«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Don omborxonalarining konstruktsiyalari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə16/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Don omborxonalarining konstruktsiyalari

Don omborxonalarining keng tarqalgan bir nechta konstruktsiyalari ishlab chiqilgan. Quruq va bo’z yerlarni o’zlashtirish vaqtlarida sig’imi 3200 t bo’lgan, omborxona qurilgan (10-rasm). Ularni afzalliklariga konstruktsiyasini soddaligi, turli mahalliy materallardan foydalanishi imkoniyati, hamda harakatlanuvchi va statsionar mexanizatsiyadan foydalanishi kirgan.


Omborxonaning asosiy o’lchamlari shunday tanlanganki, bunda standart o’lchamdagi o’rmon materallaridan foydalanish imkoniyati bo’lgan. Omborxona loyihasida g’o’lalarni va taxtalarini standart uzunligi asos qilib olingan (6,5 m). Buylama yo’nalishda omborxona 6,2 m dan to’qqizta va 3,1 m dan ikkita chetgi proletga bo’lingan. Ko’ndalangiga omborxona uchta prletga bo’lingan: o’rtadagisi 11 m va ikkita chetdagisi 4,5 m dan. O’rtadagi porletning keng bo’lishi omborxona ichidagi harkatlanuvchi mexanizm bilan manevrlash imkoniyatini beradi. Bunday omborxonani qurishga harajatlar 1 t sig’im uchun 0,585…0,615 kishi kun va 0,450… 0,600 t materiallarni tashkil qiladi.
SHu bilan bir qatorda «Donloyiha» MITI (markaziy ilmiy - tadqiqot instituti)tomonidan loyihalangan yig’ma temir – beton omborxonalar ham quriladi. Yig’ma temir – beton omborxona qurilishni sanoatlashtirish talablariga yaxshi javob berib, quyidagi afzalliklarga ega: yil mavsumidan qat’iy nazar qurish imkoniyati; qurilish maydonida ishchilar sonini qisqarishi (mehnat (ish kuchi) harajatlarini tejash 30 % ga yetadi); zavod sharoitlarida tayyorlangan yig’ma temir – beton beton elementlaridan qurish sifatining yuqoriligi; qurilish maydoniga tashib keltiriladigan materiallar massasining qisqarishi (35 % gacha).

13.3.-rasm. Sig’imi 3200 t bo’lgan don omborxonasi.
13.4.-rasm. Don uchun yig’ma temir – betondan omborxona.
Sig’imi 5500 t bo’lgan birinchi yig’ma temir – beton ombor panelli konstruktsiyasidan loyihalangan. Ko’ndalang kesimda omborxona ichki kolonkalar bilan uchta proletga bo’lingan: o’rtadagisi – kengligi 12 m va chetdagilari 6 m dan. Tashqi kalonkalar har 2 m da o’rnatilgan; ular stakan turidagi poydevorlarga kiritiladi; kolonkalar orasiga, kolonkalar konsoliga o’rnatiladigan kovurg’ali devor panellar o’rnatiladi.
Keyinchalik «Donsanoatloyiha» MITI karkos konstruktsiyali devorlardan iborat omborxona loyihasini ishlab chiqdi. Bundan so’ng yig’ma omborxonalarni qurishga beton, po’lat va yog’och sarfini kamaytirish uchun yangi namunaviy loyiha ishlab chiqildi. Bu omborxonaning gabarit o’lchamlari va sig’imi 5500 t sig’imiga ega bo’lgan omborxonaniki singari. Asosiy farq qiladigan tomonlari quyidagilardan iborat; kundalang yo’nalishda omborxona kolonkalar, rigellar va fyormadan hosil qilinadigan roma sistemasidan iborat (11-rasm). Qattiq birikmalar boltlar yordamida biriktirilgan; tashqi kalonkalar qadami ichki kalonkalar singari 6 m ga teng qilib olingan; tashqi poydevor o’lchamlarini kichiklashtirish, gruntga mustaxkamlangan va omborxona devoridan gorizantal siljish kuchlarini qabul qiluvchi maxsus bo’shatuvchi plitalar bilan amalga oshirilgan.
Yig’ma omborxonalardan S3-60 namunaviy loyihasi asosida bir qancha konstruktiv o’zgarishlar bilan qurilgan omborxonalar keng tarqalgan. S3-60 yig’ma temir beton omborxonasining 1 t sig’imini qurishga harajat 0,4 kishi – kun va 0,2 t materiallarni tashkil qildi.
«Donsanoatloyixa» MITI tomonidan ishlab chiqilgan va sig’imi 3200 t bo’lgan omborxonaga o’xshash bo’lgan JBM-61 omborxonalari ham keng tarqaldi. Uning sig’imi 3200...7500 t, devorlari mahalliy materiallardan va karkasi – yig’ma temir betondan tayyorlangan. Devorlar ostidagi poydevor xarsang toshdan tasmasimon qilib, kolonkalar ostiga poydevorlar temir betondan tayyorlanadi. Tashqi devorlar g’ishtdan yoki xarsang toshdan, yirik bloklardan, chig’anoq toshidan, kolonkalar yig’ma temir – betondan tayyorlanadi. Tom to’sig’i VO yoki VU asbesotsement varaqlaridan tayyorlangan. Omborxonani qurishning mehnat sig’imi 0,334 kishi kun, bo’lib bu sig’im 3200 t bo’lgan omborxonaning 1 t sig’imiga nisbatan 45 % kam.
Barcha bu loyihalardan don balandligi devorlar oldida 2,5 m, o’rtasida 5 m. Amalga oshirilgan tekshirishning ko’rsatishicha bu balandligi bir qator konstruktsiyalar uchun muvofiq balanlikka yaxshi bo’lib, balandlik kichik bo’lganida omborxonaning sig’imi kichiklashadi, yuqori bo’lganida – konsturtsiyalar keskin og’irlashib ketadi.
Quruq va bo’z yerlarni o’zlashtirish vaqtidan «Donsanoatloyiha» MITI tomonidan yuqori mustahkamligi va yengilligi bilan ajralib turadigan yig’ma alyuminiy omborxonanning loyihasi ishlab chiqildi.
Ko’chma omborxonaning o’lchamlari 14 x 30 m va balandligi 5 m, sig’imi 800 t. Omborxonaning konstruktsiyasi o’zaro boltlar va ular bilan biriktiriladigan kengligi 1 m bo’lgan alohida varaqlardan iborat. Poydevor yog’ochdan tayyorlangan.
Qurish va foydalanish tajribasi bu omborxonalarning ijobiy tomonlarini ko’rsatadi, lekin alyuminiy qotishmalarining tashqisligi va tannarxining yuqoriligi sabali keng tarqalmagan. Omborxonani qurish mehnat sig’imi 249 kishi kunni (1 t sig’imga 0,311 kishi kun) tashkil qiladi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə