Reja: Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalari



Yüklə 29,14 Kb.
səhifə1/2
tarix16.02.2023
ölçüsü29,14 Kb.
#100942
  1   2
Mavzu 13


Mavzu: Temir-beton elementlari oldindan zo’riqtirish usullari.
Reja:

  • .Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalari.

  • Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlarni konstruktsiyalash.

  • Oldindan zo’riqishning yo’qolishi.



Tayyorlash jarayonida su’niy ravishda oldindan betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari uyg’otilgan temirbeton konstruktsiyalari oldindan z o ’ r i q t i r i l g a n k o n s t r u k t s i y a l a r deb ataladi. Oldindan uyg’otilgan kuchlanish konstruktsiya elementlarning yorilishbardoshligi va bikrligini sezilarli darajada oshiradi, o’ta mustahkam po’latlardan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Betonning cho’ziluvchanligi ko’pi bilan 0,15-0,2 mm/m ekanligi ma’lum. Beton bilan armatura birlikda ishlagani sababli armaturadagi kuchlanish beton darz ketishidan ilgari s= sEs=0,210- 3 2105=40 MPa dan ko’p bo’lmaydi; bu esa foydalanish chog’idagi kuchlanishdan bir necha marta kamdir. Betondagi darzlarning kengligi kuchlanish s=150...170 MPa bo’lganda ham 0,1...0,2 mm dan oshmaydi. Armaturadagi kuchlanishning ortishi betondagi yoriqlar kengayib boradi va kuchlanish 400-500 MPa ga yetganda darzlarning kengligi yo’l qo’yilmaydigan darajaga yetadi. SHunday qilib, oddiy temirbetonda yoriqlarning haddan tashqari kengayib ketishi o’ta mustahkam po’latlardan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshligi va bikrligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o’ta mustahkam po’lat va betondan umumli foydalanish imkoniyati tug’iladi, buning natijasida armatura oddiy temirbetondagiga nisbatan 30-70% kamroq sarf bo’ladi. Ayni paytda beton sarfi ham kamayib, konstruktsiya vazni yengillashadi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalarda V20...V60 klassli beton va o’ta mustahkam armatura ishlatiladi. O’ta mustahkam materiallarning qo’llanilishi temirbeton konstruktsiyasining ko’ndalang kesimlarini kuchaytirish imkonini beradi; bu esa konstruktsiyaning narxini pasaytiradi, chunki beton bilan armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalari o’zining zanglashga qarshi o’ta turg’unligi ko’pga chidamligi va bardoshliligi bilan farq qiladi. Konstruktsiyalarni oldindan zo’riqtirilishi oraliq (prolet) larini kattalashtirish, kesimlarni kichiklashtirish evaziga ulardan samarali foydalanish doirasini kengaytiradi. Betonda cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’ladgan konstruktsiyalarda (egiluvchi elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va x.k.) oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalarni tayyorlash uchun ko’p mehnat sarflanadi, maxsus uskunalar hamda yuqori malakali ishchilar talab etiladi; bular uning kamchiligi hisoblanadi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalarda faqat siqilish emas, balki cho’zuvchi kuchlanishlar ham uyg’otadigan qo’shimcha kuchlar (masalan, siquvchi kuchlar) mavjud bo’ladi; bu kuchlar konstruktsiyani tayyorlash va montaj qilish jarayonida yoriqlar paydo qilishi mumkin. Taranglangan armaturadan betonga uzatiladigan kuchli zo’riqish betonning ayrim yerlarini (masalan, elementlar uchi ankerlar ostini) yemirish, hamda beton bilan armatura orasidagi yopishuvga putur yetkazishi mumkin. Maxsus konstruktiv choralar qo’llash orqali bu hodisalarning oldini olsa bo’ladi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiya tejamkorligiga baho berishda shuni unutmaslik kerakki, iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko’rsatkichi keltirilgan xarajatlar va konstruktsiyaning amaldagi narxidir. Konstruktsiyaning iqtisodiy samaradorligiga faqat beton bilan po’latning sarfiga qarab baho berib bo’lmaydi, chunki bu ko’rsatkichlar konstruktsiya narxining atiga 60% tashkil etadi xolos. SHuning uchun ham oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalarning tayyorlash texnalogiyasini takomillashtirish va arzonlashtirish masalasi eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalarida oldindan zo’riqish hosil qilishning ikki usuli ko’llaniladi (12.1-rasm). Birinchi usul: Tayanchlarda taranglash, eng industrial usul hisoblanadi. SHuning uchun temirbeton konstruktsiyalari zavodda oldindan zo’riqtirib chiqarishda bu usul asosiy o’rinni egallaydi. Tayanchlarda taranglashda betondan oldin qolipga armatura o’rnatiladi. Bunda armaturaning bir uchi mahkamlanadi, ikkinchi uchi esa domkrat yoki boshqa moslama bilan belgilangan kuchlanishgacha taranglanadi (mexanik taranglash), qolipga yotqizilgan beton ma’lum mustahkamlikka yetgandan so’ng armatura tayanchlaridan bo’shatiladi. Natijada kuchlanish armaturadan betonga uzatiladi va uni siqishga harakat qiladi.
Oldindan zo’riqtirilgan elementlar uchun armatura po’latlari konstruktsiya turi, beton klassi, ta’sir etuvchi kuchlarning tavsifi (xarakteri) atrof muhitning harorati va zararliligi, ishlash sharoiti va boshqa omillarga bog’liq holda tanlanadi. Iloji boricha mustahkamligi yuqoriroq bo’lgan armatura tanlashga harakat qilish kerak. Betonning klassi konstruktsiyaning turi, betonning xili, taranglangan armaturaning klassi va diametri, ankerlarning bor-yo’qligiga qarab belgilanadi. Elementlar diametri 5 mm bo’lgan Vr-II klassli sim va ankersiz armaturalansa, betonning klassi V20 dan, diametri 6 mm va undan ortiq bo’lsa, V30 dan kam bo’lmasligi lozim. K7 va K-19 klassli arqonsimon armatura qo’llanilgan elementlardagi betonning klassi kamida V30 olinadi. Agar A-V (At-V) va At-VI klassli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo’lganda beton klassi kamida V20 va V30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo’lganda V25 va V30 dan kam bo’lmasligi kerak. Betonning uzatish mustahkamligi Rbp, ya’ni siqish daqiqasidagi mustahkamligi uning klassini 50% dan, hamda 11,5 MPa dan kam bo’lmasligi, AIV, At-VI, K-7, K-19, Vr-II singari o’ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 MPa dan kam bo’lmasligi zarur. Taranglangan armaturani betonga yaxshi birikuvi va zo’riqishlarnig betonga uzatilishini ta’minlash maqsadida armaturaning uchiga a n k e r deb atalgan maxsus mahkamlovchi moslama o’rnatiladi. Armaturani tirgaklarga tirab taranglaganda, agar armatura bilan beton o’zicha puxta biriksa, masalan, armatura davriy profilli po’latdan yoki sim arqonlar (kanat) dan tashkil topgan bo’lsa, anker qo’ymasa ham bo’ladi. Biroq buning uchun beton yuqori darajada mustahkam bo’lishi, bundan tashqari maxsus konstruktiv choralar qo’llanilgan (qo’shimcha ko’ndalang armaturalar o’rnatilgan, himoya qatlamining qalinligi oshirilgan) bo’lishi lozim. Armaturani betonga tortilganda uning uchiga anker moslama o’rnatish lozim, ammo tayanchga tortilganda maxsus ankerlar o’rnatish shart emas. Binokorlikda alohida ingichka simlarni to’plab dastalangan armaturalardan ham foydalaniladi (12.2-rasm); tutamlama armatura aylanma-karkas ikki atrofida paralel joylashgan va uzunasiga har bir metrda beldamchilar bilan bog’langan ingichka simlar 1 dan tashkil topadi. Tutamlama armatura ikki tomonlama ishlaydigan domkrat bilan taranglanadi.
Armaturada oldindan uyg’otilgan dastlabki kuchlanishlarning qiymati doimiy emas, vaqt o’tishi bilan kuchlanishlar kamayadi. Kamayishning b i r l a m c h i va i k k i l a m c h i deb ataluvchi turlari bor. Birlamchi kamayishlar element tayyorlanilayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo’ladi. Ikkilamchi kamayishlar esa beton siqilgandan keyin sodir bo’ladi. Birlamchi kamayishlarga quyidagilar kiradi: 1. 1 - armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi tufayli kamayish; 2. 2 - temperatura farqi tufayli kamayish; 3. 3 - ankerlar deformatsiyasi tufayli kamayish; 5-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan egiluvchi elementlarni armaturalash 1-4  zo’riqtirilgan armatura; 5,6  zo’riqtirilmagan armatura; 7  siquvchi zo’riqishdan hosil bo’lgan kuchlanishlar epyurasi; 8  tashqi yuklar ta’sirida hosil bo’lgan kuchlanishlar epyurasi. 4. 4 - armaturadagi ishqalanish tufayli kamayish; 5. 5 - po’lat qoliplar deformatsiyasi tufayli kamayish; 6. 6 - beton siqilishining dastlabki soatlarida betondagi tob tashlash (polьzuchestь) tufayli kamayish. Ikkilamchi kamayishlarga quyidagilar kiradi: 7. 7 - armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi; 8. 8 - betonning kirishishi (usadka); 9. 9 - betonning tob tashlashi; 11. 10 - truba va rezeruarlarga o’ralgan armatura ostidan betonning ezilish tufayli kamayish; 11. 11 - yig’ma element bloklari orasidagi choklarning siqilish tufayli vujudga keladigan kamayish. Har bir kamayish alohida formulalar orqali aniqlanadi. 1.Taranglangan armaturadagi kuchlanishlarning relaksatsiyasi natijasida kuchlanishlarning yo’qolishi asosan (oldindan uyg’otilgan) kuchlanishning qiymati sp ga va armaturaning turiga bog’liq:

Yüklə 29,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə