«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Omborxonalar konstruktsiyalarining asosiy elementlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə14/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Omborxonalar konstruktsiyalarining asosiy elementlari

Devorlar. Devorlar yetarlicha mustahkam, don tomning statik gorizontal yuklanishi va shamolning dinamik yuklanishiga hisoblangan bo’lishi kerak, shu bilan birga devorlar donni atmosfera yog’inlaridan himoya qilish, ichki yuzasida zararkunandalar rivojlanish mumkin bo’lgan yoriqlar, tirqishlar, kovaklarsiz bo’lishi kerak.
Donning yon tomondan beradigan bosimi gorizontal yuklanishlari sababli omborxona devorlari tirgaksimon sifatida hisoblanadi. Ularning konstruktsiyasi kesimi sifatida quriladi, kontrforslar orasidagi devorlar maydoni uch tomondan tayanchga ega bo’lgan plitalar sifatida hisoblanadi. Hisoblashda donni devorning ichki yuzasiga ishqalanishi hisobga olinib, bu ko’ndalang kesim yuzasi o’lchamlarini qisqartirish va qurilish materiallarini tejash imkoniyatini beradi.
Donning devorlarga yon tomondan beradigan bosimi, donning naturasini 0,8 t/m3, tabiiy qiyalik burchagi 25º, ortiqcha yuklanish koeffitsiyenti 1,3 ga teng deb hisoblab, Kulon nazariyasi bo’yicha aniqlanadi.
Don qatlamining devorlar yaqinidagi balandligi N ni hisobga olgan holda omborxonaning 1 m uzunligiga gorizontal bosimning qiymati quyidagicha bo’ladi.


N, m

0,5

1,0

1,5

2,0

2,5

3,0

3,5

4,0



Rt, t

0,08

0,29

0,62

1,04

1,56

2,16

2,85

3,60

Donning devorga yon bosimi notekis tarqalganligi uchun uning qalinligi balandlik bo’yicha bir xil bo’lmaydi (9–rasm). Mahalliy materiallardan quriladigan omborxonalarning loyihalarida har 3 m dan keiyn devorlarning yetarlicha mustahkamligi va turg’unligini ta’minlovchi kontrforslarni joylashtirish hisobga olingan ko’ndalang kesimining o’lchamlari qabul qilingan. yer osti namligidan himoyalash uchun poydevor va devor orasiga gidroizolyatsion qatlam (ruberoid yoki tserizit) qo’yiladi.


Poydevor xarsang toshlardan quriladi. Poydevorlarning o’lchamlari gruntning hisoblangan qarshiligi 2,5·10 Pa uchun qabul qilinadi. Devorni siljishdan saqlash uchun poydevor «tishli» qilinadi, devor burchaklari yonida omborxona poli dumaloqlanadi (don qoldiqlaridan tozalashni qulaylashtirish uchun).
Poydevorga yomg’ir suvlarini kirishidan himoyalash uchun omborxona atrofida kengligi 1,0 m bo’lgan asfalt yo’lakcha va suvni olib ketish uchun ariqcha ko’zda tutiladi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə