Elevatorlarda ishlab chiqarish jarayoni



Yüklə 244,56 Kb.
səhifə1/3
tarix17.06.2023
ölçüsü244,56 Kb.
#117767
  1   2   3
Elevatorlarda ishlab chiqarish jarayoni


Elevatorlarda ishlab chiqarish jarayoni
REJA

  1. Elevatorning prinsipial va ishchi sxemasi

  2. Elevatorlarning ishchi binosi

  3. Transport va texnologik jihozlarning joylashuvi

  4. Silos korpusi



Elevatorning prinsipial va ishchi sxemasi
Don bilan bog‘liq asosiy jarayonlarni amalga oshirish uchun barcha don omborxonalari maxsus qurilmalar bilan ta’minlangan. Omborxonalarda bu jarayonlar alohida bosqichlarda bajariladi. Eleva- torlarda bu jarayon bir-ikki bosqichda bajarilishi zarur bo‘lib, bunda donning sochiluvchanligidan unumli foydalaniladi.
Elevatorlar binolari katta bo‘lganligi sababli statsionar mexanizm- li omborxonalardan ixchamroq. Don omborxonalarida 1 t sig‘imiga 2,5—3 m3, elevatorlarda 1,5...1,7 m3 xona to‘g‘ri keladi. Elevatorlarda donning devorga beradigan bosimi ko‘p. Bu silos konstruksiyalarining mustahkamlik darajalarini hisoblashda ma’lum talablar qo‘yadi. Eleva- torning boshqa sanoat inshootlaridan farqi — qurilish konstruksiyalari, transport va texnologik jihozlar orasidagi uzviy bog‘liqlikning mavjudligi hisoblanadi. Transport jihozlarining to‘plami — jihozlarning o‘lchami, soni va sig‘imiga, qurilish materialiga va maydonda joylashish sxemasiga bog‘liq. Shuning uchun elevator loyihasini tuzishda turli soha vakillari (muhandislar, quruvchilar, mexaniklar, texnologlar, elektriklar, iqtisodchilar) hamkorlikda ish yuritadilar. Ana shunda o‘z vazifasiga to‘liq javob beradigan elevator yaratish mumkin.
Turli ishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan elevatorlar yildan- yilga rivojlanib, takomillashtirilib, yangi bino va inshootlar qurilib borilmoqda. Elevatorlarning har bir turi uchun bu bino va inshootlar- ning tuzilishi, jihozlari ularning vazifasi va ish sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Zamonaviy elevator loyihalash, qurilish va foydalanishning qariyib yuz yillik tajribasi asosida yaratilgan. Hozirgi kunda elevator tarmog‘ining rivojlanishi amaliyotida vazifasi, ish tavsifi, jihozlari va qurilish konstruksiyasiga qarab mukammal don omborxonalari yaratilgan.
Umuman, donga to‘liq texnologik ishlov berish va uni saqlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan barcha yuklash-bo‘shatish
ishlarining to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonasi quyidagi asosiy qurilma va inshootlarning kompleks to‘plamidan iborat bo‘lishi zarur:

  • texnologik va transport jihozlariga ega bo‘lgan ishchi bino;

  • transport va boshqa jihozlarga ega bo‘lgan silos korpusi;

  • avtomobil, vagon va kemalardan donni qabul qilish qurilmasi;

  • donni turli transport va donni qayta ishlash korxonalariga jo‘natuvchi qurilma;

  • chiqindilar sexi;

  • aspiratsiyalash va chiqindilarni ajratish tizimi;

Agar aytib o‘tilgan qurilma va inshootlar o‘zaro bog‘langan va texnologik transport jarayonlarini bajarishda bir-birini to‘ldirsa, elevator yagona ishlab chiqarish kompleksi sifatida ishlaydi. Har bir jarayon uchun donning silos, bunker va jihozlar orqali ko‘chishi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi . Bu elevatorning prinsipial sxemasiga mos keladi

. Elevatorda donning harakatlanish sxemasi.
a—donni bir pog‘onali ko‘tarish; b—donni ko‘p pog‘onali ko‘tarish; 1—qabul qilish bunkeri; 2—qabul qilish konveyyeri; 3—noriya (asosiy); 4—cho‘michli tarozilar; 5— avtomatik tarozilar; 6, 7—silos usti va osti konveyyerlari; 8—separator usti bunkeri; 9— separator; 10—separator osti bunkeri; 11—qo‘shimcha noriya; 12—siloslar.
Elevatorlarning ishchi sxemasi prinsipial sxema asosida quriladi. U barcha silos, bunker, jihoz va qurilmalarning aloqasini ta’minlaydi. Elevatorda donni ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar noriyalardan foydalanish bilan amalga oshirilganligi sababli bir vaqtdagi ko‘chirishlar soni noriyalar sonidan oshmaydi. Har bir jarayon uchun donning sig‘imlar va jihozlar orqali ko‘chishning ma’lum ketma-ketligi xos bo‘lib, bu ishchi sxemada ifodalanadi. Donning yo‘li esa ko‘chish yo‘nalishi deb ataladi.
Elevatorlarning texnologik sxemasi donga oqimda, qabul qilishdan boshlab siloslarga va saqlashga yuborilgunicha ketma-ket ishlov berish qoidasi asosida quriladi. Agar texnologik mashinalarning unumdorligi transport jihozlarnikidan past bo‘lsa, don uchun ishlov berishgacha va ishlov berishdan keyin sig‘imlar o‘rnatiladi. Buning natijasida donga oqimda ishlov berish hamda barcha jarayonlarda uzluksizlik ta’minlanadi. Operativ bunkerlar jihozlardan foydalanish koeffitsiyenti vaqt bo‘yicha o‘zgarganda ham zarur hisoblanadi.
Texnologik sxema barcha bosqichlarda miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisobini o‘z ichiga olishi kerak. Buning uchun sxemaga tarozilar hamda don namunasi olish uchun nuqtalar kiritiladi. Ishchilar sxemaga qarab donning harakatlanish yo‘nalishini bilib olishlari, sxemani tushunishlari kerak. Donning harakatlanishi har doim qalin chiziq bilan, chiqindilar, chang va havoning harakati punktir yoki ingichka chiziqlar bilan belgilanadi. Sxemadagi nuqta don harakatining boshlanishini, ko‘rsatkich esa oxirini bildiradi.
Elevatorda bir xil nomdagi mashinalar raqamlanadi yoki biron bir belgi bilan belgilanadi. Tartib raqami bilan qabul bunkerlari, konveyerlar, noriyalar, tarozilar, separatorlar, (quritgich) osti va usti bunkerlari belgilanadi. Agar bir xil nomdagi jihozlar ko‘p va bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lsa, kodli raqamlashdan foydalaniladi (18-rasm). Ulardagi 100 soni siloslar qatorini, keyingi ikkita son esa silosning shu qatordagi tartib raqamini bildiradi. Bundan tashqari, barcha juft yuzliklar o‘ng; toq yuzliklar chap silos korpusini bildiradi. Belgilashning boshqa turlaridan ham foydalanish mumkin. Xususan, yuzdan keyingi raqam silosning qatori va raqamini bildiradi (masalan, 211- juft silos korpusi, birinchi silos).
Don harakatlanish sxemasiga ko‘ra ortiqcha qiyinchiliksiz donni sxemaning istalgan nuqtalariga ko‘chirishning barcha jarayonlarini amalga oshirish asosiy vazifa hisoblanadi. Foydalanishni qulaylashtirish maqsadida donning harakatlanish sxemasi ko‘chishlar, bunker va siloslarning sxemalari bilan birgalikda beriladi.
Ko‘chishlar jadvali (donni harakatlanishini shartli qisqartirilgan sxemasi) yordamchi sxema hisoblanadi va belgilangan jarayon baja- rilishi mumkin bo‘lgan noriyani aniqlashda yordam beradi. Ko‘chishlar jadvali ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomonda noriyalar donni qabul qiladigan siloslar va jihozlar, o‘ng tomonda noriyalar donni uzatadigan siloslar va jihozlar ko‘rsatiladi. Noriyaning u yoki bu jarayonni bajarish imkoniyati jarayon va noriyaning kesishish katagida maxsus belgi (X yoki *) bilan ko‘rsatiladi (18-rasmga qarang).
Qabul qilingan shartli belgilar bilan to‘ldirilgan kataklar soni don harakatini, yo‘nalishini va sxemaning moslanuvchanligini ifodalaydi. Siloslar va bunkerlar jadvalida omborxonaning sig‘imi haqida alohida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, bu sifati va massasi turlicha bo‘lgan don turkumlarini joylashtirishni hisobga olish imkonini beradi.

Yüklə 244,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə