirshiga umid qilamiz.

Harbir mashhur universitetning o'z tarixi, bosib o'tgan yo'li bo'ladi. Universitetlarning tarixi o'zi uzoq o'tmishga borib taqaladi.Eng dastlabki universitetlar 11-asrda Evropa mamlakatlarida paydo bo'lgan. Biroq bu eng birinchi universitet emas bo'lib, eng birinchisi Islom mamlakati hisoblangan Misrning Qohira shaxrida 970-yili Al-azhar tashkil topgan.Eng birinchi universitetlar bilim berish maskani emas , balki professor va olimlarning fikr almashish uchun joy bo’lgan. Faqat keyinchalikgina ular talabalar uchun o'quv maskani xizmatin qila boshladi. Bundan keyin universitetlarda talim asosan tibbiyot,huquq va idealogiyadan iborat bo'ldi. Universitetgacha talabalar geometriya,matematika ,astronomiya,geodezia,mineralogiya,fizika kabi aniq fanlarni bilishi talab qilinar edi. Bunday talablar ularning o'qish sohalariga qarab qo'yilgan.

Nafaqat Evropa xaliqlari da Sharq davlatlarida ham universitetlar oliy talimning bosqichi bo'lib rivojlangan. Biroq ular madrasa nomi ostida yuritilgan. O'qituvchilar esa professor emas domla, muddaris deb nomlangan. Madrasalar ham eng birinchi Evropa universitetlar singari boshqa ishlar yani diniy masalalar bo'yicha ish olib borgan. Vaqt o'tishi bilan oliy o'qish joyi sifatida ko'rinadi. Bu yerda asosan ilohiy ilmlar hisoblangan diniy fanlar o'qitilgan. Madrasalarda o'qish oson kechmagan. O'quvchi yoshlarning ko'pchiligi amaldor va vazirlarning farzandlari hisoblanib, ular haddan ziyot harajatlar vilan taminlangan va hozirgi oliy talimdan tubtan farq qilgan.O
ʻzbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi Oliy taʼlim Oʻrta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918-yil 12-mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalq dorilfununida berila boshlangan. Shoʻrolar davrida Oliy taʼlim tarmogʻi bir qadar kengaygan boʻlsada, mahalliy aholidan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash ustuvor mavqeda boʻlmagan. Mashhur shaxslar ham oliygohlarda ta'lim olgan. Ularga birneshta hayotiy misollar keltirsak ortiqcha bo'lmaydi. Mashhur olimlarning biri Isaak Nyutonni eshitmagan odam bo'lmasa kerak. Uning boshiga olma tushib ketmaganida ,balki biz hali ham tortish kuchi haqqida bilmagan bo’lar edik. Nyuton Kembrij universitetining biriruvchilaridan biri. To'g'ri bu oliygoh bitiruvchilaridan juda ko'pchilik Nobel mukofoti sovrindori, olim va professorlar dunyoga ma'lum insonlar o'qigan dargoh hisoblanadi. Bu universitet bitiruvchilari orasida hamyurtimiz Vladimr Nabakob ham bor.

Stenford universiteti ham o'zining mashhur talaba bitiruvchilari bilan faxrlansa arziydi. Bu yerning talabalaridan juda ko'pchilik Yahoo, Google ,Apple kabi kompaniyalarda ishlasa hatto Nike brendi asoschisi Filip Nayt shu oliygohda o'qigan.

Bunday universitetlarni qancha maqtasak ham kamdek tuyila beradi. Bilim darajasi shunday darajada berilishi amaliy va nazariy bilimlar uyg'unlikda o'tilishi bilan ular shunday natijaga erishgani so'zsiz.

Shu o'rinda barchamizga malum Moskva davlat universitetin aytib o'tmasak bo'lmaydi. Bu universitet tashkil topishida mashhir akademik Lomonosovning o'rni tahsinga sazavor. Bu yerdagi yana bir ajoyib oliygohlardan biri Moskva xalqaro munosabatlar instituti bu yerning eng qiziq joyi 50 tan ortiq jahon tillari fakultetlari borligidadir.

Hammaning tillarida doston bo'lgan universitet Garvard. Bu ajoyib dargohdan AQSh prezidentlari Obama, Ruzvelt, Kennedi, Bush kabilar tahsil olgan. Shubhasiz ular universitetning eng bilimli bitiruvchiladi bo'lgan. Bundan tashqari Qirollik oilalaridan Daniya shaxzodasi Frederik, Quvayt shayxi Sabah, Yaponiya malikasi Ovada shuningdek ishbilarmon multimilliader Bill Geyts ham ro'yxatdan o'rin olgan.

Tarixda “Temir ayol” laqabi bilan qolgan siyosatchi Margaret Tetcher Oksford bitiruvchisi bo'lganidan xabaringiz bormidi. Bunday mashhurlar orasida Turgenov, Chukovskiylar ham o'rin olgan. Ham yurtimiz Anna Axmatova borligi bizda faxr hissini paydo qiladi. Bunday yurtdoshlarimiz bilan maqtansak arziydi.

Oliy talim-mamlakat kelajagi. O'zbekistonda hozirda shunday chora -tadbirlar o'tkazilmoqda, barchasi yoshlarning talim olishi va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, kitob mahsulotlarini chiqarish to'g'risida juda ko'p qarorlarni chiqarmoqda. Bularning barchasi yoshlarning talimiga qaratilgan. Hozirda qanchadan-qancha vatandoshlarimiz, tengdoshlarimiz dunyoning turli xil oliy ta'lim muassasalariga talaba bo'lish baxtiga sazavor bo'lmoqda. Bu juda ajoyib hodisa. Dunyo universitetlarining bizda filiallari ochilish eng katta omad belgisi deb qabul qilsak hato qilmaymiz. O'zbekiston talim tizimi ham elektron jamiyat kabi rivojlanib eng so'nggi telekomunikasiya qurollari bilan taminlandi. Yoshlarimizga barcha javhalarda imkoniyatlar yaratildi. Ta'lim grantlari soni bir necha barobar oshdi. To'lov-kontrakti bo'lib qolgan tag'dirda ham ta'lim kreditlari mamlakat byujetidan ajiratilib berildi. Bunday imkoniyatlar hali hech bir davlatda berilmagan. Oliy ta'limdagi o'zgarishlar , albatta, kelajakga poydevor bo'ladi.

Qoroqolpog'iston Respublikasida ham oliy ta'limga e'tibor kuchli. Respublikadagi oliy talim yurtlaridan har yili eng faol bo'lgan talabalar bitirib chiqishadi va o'zi tanlagan yo'nalish bo'yicha ish olib boradi. Ular shu yo'l bilan vatanimizga hissalarini qo'shishadi.Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega bo'ldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan Oʻzbekiston Respublikasida dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy diniy oʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi. Oliy talim mamlakatning qanchadan-qancha sohalariga bog'liq . Yoshlar bilim olish sifati oliy talimga tegishli masaladir. Hozir oliy talim rivojlanish yo'lida hisoblanadi. Biz, yoshlar shu yo'lda fidoyi xizmat qilaylik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



1.O'ZBEKISTON MILLIY ENSKLOPEDIYASI.

2.INTERNET MATERIALLARI.
Yüklə 332,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə