Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgarishlar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/6
tarix27.03.2018
ölçüsü0,49 Mb.
#34833
1   2   3   4   5   6

1.3. O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgarishlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatda kechayotgan iqtisodiy islohatlarni tahlil kilib shunday deydi: «O’zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib bormokda. Mamlakatning jahon xujalik aloqalarida, xalqaro mehnat taksimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»9.

Davlat mustaqilligiga erishilishi O’zbekiston uchun mustaqil ravishda o’z rivojlanish modelini ishlab chiqish imkoniyatlarini ochdi.

1.3.1-rasm



Manba:10

Bu rivojlanish modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo’jalik aloqalariga integrastiyalashuvi yo’nalishlarini belgilashga katta e’tibor qaratilgan. Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng ko’lamda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni qurishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyotimizning kelajagini uning jahon xo’jaligiga integrastiyasida ko’rishimiz mumkin.

Tashqi iqgisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to’lov balansini yanada yaxshilashga, qulay investistiya muhitini yaratishga yo’naltirilishi kerak. Buning uchun respublikamizda zarur shart-sharoitlar mavjud.

1.3.2-rasm

Manba:11

Mintaqaviy integrastiya doirasida hamkorlik qilish amaliyoti va xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyo iqtisodiyotiga integrastiyalashuv mamlakat xalq xo’jaligi doirasida ruy beradigan turli xildagi tarkibiy o’zgarishlar bilan, shuningdek integrastiya jarayonlarining katalizatori bo’lib xizmat qiluvchi tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi mexanizmlarini shakllantirish bilan uzviy bog`liqdir. Bunday zarurat, jahon xujaligi tizimiga integrastiyalashayotgan O’zbekiston iqtisodiyotida ham turli xildagi tarkibiy o’zgarishlarni vujudga keltirish va uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi mexanizmlarni shakllantirishni taqozo etadi.12

Tashqi iqgisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo’yicha aniq bir maqsadga yo’naltirilgan siyosatni olib borish, xo’jalik sub’ektlariga xorijiy hamkorlar bilan to’g`ridan-to’g`ri aloqalarni o’rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish — bular siyosatimizning zamonaviy bosqichdagi ustuvor yo’nalishlar

1.3.3rasm Manba:13

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov integrastiya haqida gapirar ekan, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integrastiya turlari mavjudligiga asoslanadi. "Biz integrastiya jarayonlari va bozor islohotlarini rivojlantirishga, Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat beramiz.


1.3.4-rasm

Manba:14

Faqat o’zining tor milliy qobig`ida qolib ketmagan bozorgina xorijiiy investistiyalarning katta oqimini jalb qilib, mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlay oladi" 15

1.3.1 jadval
O’zbekiston xalqaro savdosi dinamikasi.





Eksport

Import

Jami




hajmi, mln. doll.

O’tgan yilga nisbatan % da.

hajmi, mln. doll.

O’tgan yilga nisbatan % da.

hajmi, mln. doll.

O’tgan yilga nisbatan % da.

1994

1995


1996

1997


1998

1999


2000

2001


2002

2003


2004

2005


2006

2007


2008

2009


2010


2689,9

3719,9


4590,2

4387,5


3528,2

3235,8


3264,7

3264,9


2988,4

3725,0


4853,0

5408,8


6389,8

8991,5


11572,1

11771.3


13000

-

138,3


123,4

95,6


80,4

91,7


100,8

100,0


91,5

124,6


130,3

111,5


118,1

140,7


128,7

103.2


110.8

2609,5

2892,7


4721,1

4523


3288,7

3110,7


2947,4

3136,9


2712

2964,2


3816,0

4091,3


4395,9

5235,6


5699.6

9438.3


8800

-

110,8


163,2

95,8


72,7

94,6


94,7

106,4


86,5

109


128,7

107,2


107,4

109,5


108,9

129.3


93.2

5299

6612,6


9311,3

8910,5


6816,9

6346,5


6212,1

6401,8


5700,4

6689,2


8669,0

9500,1


10785,7

14227,1


17271,7

21209.6


4246.6

-

124,8


140,8

95,6


76,5

93,1


97,6

103,1


89

117,4


129,6

109,5


113,5

127,4


121,4

124.6


103.0

Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi.

1.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xalqaro savdo aylanmasining umumiy hajmi 1996 yilda eng yuqori ko’rsatkichni, ya’ni 9,3 mlrd. dollarni tashkil etgan. U o’tgan yilga nisbatan deyarli 141 foizga o’sgan. 1994-1996 yillar mobaynida xalqaro savdo hajmi muntazam o’sib borgan. 1997 yildan boshlab O’zbekiston xalqaro savdo hajmi qisqarish tendenstiyasiga ega. Bu pasayish 1997-1998 yillarda ro’y bergan Osiyodagi moliyaviy va Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz bilan bog`liq deyish mumkin. 1997 yilda xalqaro savdo aylanmasi 4,4 foizga, 1998 yilda - 23,5 foizga, 1999 yilda - 6,9 foizga pasaygan. 2007 yil 2006 yilga nisbatan eksport hajmining oshishi 40,7 foizga erishildi. 2008 va 2009 yillarda mos ravishda 28,7 foiz va 2,4 foizga pasaydi. Bunga asosiy sabab albatta jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida asosiy eksport tovarlarining narxlari keskin darajada tushib ketishi bo’ld. ( 1.3.5-rasm)



1.3.5-rasm

Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi.


Jadvaldan ko`rinadiki, 2010 yil yakunlariga ko’ra O’zbekistonnning tashqi savdo aylanmasi 21,8 mlrd AQSh doll.ni tashkil etdi. Bu 2009 yilga nisbstan 103,0 % deganidir. Jami eksport 13,0 mlrd $ yoki 2009 yilga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi, bu 1273,2 mln $ ko’p degani-dir. Shu o’rinda import 8,8 mlrd $ yoki 93,2 % ni tashkil etdi, bu 2009 yilga nisbatan 640,4 mln $ kam demakdir.
Yana shuni ta’kidlash lozimki 2010 yil yakuniga ko’ra tashqi savdo aylanmasi 4246,6 mln $ yoki 2009 yilga nisbatan 1913,6 mln $ ni tashkil etdi.
2011 yil yanvar oyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni jadvaldan ko’rishimiz mumkin. (1.3.2-jadval)


1.3.2-jadval

2011 yil yanvar oyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar





Mlrd. co’m

2010 yilning

yanvar oyiga

nisbatan foizda











Sanoat mahsuloti

2748,4

104,9

Iste’mol tovarlari

800,5

111,5










Yuk tashish, mln. tonna

68,7

109,2

Yo’lovchilar tashish,
mln. kishi

393,1

104,7










Chakana tovar aylanmasi

1717,7

111,1

Pullik xizmat ko’rsatish

611,9

113,1










Tashqi savdo aylanmasi,
mln. AQSh doll.

1436,7

124,9

Eksport

797,9

126,6

Import

638,8

122,9

Saldo

159,1

x

Manba6www/stat/uz
Jadvaldan ko`rinadiki, 2011 yil yanvar yakunlariga ko’ra O’zbekistonnning tashqi savdo aylanmasi 21,8 mlrd AQSh doll.ni tashkil etdi. Bu 2010 yilga nisbstan 103,0 % deganidir. Jami eksport 13,0 mlrd $ yoki 2009 yilga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi, bu 1273,2 mln $ ko’p degani-dir

II.Bob.Sug`urta bozorining shakllanishi va rivojlanish dinamikasi

2.1. Sug`urta bozorining shakllanishi va rivojlanishi

Sug`urta- bu inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar,favqulodda hodisalar va boshqa voqealar natijasida etkazilgan zarar hamda talofatlarni jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug`urta badallaridan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman qoplash yo’li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug`urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlardir.

Sug`urta moliya va kredit tushunchalari bilan bog`liq bo’lgani uchun ularning taqsimlash va nazorat funkstiyalarini bajarishda ishtirok etadi.

Shuning bilan sug`urtaning quyidagi o’ziga xos funkstiyalari mavjud:xavf-xatar,ogohlantirish,investistiya,omonat ,axborot

1.Sug`urtaning xavf-xatar funkstiyasining mohiyati shundan iboratki inson qadim zamonlardan beri yirik tabiiy ofatlarning oldini olish maqsadida urug`lik, yoqilg`i kabi moddiy ne’matlardan zahira g`osil qilgan va zararni shu zahira fondidan qoplagan.

2.Sug`urtaning ogohlantirish funkstiyasi. Tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq tadbirlarga ketadigan xarajatlar byudjet hisobidan qoplanadi. Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ogohlantirish xavfini oldini olish tadbirlari esa sug`urta to’lovlovlarining umumiy tushumidan ajratma sifatida beriladigan mablag`lar hisobiga qoplanadi.

Bu mablag`lardan 3 yo’nalishda foydalaniladi:

1.Yong`indan ogohlantirish va unga kurash tadbirlarini amalga oshirishga;

2.Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini kamayishiga qarshi tadbirlarga;

3.Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarni oldini olish va ularni qirilib ketmaslik tadbirlarini bajarishga.

3.Sug`urtaning investistiya funkstiyasibu turgan mablag`lardan tijorat ishlarida foydalanib, sug`urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi.

4.Sug`urtaning omonat funkstiyasi omonat kassada pul saqlab foiz olish funkstiyasidan farq qiladi. Ma’lumki sug`urtalangan shaxs ma’lum muddatga badallarni to’laydi. Bu badallar sug`urta tashkilotining ixtiyorida bo’ladi.

Agarda sug`urta davrida biror sug`urta hodisasi ro’y bersa sug`urta tashkiloti etkazilgan zararni o’z hisobidan qoplaydi. Omonat kassalarida bunday xususiyat yo’q.

Sug`urtaning axborot funkstiyasibu sug`urtaning yangi funkstiyasidir. Ilgari sug`urta monopoliyasi mavjud edi. Hozir O’zbekistonda o’nlab sug`urta tashkilotlari va agentliklari vujudga keldi.

Qonun bo’yicha sug`urtaning 3 ta tarmog`i mavjud:

1.Mol-mulk sug`urtasi – bu shunday tarmoqki, uning himoya ob’ektlari bo’lib O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshi chiqmaydigan egalik qilish va foydalanish bilan bog`liq mol-mulk manfaatlari kiradi.

2.Shaxsiy sug`urta tarmog`i –- uning himoya ob’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshi chiqmaydigan, sug`urtachi yoki sug`urta qilingan shaxsning hayoti, sog`lig`i, mehnatga layoqatligi va nafaqa bilan ta’minlanganligi bilan bog`liq bo’lgan mulkiy manfaatlardir.

3.Javobgarlik sug`urtasi - uning himoya ob’ekti O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshi chiqmaydigan, sug`urtachi tomonidan shaxsga yoki jismoniy shaxs mulkiga u tomondan etkazilgan zararni, shuningdek sug`urtachi mablag`lari hisobiga yuridik shaxsga etkazilgan zararni o’ndirish bilan bog`liq mulk manfaati hisoblanadi.

Sug`urta bozori bir necha sug`urta tashkiloti bilan shakllanib, undagi xar bir sug`urta tashkiloti vaqili o’z sug`urta tashkilotining faoliyati, taklif qilinadigan sug`urta turlari va shartlari xaqida bo’lajak sug`urtalanuvchilarni tanishtiradi va ularning birortasini tanlashga yordam beradi, lozim bo’lganda sug`urta shartnomasini rasmiylashtiradi. Sug`urta bozori bir shaxar, mamlakat miqyosida emas, balki bir necha mamlakat miqyosida, xalqaro sug`urta bozori sifatida shakllanadi, shuningdek, qayta sug`urtalash tadbirlarini xam amalga oshirishda yordam beradi.

Sug`urta bozori- bu sug`urta xolatlari ro’y berganda jismoniy va huquqiy shaxslarni mulkiy manfaatlarini sug`urtalanuvchilarning pul mablaglari xisobidan ximoya kilishda aks etuvchi sug`urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha iktisodiy munosabatlar yigindisi. Sug`urta bozorini amal kilishining asosiy sharti sug`urta xizmatlariga extiyoj (talab) va bu extiyojlarni kondirishga layokatli sug`urtalovchilarning mavjudligidir. Sug`urta bozori tarkibiy jaxatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy jixatlari bo’yicha bulinishi mumkin.

Tashkiliy-huquqiy jixatdan akstioner, birgalikdagi, xususiy va davlat sug`urta tashkilotlaridan iborat buladi. Hududiy jixatdan esa milliy, mintakaviy va xalkaro sug`urta bozorlariga bulinadi. Milliy sug`urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug`urta kompaniyalari va ularning faoliyatini kamrab oladi. Bunga O’zbekiston sug`urta bozorini misol kilib olishimiz mumkin.

Xozirgi kunda milliy sug`urta bozorimizda kuplab sug`urta tashkilotlari faoliyat kursatmokda. (2.1.1-jadval)



O’zbekistondagi yirik sug`urta kompaniyalari renkingi

2.1.1-jadval





Tashkilot nomi

Ustav kapitali (ming sumda)

Xisobot davrida sugurtalashga kabul kilingan sugurta majburiyatlarning umumiy xajmi (ming sumda)

Jumladan, xisobot davrida kayta sugurtalashga kabul kilingan sugurta majburiyatlarning umumiy xajmi (ming sumda)

Xisobot davrida yigilgan sugurta mukofotlarining umumiy xajmi (ming sumda)

Xisobot davrida amalga oshirilgan sugurta tulovlarining umumiy xajmi (ming sumda)

Ustav kapitali 500 mln. sum va undan katta bulgan sugurta tashkilotlari

1

"O'ZBEKINVEST" EIMSK

3 453 000

1 864 700 000

103 800 000

6 423 400

504 100

2

"UZAGROSUGURTA" DASK

2 100 000

520 724 400

22 187 700

4 100 300

821 000

3

"KAFOLAT" DASK

850 000

181 068 600

7 075 100

1 154 532

109 094

Ustav kapitali 500.000 mln. sumgacha bulgan sugurta tashkilotlari

1

"MADAD" SA

350 000

57 960 050

211 252

258 218

50 079

2

 "ALFA INVEST" KK

255 000

116 026 000

5 412 370

167 560

586

3

"IShONCh" BSK

200 000

31 363 856

3 736 370

133 651

23 590

4

"TRANSINSURANCE" KK

155 000

139 403 000

93 208 000

156 229

10 566

5

"TEMIR YOLLARI SUGURTA" SA

155 000

8 900 000

761 300

34 700

70 000

Manba: export@uzbekinvest.uz
Jadvaldan ko’rinadiki, ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi sug`urta kompaniyalari bo’lib, ular "O’zagrosug`urta" DASK,

"Kafolat" DASK, "O’zbekinvest" EIMSK, va "Madad" sug`urta agentliklaridir.

Jaxondagi rivojlangan mamlakatlarda yig`iladigan sug`urta tushumlarining kariyb 40 foizidan ortigi AqSh xissasiga to’g`ri keladi.

Mintakaviy sug`urta bozori deganda, savdo-iktisodiy va boshqa jixatlardan uzaro yakin munosabatda bulgan bir nechta mamlakatlar hududlarini kamrab oluvchi bozor tushuniladi. Xalkaro sug`urta bozori sifatida dunyo mikyosida sug`urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug`urta bozori tushuniladi. Sug`urta bozori bozor munosabatlari sub’ektlarining mustakilligini, ularning sug`urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha teng xukukli hamkorligini kuzda tutadi.

Sug`urta bozorining sub’ektlari quyidagilardan iborat:

1. Uz manfaatlaridan kelib chikib sug`urta ximoyasi bo’yicha xizmatlarni sotib oluvchilar (sug`urtalanuvchilar);

2. Bunday xizmatlarni ishlab chikaruvchi va sotuvchilar (sug`urtalovchilar);

3. Mazkur shaxslar urtasidagi vositalar (sug`urta agentlari va brokerlar);

4. Sug`urtalangan shaxslar;

5. Manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar);

6. Uchinchi shaxslar.

Ichki sug`urta bozorini moliyaviy tarkibini sug`urta tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslari tashkil kiladi. Sug`urta bozorining asosiy vazifasi sug`urta xizmatlariga talabni shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug`urta polislarini sotish, maksadga muvofik va egiluvchan tarif siyosatini olib borish, uz infra-tuzilmasini tartibga solish xisoblandi.



2.2.Sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlari va uning elementlari.

Aytib o’tganimizdek Respublikada sug`urta bilan sug`urta tashkilotlari va turli shakldagi agentliklar shug`ullanishadi. Faqat davlat va davlat akstionerlik kompaniyalari sug`urtaning 35 turi bilan shug`ullanishadi. Sug`urta turlarining har biri o’z ob’ektiga, o’z sub’ektiga va har xil tariflarga ega.

Shuning uchun sug`urta ishini tashkil etishda sug`urtaning bu turlarini guruhlash katta ahamiyatga egadir.

Sug`urtani guruhlash quyidagi yo’nalishlar bo’ylab amalga oshiriladi:

1)hudud bo’ylab sug`urtalash;

2)davlat va xususiy sug`urta tashkilotlari yordamida sug`urtalash;

3)mulk turlari bo’yicha sug`urtalash;

4)xavf-xatar turlari bo’yicha sug`urtalash;

5)majburiy va ixtiyoriy sug`urta.

Ana shu guruhlarni ko’rib chiqamiz.

1)hudud bo’yicha sug`urtalash – alohida xududda sug`urta ishini tashkil etish bilan amalga oshiriladi.

2)Sug`urta to’g`risidagi qonunning chiqishi bilan bizning kompaniyalarimizning sug`urtalanishi to’la bekor qilindi.

3)Mulkchilik turlari bo’yicha sug`urtalanish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:

-mulkni sug`urta qilish;

-shaxsiy sug`urta;

-javobgarlik sug`urtasi;

-tadbirkorlik xavf-xatarini sug`urta qilish.

Bu yo’nalishlar bo’yicha sug`urtaning o’nlab sug`urtasi amalga oshiriladi. Sug`urtaning bu turlari asosan ixtiyoriy hisoblanadi.

4)Xavf-xatar turlari bo’yicha sug`urta – bu asosan mulk sug`urtasiga tegishlidir va ular quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

-olovdan sug`urta qilish;

-qishloq xo’jaligini sug`urta qildirish;

-avtotransport vositalarini sug`urta qilish.

5)Majburiy va ixtiyoriy sug`urta. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasiga va sug`urta to’g`risidagi qonunning 4,5-moddalariga muvofiq sug`urta majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə