Tasdiqlayman” Kafedra mudiri b f. f d.(PhD). I. Z. Baxramov Laboratoriya mashg`uloti-3 Mavzu: Patologik anatomiyaning tekshirish usullari Ishdan maqsad



Yüklə 28,02 Kb.
səhifə3/5
tarix15.09.2023
ölçüsü28,02 Kb.
#122063
1   2   3   4   5
P-LAB-3

II. Biopsiya diagnostika, yani kasallikni aniqlab olish maqsadida mikroskopda tekshirib ko`rish uchun bemor to'qimalari va organlarining ma`lum qismlarini uning hayotligi mahalida kesib olish. Jarrohlik operatsiyalari mahalida kesib olingan organ va to'qimalar ham diagnostika maqsadida mikroskopik yo'l bilan tekshirib ko`rilishi kerak.
Biopsiya tekshirishlarining vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- klinik diagnozni aniqlab olish va tasdiqlash;
- klinik jihatdan noaniq hollarda diagnozni belgilash;
- kasalliklarning boshlang`ich davrlarini (eng ilk belgilarini) bilib olish;
- xili va etiologiyasi jihatidan har xil b olgan yallig'lanishga aloqador giperplastik jarayonlar bilan o'smalarning differensial diagnostikasini o‘tkazish;
- operatsiyaning tola-to‘kis o‘tkazilgan o‘tkazilmaganini aniqlash;
- patologik jarayon dinamikasini o'rganish;
- davo tasiri bilan to'qimalar yoki o'sm alarda ro'y beradigan struktura ozgarishlarini o'rganish.
Bemorning hayotligida gistologik tekshirish uchun har qanday to`qimalardan quyidagicha turli usullar bilan material olish mumkin:
1) jarrohlik operatsiyalari mahalida tog`ridan-tog'ri kesib olish (insizion ochiq biopsiya).
2) operatsiya mahalida olib tashlangan organ va toqim alardan bo‘lakchalar qirqib olish.
3) punksiyalar (igna bilan teshish) mahalida material olish — punksion biopsiya.
4) turli asboblar bilan o'tkaziladigan endoskopik tekshirishlar: kolonoskopiya, gastroskopiya, bronxoskopiya mahalida material olish (endoskopik biopsiya).
5) kovak organlardagi suyuqlikni so'rib namuna olish (aspiratsion biopsiya).
III. Kasalliklarni ilmiy tajribada yuzaga keltirish kasallik etiologiyasi patogenezi, morfogenezini aniqlab, bilib olish uchun muhim ahamiyatga ega.
Autopsiya, biopsiya paytida va tajribada olingan turli organ va to`qimalardagi struktura o`zgarishlarini tekshirib o‘rganishda har xil gistologik, gistokimyoviy, elektron mikroskopik, elektron gistokimyoviy, immuno-morfologik va hokazo usul-amallardan keng foydalaniladi. Zamonaviy morfologik usul-amallardan shu tariqa keng foydalanish patologoanatomga kasallikning moddiy mohiyati, uning bosqichlarini chuqurroq bilib olishga, davoning qanday naf berayotganligini kuzatib borishga imkon beradi.

Yüklə 28,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə