Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə4/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

Ma’nosi: Odam bolasi ilm bilangina kamol topadi
Dabdabayu as’asa, martaba, boylik, molu mulk bilan emas.
Ana shu gaplardagi hashamat (dabdaba-as’asa), boylik, martaba, molu mulk moddiy tushunchalardir. Ko‘p odam shunga intilib yashaydi. Boylik va molu mulk egasi bo‘lmoqqa harakat qiladi. YUqorida aytganimizdek, agar o‘z talanti, ilmi, mehnati bilan shularga erisha olsa, xo‘p-xo‘p. Lekin shularga erishmoq bilan ko‘ngli to‘larmi ekan. Tajriba ko‘rsatmoqdaki, bular bilan ko‘ngli to‘lmaydi. Inson odamlarning hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lmoq bilan ko‘ngli to‘ladi. Agarda kishi hech qanday boylikka ega bo‘lmasa ham, agar u xalq hurmatiga erishsa, o‘shandagina uning obro‘-e’tibori baland bo‘ladi.
Men o‘zim yaxshi bilgan bir misolni keltirsam. Men Qo‘qonda tug‘ilib o‘sganman. Bu katta tarix va ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan shaharda XX asrning o‘rtalarida 40.000 odam yashagan. (1939 yilga aholi ro‘yxatida shunday deb yozilgan). Men o‘shanda 3-son o‘rta maktabda o‘qir edim. SHahar kichik, aholi oz, hamma deyarli bir-birini taniydi. O‘sha yillar Qo‘qonning eng shuhratli shoiri CHarxiy domulla (1900-1979) edilar. Bu kishining hunari to‘quvchilik: atlas, shohi to‘qiladigan artelda ishlar edilar. CHarxiy domulla yozgan she’rlar Qo‘qon shahar gazetasida bosilib turar, goho Toshkentdagi “Mushtum” jurnalida ham chiqar edi. Keyinchalik hayotining oxirigacha bu shoir Adabiyot muzeyida ilmiy xodim bo‘lib ishladilar. O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoniga ega bo‘ldilar. CHarxiy domullaning bir kichik hovlilari bor. Muzeydan olgan maoshga oila tirikchilik qilar edi. Hech qanday “johu molu minal” ga ega emas edilar. Ro‘zg‘or juda but bo‘lmasa ham, bo‘mbo‘sh ham emas, o‘rta hol davom etar edi.
CHarxiy domulla dunyodan o‘tganlarida shahar bu kishining maqbaralarini SHayxon qabristonida o‘rnatdi. Bu erga Qo‘qonning eng obro‘li odamlarining hoki qo‘yilgan. Katta prospektlardan biriga shoir CHarxiy nomi berildi. Garchi shoir CHarxiy oddiy to‘quvchi va ilmiy xodim bo‘lib ishlagan va tijoratga hech qanday aloqasi bo‘lmagan esada, CHarxiy nomli prospektda qurilgan bir katta magazin ham “CHarxiy nomli savdo markazi» deb ataldi. SHahardagi har bir tabaqa o‘zining CHarxiyga bo‘lgan hurmatini ko‘rsatmoqqa intiladi. CHarxiy bugungi Qo‘qonning faxru iftixoriga aylangan. Demak, ilm, ijod, talant va mehnat kishiga e’tibor baxsh etar ekan, “hashamatu johu molu minal” emas!
Albatta, kambag‘allikni ulug‘lab, boylikni erga urmoq shart emas. Kambag‘allik, qashshoqlikni yo‘q qilmoq, unga barham bermoq kerak. Ammo haddan tashqari boylikka intilmoqni, o‘z boyligi bilan g‘ururlanmoqni tashviq etmoq ham kerak emas. Har bir odam, har bir oila o‘ziga to‘q, zaruriy narsalarga ehtiyoj sezmay, yaxshi yashashi lozim. Ana shuni tashviq etmoq maqsadga muvofiq.
XVIII asrda yashab ijod etgan shoir Xojamnazar Huvaydoyi CHimyoniyning “

TASDIQLAYMAN”

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə