Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


-jadval.Sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/6
tarix27.03.2018
ölçüsü0,49 Mb.
#34833
1   2   3   4   5   6

2.2.1-jadval.Sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari

Majburiy sug`urta

Ixtiyoriy sug`urta

Majburiy sug`urtalashda barcha majburiy tartibda sug`urtalanadi, yoppasiga amalga oshiriladigan sug`urta

Ixtiyoriy sug`urta tanlab olish yo’li bilan sug`urtalanuvchining xoxishi bilan amalga oshiriladigan sug`urta, bu sug`urtadan utish majburiy emas

(Sug`urta badallari, mukofotlari) to’lanmaganiga qaramasdan sug`urta davom etadi. Sug`urta badal to’lash bilan bog`liq emas

Sug`urta badal to’lash bilan uzviy bog`langan. Shartnoma tuzib badal to’lanmasa sug`urta kuchga kirmaydi


Sug`urtaning muddatsizligi va o’z o’zidan sug`urtalanish, muddatsizlik transport va qishloq xo’jalik ekinlari uchun nisbiy bo’lib, yo’lovchi etib kelgandan keyin yoki xosil yigishtirib olingandan keyin sug`urta o’z kuchini yo’qotadi

Shartnomada ko’rsatilgan muddat bilan sug`urta davri chegaralanadi. Agar sug`urta badali to’lanmasa, sug`urta muddati to’xtab qoladi

Sug`urta ta’minotining normallashtirishi

Sug`urta ta’minoti mulk baxosi va sug`urtalanuvchining xoxishiga qarab oldindan belgilanadi.

qonun asosida tartibga solinadi

Sug`urta dasturlari asosida tartibga olinadi. Ixtiyoriy sug`urta xaqidagi qonun sharxlanmaydi.

Manba:16
Majburiy sug`urta turlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Sug`urta tashkiloti faoliyatining maqsadi boshqa shaxsning manfaatlari bilan bog`liq xavf-xatarni sug`urtaga qabul qilishdir. Sug`urta bo’yicha xizmatlar pullidir, sug`urta qildiruvchi sug`urtachiga sug`urta mukofotini to’laydi. Shuning uchun sug`urtachi sug`urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyatidaligidan dalolat beruvchi kafolat mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli O’zbekiston Respublikasida sug`urta ishini tashkil etishning ma’lum prinstiplari mavjuddir:

1. Barcha sug`urta tashkilotlari sug`urta to’g`risidagi qonunga bo’ysunishi kerak;

2.Sug`urtachi yuridik shaxs bo’lishi kerak;

3.Sug`urta tashkilotlari to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi va barqaror moliyaviy ahvolga ega bo’lishi kerak;

4.Sug`urta tashkilotlari o’z ishini maxsus davlat sug`urta tashkilotlaridan listenziya olgandan keyin olib borishi mumkin.

5.Respublikada mulkchilikning turli shakllarida sug`urta tashkilotlari ishlashi kerak. Sug`urta monopoliyasi man qilinadi.

6.Barcha sug`urta tashkilotlari sug`urtaning yangi turlarini topishi kerak.

7.Barcha sug`urta tashkilotlari kredit tashkilotlari bilan aloqasi mustahkamlanishi kerak.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida sug`urta qoidasi va shartnomalarida sug`urta to’lovlarini to’lash tartibi va shartlari bo’yicha quyidagi amallar ko’rib chiqiladi:

-sug`urta to’lovlari uchun asoslarni aniqlash;

-sug`urta to’lovlarining asoslari va usullarini aniqlash.

Sug`urta to’lovlarini to’lash to’g`risida qaror uchun asos bo’lib sug`urta shartnomasiga to’g`ri keladigan sug`urta holatining kelishi xisoblanadi. Uning kelishi va sug`urta shartlariga to’g`ri kelishi quyidaga xujjatlar bilan tasdiqlanadi:

-sug`urta qildiruvchining sug`urta xolatining sodir bo’lganligi to’g`risidagi arizasi bilan;

-yo’qotilgan mulk ro’yxati bilan;

-mulkning shikastlanganligi yoki to’laligi to’g`risida sug`urta akti bilan.

Sug`urta akti sug`urtachi yoki unga tegishli bo’lgan shaxs tomonidan 3 kun muddatda tuziladi. Zarurat tug`ilganda sug`urtachi sug`urta voqealari bilan bog`liq ma’lumotlarni xuquq tartib organlaridan, DAN, yong`in xavfsizligi organlaridan olishi mumkin. Sug`urtachi sug`urta voqeasining holat va sabablarini o’zi aniqlash huquqiga egadir.

Sug`urta to’lovlari kattaligini hisoblash bir necha usullarda bajariladi. Sug`urta to’lovlarining kattaligini hisoblash uchun asos bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

-sug`urta qildiruvchi tomonidan ko’rsatilgan;

-sug`urtachi tomonidano’rnatilgan.

Bunda tomonlar mulkining sug`urta qiymatinirad eta olmaydilar. Sug`urta to’lovlarini hisoblash quyidagi prinstiplarga asoslanadi:

Birinchi usul. Zararni sug`urta to’lovidan farqlash zarurdir.

Zarar – yo’qotilgan mulkning qiymati yoki zararlangan mulkning ta’mirlangan qismidir. Asosiy ishlab chiqarish fondi bo’yicha zararlarga umumiy hajmni aniq belgilash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

U=D-I+S-O Bunda: U-asosiy ishlab chiqarish fondlarining buzilishi yoki to’la yo’qotilishida zararining umumiy summasi;

D-sug`urta bahosi bo’yicha mulkning haqiqiy qiymati;

I-mulkning jismoniy eskirish summasi;

S-mulkni qutqarish va uni tartibga keltirish bo’yicha xarajatlar;

O-keyinchalik foydalanish uchun yaroqli bo’lgan mulk qiymati.

Aylanma ishlab chiqarish fondlari bo’yicha zararni aniqlash uchun quyidagi formula qo’llaniladi:



U=D-O+S Bunda: U-zararning umumiy summasi;

D-sug`urta holati davrida mulkning haqiqiy qiymati;

O-mulkdan foydalanish uchun yaroqli va qolgan qimat;

S-mulkni qutqarish bo’yicha va uni tartibga keltirish bo’yicha xarajatlar.

Tabiiyki sug`urtalashdan maqsad ko’rilgan zararni qoplash hisoblanadi. Buning uchun eng avvalo tarif stavkalarini bilish kerak.

Tarif stavkalari sug`urta puliga nisbatan belgilanadi.

Tarif stavkalari juda ko’p va xilma xil. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratish , tarmoqlashtirish mumkin:

1.Sanoat va boshqa xo’jalik tarmoqlari bo’yicha. Bu tarmoqlar tarif jihatdan 3 guruhga bo’linadi:

1)neft va kimyo, metallurgiya sanoati;

2)tog` sanoati, atom energiyasi;

3)mashinasozlik, qurilish, oziq-ovqat sanoati.

Stavkalar tarmoqlar xillari bo’yicha 0,2 dan 0,15% ga tarmoqlanadi.

Yong`inga qarshi sug`urtalanganda yana bir foiz qo’shiladi.

Korxonalar mol-mulkini sug`urtalashda qo’llaniladigan tarif stavkalari 2.2.2-jadval




Sug`urta hodisalari turlari

1 guruh korxonalar

2 guruh korxonlar

1

Favqulodda tabiiy ofatlar

0,3

0,3

2

Yong`in

1-1,5

0,8-1

3

Mol-mulkni o’g`irlash

1-1,5

1-1,5

4

Transport vositalarini o’g`irlash

2

2

5

Yo’l transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi

2

2

Manba:17

Jadvaldan sug`urta hodisalari turlaridan Yong`inga qarshi sug`urtalanganda ushu jadvaldan foydalaniladi.

2.Mol-mulkning to’la yoki qisman sug`urtalanishi bo’yicha: Bunda mol-mulkning hammasi emas, balki bir qismi sug`urtalansa asosiy tarif stavkasiga 1 foiz qo’shiladi.

3.Mol-mulkning bir necha sug`urta hodisalaridan sug`urtalanishi bo’yicha:

Masalan: trasport vositalari bo’yicha tarif stavkasiga 2 foiz va har bir boshqa sug`urta hodisasi uchun yana 0,5 foiz qo’shiladi.

Ana shu stavkalar asosida sug`urta hodisasidan ko’rilgan zarar uchun qoplama xisoblanadi. Sug`urta stavkalari quyoidagicha:


2.2.3-jadval


Yuklarni sug`urtalashda qo’llaniladigan sug`urta stavkalari.


Transport turi

Sug`urtalovchi javobgarligining xajmi

Stavka (sug`urta puliga nisbatan %)

1.Temir yo’l, avtomobil,qo’shma yuk tashish yo’nalishlari

Xamma xavf-xatar bo’yicha javobgarlik.

2,5-4

Shikastlanish uchun javobgarlik

1-2

2.Havo transporti va aloqa posilkasi

Xamma xavf-xatarga javobgarlik.

2,5-3,5

Shikastlanish uchun javobgarlik.

0,4-2

Manba:18

Jadvaldan sug`urta hodisalari yuklarni sug`urtalashda qo’llaniladigan sug`urta stavkalari sug`urtalovchi javobgarligining xajmi aniqlanadi.

Shu munosabat bilan dastlab sug`urta tashkilotlarini quyidagicha guruxlash mumkin:

- faqat xorijiy mamlakatlar investorlari (O’zbekinvest) va tashqi iqtisodiy munosabatlar xizmat qiluvchi sug`urta tashkilotlari (Intertrans);

- qo’shma sug`urta tashkilotlari, masalan: «Umid» sug`urta tashkiloti, (Uzbek sug`urta Xauden Lix);

- faqat mamlakat doirasida xuquqiy va jismoniy shaxslarga xizmat qiluvchi tashkilotlar («Bit») tashkiloti;

- davlat xissadorlik sug`urta tashkilotlari.

Respublikadagi sug`urta tashkilotlari quyidagi guruxlarga bo’linadi:

1. Davlat akstiyadorlik sug`urta kompaniyalari

a) «O’zagrosug`urta» DASK

b) «Kafolat» DASK

v) «O’zbekinvest» EIMSK

g) «Madad» sug`urta agentligi

2. Xususiy sug`urta kompaniyalari

3. Respublika sug`urta nazorati tashkilotlari

"Kafolat" DASK universal turdagi kompaniya hisoblanib, mol-mulk, shaxsiy sug`urta hamda javobgarlik sug`urtasi sohasida aholi va korporativ mijozlarga 35 turdan oshiq sug`urta xizmatlari ko’rsatadi. Nizom kapitali miqdori 1 225 mln. so’mga teng. Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning 1-choragida kompaniyaning investistiya mablag`lari 01.04.2006 yilga ko’ra, 2 596,2 mln.so’mni, sug`urta to’lovlarining miqdori - 77 393,2 ming so’mni tashkil etmoqda.Doimiy mijoz va hamkorlar: "SamKochAuto" QK, "O’zmetkombinat" AJ, "O’zbekiston Havo Yo’llari" MAK, "O’zbekiston temir yo’llari" DAK, "O’ztransgaz" AK, "O’zkommunxizmat" Agentligi, "O’ztemiryo’lyo’lovchitrans" OAJ, "Dori-Darmon" DAJ, "O’zqurilishmateriallari" Assostiastiyasi, "Oxangaronstement" AJ, "Oxangaronshifer" AJ, "O’zbekbirlashuv" AJ, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi, Olmaliq TMK, Navoiy TMK va boshqalar



2.2.4-jadval

"Kafolat" DASKning Analitik koeffistientlari



-

01.07.2009 y.

01.01.2010 y.

Sug`urta to’lovlari koeffistienti

10,4%

9,1%

Faollik darajasi

20,3%

44,1%

Operastion leveradj

57,5%

105,7%

Rezer leveradj

62,5%

61,6%

Sug`urta rezervlari / sug`urtaaniya mukofotlari

103,7%

56,3%

Kombinastiyalashgan koeffistient

55,6%

53,1%

Chiqimlar koeffistient

45,2%

44,0%

Operastion koeffistient

87,7%

86,9%

Aktivlar rentabelligi

2,1%*

6,1%

Kapital rentabelligi

3,7%*

9,9%

Investistiyalar/Balans majburiyatlari

163,4%

179,9%

Qisqa muddatli investistiyalar/ Balans majburiyatlari

148,1%

163,7%

Yuqori likvidli investistiyalar / O’zini oqlaydigan investistiyalar

88,3%

81,1%

portfel investistiyalarning daromadi

6,1%

12,0%



manba: "Kafolat" DASK ma’lumotlari

Jadvaldan sug`urta kompaniyasi "Kafolat" DASKning ma’lumotlarini tahlil qilishimiz mumkin .2010y ma’lumotlariga ko’ra O’zRning sug`urta bozorida 32 sug`urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 25 – umumiy sug`urtalashda 1-hayotni sug`urtalash,1-qayta sug`urtalash kompaniyasidir.


2.3.Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlil
Bryusseldagi falokatlar bo’yicha tadqiqot markazi ma’lumotlariga qaraganda so’nggi 30 yil ichida dunyoda tabiiy ofatlardan 36 millionga yaqin kishi xalok bo’ldi, 3 milliard kishi jabrlandi, umumiy iqtisodiy zarar 340 milliard dollarni tashkil etdi.

Oddiy xisob-kitoblarga qaraganda falokatlar, avariyalar tabiiy ofatlar natijasida har yili ikki millionga yaqin kishi xalok bo’ladi, hamda bir necha o’n million kishi zararlanadi va jaroxat oladi. Ayni vaqtda jaxon iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan yalpi maxsulotlarning taxminan 4-5 foizining bevosita va bilvosita zararlar tashkil qiladi.

O’tgan asrning 1998 yilining o’zida jaxonda falokatli oqibatlar keltirgan 538 tabiiy ofat yuz berdi va ellik minga yaqin kishi xalok bo’ldi, 126 million kishi jabrlandi va o’z istiqomat joylarini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Dovullar, bo’ronlar, er kuchishi, to’lqinlardan 300 million kishi jabrlandi.

Xulosa qilib aytganda nobudgarchiliklarni o’rnini qoplash uchun 90 milliard dollardan ko’proq mablag` sarflandi.

Keltirilgan raqamlar jaxon miqyosida barcha mamlakatlarda sug`urtalash katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Agarda, sug`urtalash barcha mamlakatlarda bir tekisda amalga oshirilganda edi, sug`urta pulining anchagina qismi ogoxlantirish, oldini olish tadbirlariga sarflangan bo’lar edi.

Ushbu omillar sug`urtaning xalqaro miqyosidagi ulkan ahamiyatini kursatib beradi. Shu bilan birga jaxonda sug`urtalash etarli darajada rivojlanmaganini ko’rsatadi.

Xozirda o’z sug`urta tizimiga ega bulmagan mamlakatni izlab topish qiyin. Ayrim Afrika mamlakatlarida milliy sug`urta ishlarini xorijiy mamlakat sug`urta kompaniyalari bajaradi. AqShning sanoatlashgan shaharlaridan tortib, Osiyo va Afrikaning ichkarisidagi kichik mamlakatlarigacha, Xitoyda, Xindistonda, Avstraliyada sug`urtaning turli shakllari joriy qilingan.

Biz sug`urta tashkilotlari XVII asrda Angliyada kurtak ota boshlaganligini ko’rsatgan edik, XVIII asrda sug`urta Angliyadan Rossiyaga ko’chgan, dastlab xorijiy sug`urta tashkilotlari, keyinchalik, milliy sug`urta tashkilotlari barpo qilingan. XIX asr oxirlarida Turkistonda uning filiallari qad ko’targan, XIX asrlarda jaxon mamlakatlarida sug`urtaning bir tekisda rivojlanmaganligi sabab, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi bir xil bo’lmaganligidir.

Iqtisodiyoti tez rivojlangan mamlakatlarda sug`urtaning rivojlanish sur’ati sekin bulmagan, mamlakatdagi xususiy monopolistik tashkilotlarning va korxonalarning iqtisodiy taraqqiyoti sug`urtaning tez rivojlanishiga imkoniyatlar yaratib bergan, lekin jaxon mamlakatlarida sug`urtaning xalqaro xisoboti eksport va import kabi namunali yo’lga quyilmagan. Shu sababli har bir mamlakatning jaxon sug`urta tizimidagi o’rni haqida batafsil ma’lumotlarga jaxon bo’yicha qoplangan zararlarni umum miqdorini xisoblab chiqish imkoniyatiga ega emasmiz, lekin ko’rsatkichlar ham jaxon sug`urtasi haqida batafsil ma’lumot berishi qiyin, o’rtacha kursatkichlar esa aniq tasavvur bermaydi.

Sug`urta haqida ilmiy jixatdan tasavvur beradigan kursatkich har bir mamlakatdagi sug`urta badali sug`urta mukofotining miqdoridadir. Aniqrog`i bu ko’rsatkichning milliy daromad va ijtimoiy maxsulotda tutgan o’rni, qolaversa sug`urta badalining jon boshiga qanchadan to’g`ri kelishi, shuningdek sug`urta tashkilotlarining soni orqali ifodalanishidadir.

Sug`urta tashkilotlarining soni jixatidan AqSh, Angliya va Kanadani peshqadam deb kursatsak, mubolag`a qilmagan bo’lamiz.

Ushbu mamlakatlarda sug`urta xissasi jaxon sug`urta to’lovlarining 40% dan ortig`ini tashkil qiladi. Evropa mamlakatlarida 30% ortiq, Osiyo mamlakatlari 25 %, Afrika mamlakatlarida esa 1,0% atrofida.

Keltirilgan raqamlar ancha eskirgan, lekin keyingi yillarda Pokiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda sug`urtaning rivojlanishida ancha siljish bo’lganligini kursatib o’tish kerak. Sug`urta to’lovining jon boshiga qanchadan to’g`ri kelishi ham bizning xulosalarimizni tuldirishi mumkin. Bu kursatkich bo’yicha Shvestariyada 2,4 ming, Amerikada 1,8 ming dollar, Xitoyda atigi 2,4 dollarga to’g`ri keladi.

Shunday qilib jaxon mamlakatlarida sug`urtaning turlicha rivojlanishiga sabab bir tomondan tabiiy ofatlar va baxtsiz xodisalarni har bir mamlakatlarning sharoitiga qarab turli muddatlarda va miqyoslarda takrorlanib turishi bulsa, bu mamlakatlarda qishloq xo’jaligida asosiy o’rinni egallagan, dexqonlarning sug`urta imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun etarli sharoitlarga ega emasliklaridadir.

90-yillarga qadar jaxon miqyosida shaxsiy sug`urtaning xissasi mol-mulk sug`urtasiga nisbatan ancha ortiq edi. 90-yillardan keyin shaxsiy sug`urta dinamikasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mulk sug`urtasiga nisbatan shaxsiy sug`urtaning ustun rivojlanishi davom etmoqda. BMTning 90-95 yil ma’lumotlariga qaraganda qit’alar va mamlakatlar bo’yicha shaxsiy sug`urtaning xissasi quyidagicha: ( 2.3.1 –diagramma)

( 2.3.1 –diagramma)



Jaxon miqyosida shaxsiy sug`urtaning xissasi

Manba : Sug`urta ishi.Ma’ruza matni. Sh. Mamajonov, D. Inamova.

NAMANGAN - 2005
Jadvaldan ko’rinadiki, Evropa 31% shu xisobda Buyuk Britaniyada 9,3%, Franstiyada 5,5%, Germaniyada 5%, Rossiyada 2,7%, Gollandiyada 1,8%, Osiyoda 34%, shu xisobda Yaponiyada 28,7, Janubiy Koreyada 3,2%, Shimoliy Amerikada 31%, shu xisobda AqShda 29,1%, Kanadada 2,3%, Okeaniyada 1,8%, Afrikada 1,3%, Lotin Amerikasida 0,3%, hayot sug`urtasida Yaponiya peshqadamlik qilmoqda (1,645 trln dollar) undan keyin Shvestariya (1,635 trln dollar), AqSh 6-o’rinda, uning sug`urta kapitallari Yaponiya fondining yarmiga teng. Rossiya 27-o’rinda, Yaponiya sug`urta fondining 1,8 qismiga teng.

Lekin AqSh sug`urta tizimida shaxsiy sug`urta mulk sug`urtasiga qaraganda ustun xisoblanib, uning sug`urta fondidagi xissasi 70% teng keladi.

Jaxon mamlakatlarida sug`urta tashkilotlarini turlari va amalga oshiriladigan sug`urta turlari.Jaxonda ish olib borayotgan necha 10 minglab katta kichik sug`urta tashkilotlari, ularning filiallari tuzilishi bir xil emas. Bu tashkilotlarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:


  1. fuqarolarning barcha tabaqalarga xizmat qiluvchi akstiyalari birja va boshqa yo’l bilan sotiladigan erkin sug`urta kompaniyalari;

  2. xususiy xissadorlik sug`urta kompaniyalari, bu tashkilotlarning xususiyati shundan iboratki uning akstiyalariga ma’lum doiradagi shaxslar egalik qiladilar. Jamiyat qarori bilan ishonchli kishilar ularning akstiyalarini sotib olishi mumkin;

  3. davlat sug`urta kompaniyalari, ularning akstiyalariga davlat tula yoki qisman egalik qiladi. Bundan tashqari davlat tomonidan ayrim ixtisoslashgan sug`urta tashkilotlari barpo qilinishi mumkin. Bu tashkilotlar eksportni sug`urtalash yoki qayta sug`urtalashga yordam berishlari mumkin;

  4. o’zaro sug`urtalash jamiyatlari. Ayrim ishlab chiqarish soxalari bunday sug`urta kompaniyalari tuzilib ularni asosiy maqsadi foyda olish bulmasdan murakkab vaziyatlarda bir-birlariga uzaro yordam kursatishdir;

  5. ayrim sanoat va savdo tarmoqlariga xizmat qiluvchi ixtisoslashgan sug`urta tashkilotlari. Masalan, aviastiya soxasida sug`urtalash chegaralangan bulgani uchun, ular uz tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashgan tashkilotlarni tuzadilar;

Bu sanab utilgan sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta to’lovlari, chiqargan akstiyalar bo’yicha dividendlar xisobiga shakllanadi.

Sug`urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda uz ishlarini tashkil qiladilar, ixtisoslashmagan sug`urta tashkilotlari sug`urtaning bir necha turlari bo’yicha uz faoliyatlarini amalga oshiradilar. Ixtisoslashgan sug`urta tashkilotlari kupincha 1-2 ixtisosli yo’nalishlarda ish olib boradilar. Dastlab shuni aytish kerakki, bunday ixtisoslashish 1978 yil 1 yanvardan boshlab tashkil qilingan Evropa Iqtisodiy Hamkorlik tizimida to’laroq ifodasini topgan. Bu tizimda sug`urtaning barcha turlari dastlabki ikki turga bulinadi: uzoq muddatli va qisqa muddatli umumiy sug`urta guruxlari.

Uzoq muddatli sug`urta turlariga quyidagi sug`urta yo’nalishlari kiradi:


  1. Hayotni sug`urtalash;

  2. Nikox va farzand tavalludini sug`urtalash;

  3. Uzluksiz sog-salomatlik sug`urtasi;

  4. Kapitalning qayta sug`urtasi;

  5. Pensiya sug`urtasi;

  6. Boshqa xillardagi uzoq muddatli sug`urta usullari.

Sug`urtaning umumiy turlari quyidagilardan ibort:

  1. Baxtsizlik xodisalaridan sug`urtalash;

  2. Betoblik sug`urtasi;

  3. Avtomobil sug`urtasi;

  4. Temir yul vagonlari sug`urtasi;

  5. Samolyotlar sug`urtasi;

  6. Kemalar sug`urtasi;

  7. Yuklarni transport sug`urtasi;

  8. Mulklarni yongin va tabiiy ofatlardan sug`urtalash;

  9. Transport xaydovchilarini fuqarolik javobgarligi sug`urtasi;

  10. Aviakompaniya egalarini fuqarolik javobgarligi sug`urtasi;

  11. Kema egalarining fuqarolik javobgarlik sug`urtasi;

  12. Umumiy javobgarlik sug`urtasi;

  13. Moliyaviy zararlar sug`urtasi;

  14. Sud harajatlari bo’yicha to’lovlar sug`urtasi.

Jaxon mamlakatlarda sug`urta tizimi va uning xususiyatlari. Sug`urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko’lami va barcha jaxon mamlakatlari miqyosida qo’llaniladi. Jaxon sug`urta bozori o’z tarkibiga kura rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug`urta kompaniyalardan tashkil topgan bo’lib, jaxon miqyosida markaz jaxon sug`urta tashkiloti xuquqiy jixatdan bir butun assostiastiya sifatida shakllanmagan bulsa ham, lekin Evropa miqyosida bunday yuridik assostiastiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar qabul qilingan.

Bunday assostiastiyalar faqat xuquqiy tomondan amalga oshirilmasdan, balki iqtisodiy jixatdan ham amalga oshirilmoqda.

AQSh sug`urta biznesi uslubiy jixatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan bulsa ham jaxon miqyosida tutgan o’rni jixatidan tengi yuq xisoblanadi. Uning sug`urta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar sug`urta bozorining taxminan 50% ni nazorat qiladi. AqShda 8000 dan ortiq mulk va 2000 ga yaqin hayotni sug`urtalash kompaniyalari faoliyat kursatadi. 2.3.2-diagramma

Manba:muallif ishlanmasi


AqSh sug`urta tizimining uziga xos xususiyati shundan iboratki, mamlakat miqyosida yagona birlashgan markaziy sug`urta boshqarmasi bulmasada, sug`urtani boshqarish har bir shtat miqyosida tashkil qilingan va har bir shtatning uz sug`urta qonunlari mavjud.

Birinchi xususiyati shundan iboratki, AqShda 3 shakldagi sug`urta mavjud. Bularning birinchisi, Bikifit (shaxsiy sug`urtasi) bu sug`urta faqat shaxsiy sug`urtadan iborat bo’lmasdan, tibbiyot sug`urtasi, omonatlar, pensiya sug`urtasini ham qamrab oladi.

Ikkinchisi tijorat sug`urtasi xisoblanadi, u sanoat tarmoqlari bo’yicha tashkil qilinadi. Barcha sug`urta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trln. bo’lib, ushbu kursatkich har bir kompaniya bo’yicha 950 mln. dollarni tashkil qiladi. Bular orasida 2 yirik sug`urta kompaniyasi bo’yicha aktiv 45 mlrd. dollarga teng keladi. Barcha sug`urta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting kompaniyasi tomonidan taxlil qilinadi.

Bu taxlilda tulanadigan qoplama, daromadlar va foyda koeffistienti debitorlik qarzlari markaziy o’rin tutadi, taxlilda elektron bank markaziy o’rin tutadi.

Uchinchi xususiyati shundan iboratki, pensiya to’lovlari sug`urta kompaniyalarining obrusi yuqori bulganligi sababli pensiya ta’minotini boshqarish ularning ixtiyoriga berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sug`urta tashkilotlari tegishli xizmat xaqi oladilar. Bundan tashqari uz mablaglaridan investistiya maqsadlari uchun foydalaniladi.

Sug`urta kompaniyalari Amerika sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlaydilar. Tashkiliy jixatdan sug`urta ishlari akstiyadorlik jamiyatlari bilan hamkorlikda sug`urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradilar. Ularning asosiy vazifalarini anderrayter va sug`urta brokerlari amalga oshiradilar. Masalan Prodneshnl jamiyatida 22 ming sug`urta brokeri xizmat qiladi. Steyd, Signa, Amerika Interneyshnl Grupp (AIG) sug`urta kompaniyalari jaxon miqyosida faqat sug`urta operastiyalarinigina emas, balki kredit, xisob-kitob operastiyalarini ham boshqaradilar.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə