«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Don omborxonalarining tasnifi va asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə13/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Don omborxonalarining tasnifi va asosiy ko’rsatkichlari

Don omborxonasi – bu gorizontal yoki qiya polli inshoot bo’lib, donni uyum holida saqlashga mo’ljallangan.


Omborxonalarni kam miqdorda tsement va metall sarflab, mahalliy materiallardan foydalanib elevatorlarga nisbatan tezroq qurish mumkin. Foydalanishning dastlabki davrida oddiy harakatlanuvchi mashinalardan foydalanish bilan cheklanish mumkin. Biroq keyingi foydalanishda omborxonalar elevatorlarga qaraganda ko’p xarajatli bo’lib, qo’l mehnatini talab qiladi. Hudud maydoni, temir yo’llar, avtomobil yo’llarining uzunligi katta bo’ladi. Don bilan amalga oshiriladigan jarayonlarni qisman avtomatlashtirish mumkin. Bundan tashqari omborxonalarda 1 t sig’imga 2,5…3 m3 xona, elevatorlarda esa 1,5…1,7 m3 to’g’ri keladi.
Don omborxonalari donni joylashtirish usuli bo’shatish – yuklash ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasi, donni saklanish muddati va qurilish materialining turiga qarab tavsiflanadi (13.1. – rasm).
13.1.-rasm. Don omborxonalarining tasnifi
Don omborxonalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, ularda qurilish va loyihalashning ko’p yillik tajribasi umumlashtirilgan. Tekis polli zamonaviy omborxonalarning sig’imi 3200 va 5500 t, qiya polli omborxonalarniki 7500 t.
Omborxonalarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri – qurilish vaqtida va foydalanishdagi kamxarajatli hisoblanadi. Omborxonalarning eng ko’p tarqalgan shakli to’rtburchak shaklidagilaridir. U devor uchun mahalliy materiallardan (g’isht, beton yoki shlakobloklar, chig’anoq – tosh, yig’ma temir – beton), tomnnig karkasi uchun esa yog’och, yig’ma temirbeton yoki po’lat konstruktsiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Tomning karkasi odatda yog’ochdan yoki yig’ma temir – betondan quriladi.
Omborxonalarning asosiy o’lchamlari donning saqlanuvchanligini ta’minlash uchun qurilish me’yorlari va foydalanish sharoitlari talablarining bajarilishi hisoblashlaridan topiladi. O’tga chidamsiz omborxonalarning maydoni 1200 m2 bilan cheklangan, o’tga chidamli omborxonalar (cheklanmagan) me’yorlanmagan. Birinchi omborxonalar 20 m uzunlik bilan quriladi. Bu foydasiz bo’lib, maydoni, temir yo’llar va avtomobil yo’llari ortishi bilan birga birlashtiruvchi ayvonlarga ham extiyoj tug’iladi. Ajralishlarni brandmauerlar bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo’lib, ularning qalinligi 250 mm dan kam emas (g’isht), yon tomonlardan 500 mm ga kirib turadi va tomdan 700 mm baland. Brandmauerlardagi tuynuklar quyidagicha himoyalanadi: o’tish joylari o’tga chidamli eshiklar bilan konveyerlar oson eriydigan osmalardagi gilotinlar bilan jihozlanadi. Brandmauerlardan foydalanish qurilish maydonini tejashga imkon beradi.
Omborxonalar mexanizatsiyalashtirilgan minorali yuqoriga va pastga konveyerlar bilan bog’lanadi. Omborxonalarning maydonda joylashuvi chiziqli – temir yo’l va avtomobil yo’llariga parallel va yon tomonda joylashgan bo’lishi mumkin. Keyinga ixchamroq bo’ladi, lekin donnnig ichki ko’chishining o’rtacha me’yori buziladi, ya’ni foydalanish harajatlari buziladi va alohida omborxonalarni bog’lashni murakkablashtiradi. Ko’pincha qo’llaniladigan omborxonalarnnig chiziqli (qatorli) joylashuvi alohida omborxonalarning bog’lanishini va donning harakatlanish sxemasini soddalashtiradi.
Parallel joylashgan omborxonalar reversiv konveyerlar bilan birlashtirilib, bu donni istalgan omborxonadan tozalashga, quritishga yoki mexanizatsiyalashgan minora orqali yuklash – jo’natish imkoniyatini beradi.
Omborxonalarga avtomobillarning qulay kelishi ta’minlanadi. Temir yo’l o’qidan omborxona devorigacha masofa 3,1 m dan oshmasligi kerak, ammo bu masofa ko’pincha harakatlanuvchi mexanizatsiyadan foydalanish uchun 6 m gacha oshiriladi.
Omborxonalardan qo’shni inshootlargacha bo’lgan masofa yong’in xavfsizligi me’yorlari talablari asosida tanlanadi. Maydonda yer osti suvlarining eng yuqori sathi qumsimon grunt uchun 1,5 m dan kam bo’lmasligi kerak. Qiya polli omborxonalar yer osti qismi atmosfera yog’inlari bosmaydigan tarzda joylashtiriladi.
Omborxonalardan foydalanishda uyumning balandligi donning sifatiga qarab, lekin hisoblashdagidan yuqori bo’lmagan holda (devorlar yonida 2,5 m va o’rtasida 5 m) qabul qilinadi. Brandmauer oldidagi don uyumining balandligi 2,5 m dan ortiq bo’lmasligi kerak. Buning uchun devorlarda uyumning balandligi qizil chiziq bilan belgilab qo’yiladi.
Omborxonaning loyihalash (pasport) sig’imini quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
  A a  B b 
En  ABh   2  2 H h
 
bu yerda


En – omborxonaning loyihadagi sig’imi, t;

A – omborxonaning ichki uzunligi, m; B – omborxona ichki kengligi, i;

h – donni devorlar yaqinidagi uyumi balandligi, m; a – don uyumining yuzadagi uzunligi, m; b – don uyumining yuzadagi kengligi, m;

H – don uyumining omborxona o’rtasidagi balandligi, m  - donning naturasi, t/m3.
Donning yuzadagi uyumi balandligi a va b ni quyidagi formulalardan hisoblash mumkin:
a = A – 2 (H – h) ctg ; b = B – 2 (H – h) ctg
bu yerda
- tabiiy qiyalik burchagi, grad;  = 25.
Omborxonaga sifati turlicha bo’lgan don joylashtirilganida formula bo’yicha aniqlangan pasport sig’imi 10…20 % ga kamaytiriladi.
Turli o’simlik donlari va don mahsulotlarini joylashtirish uchun omborxona sig’imini aniqlashda naturaning quyidagi qiymatlaridan foydalaniladi (t/m3):

Bug’doy…… 0,68…0,82





Javdar……. 0,58…0,78


Makkajo’xori:





Arpa ……… 0,48…0,72


so’tada…. 0,45…0,65





Suli……….….. 0,45…0,67


don holida 0,70…0,80





SHoli……… 0,56…0,65


Grechixa ….. 0,46…0,58





Tariq……… 0,70…0,83


Kungaboqar …. 0,30…0,45





Zig’ir urug’i…. 0,60…0,73


Don chiqindilari…… 0,50…0,85


CHang ajratgichlardan chiqqan chang…0,30…0,73



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə