Tasdiqlayman” Kafedra mudiri b f. f d.(PhD). I. Z. Baxramov Laboratoriya mashg`uloti-3 Mavzu: Patologik anatomiyaning tekshirish usullari Ishdan maqsad


I. Autopsiya (seksiya, murdani yorish, obduksiya)



Yüklə 28,02 Kb.
səhifə2/5
tarix15.09.2023
ölçüsü28,02 Kb.
#122063
1   2   3   4   5
P-LAB-3

I. Autopsiya (seksiya, murdani yorish, obduksiya) — o'lgan kishida bo'lib o'tgan struktura o'zgarishlarini (anatomik, gistologik, elektron mikroskopik o'zgarishlarni) aniqlash maqsadida uning murdasini yorib tekshirishdir.
Tabobat ilmi va amaliy sog'liqni saqlash ishida autopsiyaning ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
1) autopsiya insonning funksional struktura tuzilishiga, uning hayotiy funksiyalari va kasallik jarayonlarining mohiyatlariga materialistik qarashlar paydo qilishda katta rol o'ynaydi.
2) murdani yorib tekshirib ko'rish bilimlarni oshirish jihatidan olganda katta aham iyatga egadir. Chunki inson patologiyasi sohasida organ, sistema, to`qimalar, hujayralar va subhujayralar doiralaridagi bilimlarni to'plab borishga yordam beradi.
3) autopsiya o'tkazish klinik diagnozni patologoanatomik diagnozlarga solishtirib ko'rishga, bemorni klinikada tekshirishda yo‘1 qo'yilgan kamchiliklarni aniqlab olishga, konservativ va operatsiya yo‘li bilan qilingan davo usullarini tahlil qilib chiqishga, vrach xatolarini (diagnostik xatolar, davolashning texnikasi va taktikasidagi xatolar, tibbiy yordam ni tashkil etishdagi xatolarni) aniqlab olishga yordam beradi.
4) o‘lim hodisasini retrospektiv tarzda tahlil qilib chiqish vrachning davolash faoliyati ustidan ilmiy nazorat olib borishga imkon tug‘diradi.
5) autopsiya tibbiy ta’lim berish va vrachlar malakasini oshirishda muhim o'rinda turadi.
6) murdalarni yorib tekshirib ko`rish kasallanish va o‘lim hollarining strukturasini aks ettiradigan ma’lumotlarni to'plab borishga yo‘1 ochadiki, bu narsa sog‘liqni saqlash organlari ishini rejalashtirishga imkon beradi.
7) autopsiya sanitariya-epidemiologiya jihatidan katta ahamiyatga egadir, chunki infektsion kasalliklarni aniqlab olishga va shu yo`l bilan ularning tarqalib ketishiga (epidemiyalar, pandemiyalar boshlanishiga) yo'l qo`ymaydi.
8) murdalarni yorib tekshirish tufayli kasalliklarning morfogenezi bilan patogenezini o'rganish mumkin bo‘ladi.
9) autopsiya uncha ma’lum bo`lmagan va kam uchraydigan kasalliklarni o`rganishga, yangi nozologik xillarini, tabiiy va davoga bog‘liq patomorfozni aniqlab olishga, patomorfozning mohiyatini bilib, tushunib olishga yordam beradi.
Hozir zamonaviy morfologiya usullari talaygina yutuqlarga erishgan bo`lishiga qaramay, murdalarni yorib tekshirish bugungi kunda ham kasallikning moddiy negizi tolg‘risida tasavvur beradigan asosiy usul bo`lib qolmoqda.

Yüklə 28,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə