«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə22/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

13.8.-rasm. SOB-MK texnologik sxemasi:
1-vagon; 2-avtomobillardan don qabul qilish bunkeri; 3-koveyr; 4-noriya; 5-separator; 6-zanjirli konveyr; 7-quruq don uchun bunker; 8-nam don uchun bunker; 9-avtomatik tarozi; 10-DSP-24 SN don quritgichi; 11-kurakli konveyr.
«Donsanoatloyiha» MITI SOB–MK dagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda quritish tozalash minorasining takomillashtirilgan varianti – SOB–MK ni ishlab chiqdi. Minoraga shneklar o’rniga kurakli tasmali konveyerlar (50 t/soat) va ikkita roliksiz konveyer (50 t/soat) o’rnatildi. TNJ–45 noriyalari o’rniga I–50 noriyasi ko’zda tutildi, TNS– 100 noriyalaridan biri esa qo’shaloq I–2100 noriyalari bilan almashtirildi.
Bularning barchasi donni quritgichga bevosita omborxonadan berishni, quritish shaxtasi yuqorigi qutisi yonida don yostiqchasini hosil qilish va ortiqcha donni olib tashlash; boshqa jarayonlarga qaramasdan don quritgichda ishlash; ikkita bunkerda chiqindilarni alohida saqlash imkoniyatini berdi.
Texnologik sxemada amalga oshirilgan o’zgarishlar minoraning operativ imkoniyatini oshirdi. Masalan, donni avtomobil transportidan qabul qilish, separatsiyalashdan keyin temir yo’l transportiga oqim bilan yuklash imkoniyati tug’ildi.
Birinchi guruhdagi SOB – minoralarining kamchiliklarini hisobga olgan holda, «Donsanoatloyiha» MITI SOB–1S, SOB–1K, va SOB–1B minoralarini ishlab chiqdi. Devorlarini hisobga olmaganda uchala variant ham bir xil.
Bu SOB larni yaratishda balandlikni cheklashdan voz kechildi. Balandligi 21 m bo’lgan besh qavatli minora eng muvofiq deb topildi. Bu esa quritgich shaxtasi yaqinida joylashgan bunkerlarni quritgich shaxtasi ustidagi sig’imi 50 t bo’lgan nam don uchun bunker va omborxonalarning yuqorigi konveyerlari ustidagi sig’imi 37 t bo’lgan quruq don uchun sig’imilar bilan almashtirish imkoniyatini berdi. Buning natijasida rejada minoraning o’lchamlarini 12,15 x 6,4 m gacha qisqartirish va binoning umumiy hajmi 33 % ga qisqartirish imkoniyati tug’ildi. Foydalanish noqulay bo’lgan shneklar o’zioqar quvurlar bilan almashtirildi.
Bu yerda jihozlar yig’indisi birinchi guruhdagi minoralarniki singar, lekin texnologik sxema kompakovkasining yaxshiligi tufayli bir qavatda to’rtta jarayonni bajarish va chiqindilarni tashish va saqlashni takomillashtirish mumkin bo’ladi.
Amalga oshirilgan ta’mirlashlarga qaramasdan SOB–MKM va SOB– 1S bitta umumiy kamchilikka ega; qabul qilish va ishlov berish texnologik sxemasi turli don turkumlarini qabul qilish imkoniyatini byormaydi. Bunday don turkumlari notekis kelganida SOB ishida kiyinchilik keltirib chiqaradi, chunki bu qurilmalar faqat bitta qabul qilish qurilmasiga ega.
Bu kamchilikni qisman bo’lsada bartaraf etish maqsadida «Donsanoatloyiha» MITI 1959-1960 yillarda SOB–32 va SOB–50 minoralarining DSP–32 va DSP–50 don quritgichlarga ega bo’lgan loyihasini ishlab chiqdi. SOB–32 asosiy variant bo’yicha yig’ma temir – betondan (SOB–32 SK) quriladi. SOB–32 (16-rasm) texnologik sxemasi ish hajmi o’zgarmagan holda texnologik va transport jihozlaridan foydalanish samaradorligi katta bo’ladi va dongan ishlov berish sifati yaxshi bo’ladi. Noriyani hisobga olmaganda butun transport jihozlarini unumdorligi 2-100 t/soatni tashkil qiladi.
Don avtomobillardan qabul bunkerlariga 16 bo’shatiladi. U yerda paxol tozalagich 17 orqali o’tib, kurakli konveyer 18 va tortgich 19 bilan noriya 13 ga yuboriladi. U donni separator 20 ga yoki 6, 7, 9 va 10 konveyerlar yordamida omborxonaga yuboriladi. Seporatorda tozalanganidan keyin don noriya 11 bilan kurakli konveyer 3 ga va keyin omborxonaga yuboriladi.
Kurakli konveyer bilan donni quritishga, 25 ortiqchasini bunker 4 ga yuborish mumkin. Quritilgan don tortgich 24 va noriya bilan separator 12 ga beriladi. Qoramiq miqdori ko’p bo’lgan donni tozalashda yirik fraktsiya qoramiq tozalovchi mashina 24 ga yuboriladi, keyin separator 12 orqali o’tgan asosiy don oqimi bilan birlashtiriladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə