Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari


YOBIB direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə7/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev


MAVZU: SPORT GLOBALLASHUVINING IJOBIY VA SALBIY
XUSUSIYATLARI
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sport. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi uning shonli tarixiga zarhal harflar bilan bitilish bilan birga uning bugungi qiyofasini yanada boyitdi. Rivojlangan mamlakatlarning yurtimizni mustaqil mamlakat sifatida tan olishi jahon miqyosida uning obro‘-e’tiborini yanada oshirdi. Siyosat, iqtisod, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasida biz dunyoni tanidik, dunyo esa bizni tanidi. Tariximiz, milliy-ma’naviy merosimiz, dinimiz, qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Madhiyamiz xalqaro maydonlarda yangrab, obro‘yimiz, sha’nimiz sanalmish bayrog‘imiz nufuzli doiralarda hilpiray boshladi.
Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan yutuqlarini sarhisob etish bilan uning ichki va tashqi salohiyatiga baho bersa bo‘ladi. Mustaqil o‘zbek zaminining har bir sohada qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari zamirida Vatanning turli sarhadlarida istiqomat qilayotgan insonlarning mehnatlari, fidoiyligi, boy va yuksak intellektual bilimi, jismoniy qobiliyatlari mujassamdir. SHu ma’noda, mamlakatimizning birgina sport sohasida erishgan muvaffaqiyatlari olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlarimizdanoq mamlakatimiz Prezidenti sog‘lom avlodni voyaga etkazish ishiga o‘z e’tiborini qaratdi. 1992 yilning 14 yanvarida “Jismoniy tarbiya va sport” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi bu boradagi dastlabki qadamlardan deyish mumkin. O‘sha yilning 21 yanvarida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etildi va 1993 yil sentyabr oyida o‘tkazilgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi ushbu nufuzli tashkilotning teng huquqli a’zosiga aylandi. O‘zbek sportchilari Olimpiya o‘yinlarida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar eshigi ochildi.
1992 yili shaxmat bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Filippin poytaxti Manilada bo‘lib o‘tgan 30-Butunjahon shaxmat olimpiadasida umumjamoa hisobida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zligini tanigan, anglagan xalq eng avvalo e’tiborni yoshlar tarbiyasi va ularning kamoli yo‘liga qaratadi. CHunki qonida g‘ayrat, shijoat jo‘shib turgan, vujudidan matonat va jasorat balqib turgan yoshlar o‘sha mamlakatning istiqbol taqdirini belgilaydi. 1993 yilda Prezidentimizning “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni ana shu haqiqat uchun qo‘yilgan zalvorli qadam bo‘ldi.
1994 yilda Norvegiyada o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari olimpiadalar tarixida birinchi marta mustaqil jamoa bo‘lib ishtirok etishdi. Quyoshli yurtimiz sportchisi Lina CHeryazova fristaylning akrobatika turida qorli mamlakatning sportchilarini ham ortda qoldirib olimpiya chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat zamirida esa sportchining Vatanga, ona zaminga bo‘lgan mehr- muhabbati yotadi.
Sportni rivojlantirishga shaxsan Prezidentimizning e’tibor qaratishi o‘zbek zaminiga dunyo tanigan sportchilarning tashrifiga sababchi bo‘ldi. Mamlakatimiz poytaxtida 1994 yilning 30 may kuni tennis bo‘yicha “Prezident Kubogi” ning tashkil etilishi ana shu ishlarga debocha bo‘ldi. Jahonning eng kuchli erkak tennischilarini azim Toshkentga jamlagan “Prezident Kubogi” musobaqalari tantanali tarzda o‘tkazildi. Turnirning ilk sovrinini amerikalik CHak Adams qo‘lga kiritgan bo‘lsa, marokashlik Karim Alami, ispaniyalik Feliks Mantilya, buyuk britaniyalik Tim Xenman, rossiyalik Marat Safin, Evgeniy Kafelnikovlarga ham YUrtboshimiz qo‘lidan bosh mukofotni qabul qilib olish nasib etdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu O‘zbekistonni sport mamlakati sifatida dunyoga tanitdi. Xalqaro shohsupalarda o‘zbek sportchilari ketma-ket qadlarini tik tutib turishi odatiy holga aylandi. O‘sha paytda endigina o‘n to‘rt yoshni qarshilagan Rustam Qosimjonov Qatar davlati poytaxti Dohada tashkil etilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. YUrt farzandlari qisqa fursatda barcha sohalar kabi sportda ham salmoqli natijalarga erishayotgani dunyo hamjamiyatining diqqat-e’tiborini yanada oshirdi. O‘zbek shaxmatchilari salohiyat va qobiliyati naqadar yuqori ekanliklarini mazkur turnir misolida isbotlay oldilar. Va eng quvonarlisi bu sohadagi yutuqlar, natijalar borgan sari yuksalib bormoqda.
Sport - umuminsoniyat madaniyatining elementi sifatida.
Sport inglizcha, eski fransuz tilidagi desport - o‘yin, zavqlanish ma’nolarini beradi. Sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insonning jismoniy va aqliy salohiyatini yuksaltirib borishga, ma’lum bir musobaqalarda ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ma’lum bir qonun-qoidalar asosida yo‘lga qo‘yilgan chora-tadbirlar, faoliyat tizimidir.
Sport ko‘pgina fanlarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Bularga pedagogika, psixologiya, tarix, jismoniy madaniyat nazariyasi hamda madaniyatshunoslik fanlari kiradi. Ushbu fanlarning har biri o‘zining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib e’tibor qaratadi:

  • Pedagogika - jismoniy madaniyatning metodlarini o‘rganadi.

  • Tarix - jismoniy madaniyat va sportning tarixiy bosqichlarining vujudga kelishini o‘rganadi.

  • Sotsiologiya - jismoniy madaniyat va sportning sotsial funksiyalarini tadqiq qiladi.

Sotsiologiya fani shuning bilan birga boshqa fanlardan farqli o‘laroq jismoniy madaniyat va sportni chuqur va mukammal o‘rganadi va boshqa fanlar elementlarini o‘z ichiga oladi.

TASDIQLAYMAN”



Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə