O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi 2 respublika tibbiyot kolleji



Yüklə 10,15 Mb.
səhifə1/26
tarix28.11.2023
ölçüsü10,15 Mb.
#134058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
2 - RESPUBLIKA TIBBIYOT KOLLEJI 114000


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

2 - RESPUBLIKA TIBBIYOT KOLLEJI

XIRURGIYA” O‘QUV FANIDAN YO‘RIQLI TEXNOLOGIK HARITA TO‘PLAMI






TOSHKENT – 2023

DESMURGIYA
Xirurgiya juda qadim zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy odamlar o’z-o'ziga va bir-biriga yordam ko'rsatar ekanlar, nayzaning o'tkir uchini va yoy o'qini tanadan chiqarib olish yo'lini bilganlar, qon oqayotgan jarohatni qisib, qon ketishini to'xtata olganlar, jarohatni davolash uchun o'simliklarning barglaridan va yo'sin (mox) dan foydalanganlar.
Operasiya - bu asosan ta'qimalarga mexanik ta'sir ko’rsatish yo'li bilan to'qimalar kesilib patologik o’choq aniqlanib bartaraf etiladi (kesib olib tashlanadi) va to'qimalar yoki ayrim tana a'zolarning normal shakli funksiyasi tiklanadi: to'qimalar va a'zolarni kesib olib boshqa joyga (boshqa organizmga) ko'chiriladi.
Shikastlanishning turi va sabablari, davolash va oldini olish choralariga travmatologiya fani mas'uldir. Shikasllanishlar umumiy xirurgik kasalliklarning 30-35% ni tashkil etadi.
Respublikamizda travmatologik xizmat uch asosiy zvenodan iborat:
1.Shikastlanish ro'y bergan joyda birinchi tibbiy yordamni tashkil qilish.
2.Ambulatoriya-poliklinikada shikastlanishga yordam ko'rsatish.
3.Travmatologik yordamni kasalxonalarda tashkil qilish.
Travma yuz bergan joydayoq birinchi yordam ko'rsatish quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:
a) shifokor kelguncha birinchi oddiy yordam. Bu yordam ko'pincha maxsus kasbi bo’lmagan kishilar (o'z-o'ziga va o'zara yordam) tomonidan ko'rsatiladi. Ular shikastlangan kishining o’rtoqlari, sanitariya drujinachilar tomonidan, qarindoshlari yoki begona kishilar, yo’l harakati va milisiya hodimlari, o'rta ma'lumotli tibbiyot hodimlari bo'lishi mumkin:
b) Yuqori malakali yordamni maxsus tayyorgarlikka ega bilgan shifokor bajarmog'i kerak.
Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
1) shikastlangan kishiga iloji boricha zudlik bilan yordam berish zarur.
2) birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun avvalo oddiy tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng, bemor darhol maxsus davolash muassasasiga olib borilishi zarur.
3) keyingi bosqichda yordam beruvchi travmatologiya hodimlariga har bir qilingan davolash
usullarini keng va batafsil bayon qilish, birlamchi xirurgik ishlov berish, qoqsholga qarshi zardob yuborish va boshqalar.
4) har bir kishi shikastlanish yuz berganda qayerga, qachon so’rab murojaat qilishni bilish kerak.
5) shikastlangan kishini to'gri evakuaciya qilish travmatalogiya yordamining asosiy bo’g’ inlaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 10,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə