Tasdiqlandi


Masalaga an’anaviy yondashish usuli



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə14/175
tarix23.05.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#112270
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
Tasdiqlandi

Masalaga an’anaviy yondashish usuli: Tayyor masala shartlarini tahlil qilish Masala еchilishining usulini aniqlash Yechish jarayoni Olingan natijani etalon javob bilan formal solishtirish.
Masalaga muammo sifatida yondashish usuli (Poyya tizimi, Singapur): Muammoli vaziyatni tahlil qilish Muammo qo’yilishi Yetmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy tahminlarni) shakllantirish Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo’lish Muammoni masalaga aylantirish Masala еchilishining usulini izlash Yechish jarayoni Olingan natijani tekshirish Yechimning to’g’riligini asoslash.
Ko’rinib turibdiki ana’anaviy yondashishda o’quvchining masala еchish o’quv faoliyati reproduktiv xarakterga ega bo’lib, u o’zini bajaruvchi sifatida namoyon etadi. Tadqiq etish elementlari faqat masala shartlarini tahlil qilgandagina namoyon etadi. Standart masalalarini еchish –tabiati nostandart bo’lgan, kundalik hayotda kam uchraydigan masalalarni еchishga aylangan. SHuning uchun ham barcha darajalarga oid darslik mualliflari ayrim o’quv va, ayniqsa, amaliy masalalarga muammoli masala sifatida yondashishlari lozim.
Uchinchidan, murakkabroq bo’lgan mantiqiy, qiziqarli va nostandart xarakterdagi masalalar bilan shug’ullanish o’quvchilarga fanni chuqurroq o’zlashtirishga, avval o’rganilgan tushunchalarni takrorlashga va ularga tanish algoritmlarini odatiy bo’lmagan, qiziqarli usulda o’zlashtirishlariga imkon beradi. Demak, shunday turdagi masalalar A1+, A2+ va B1+ darajalariga kiritilishi tayanch kompetentsiyalarga samarali erishishga, o’zlaridagi noyob iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga olib keladi.
O’qitish usuli haqida.
Kompetentsiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish sharoitida o’qituvchilarning o’z faoliyatiga yondashuvi ham o’zgarishi kerak. O’qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o’quvchilarga “ob’ektiv bilimlarni” еtkazuvchisi bo’lib qolmaydi. Zamonaviy o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o’zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. SHuning uchun ham, matematika fani o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, pedagogika ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini qayta ko’rib chiqilishini hamda zamonaviy metodik qo’llanmalarni yaratishni tavsiya etamiz.
Bitiruvchilarning matematika fanidan egallagan kompetentsiyalari darajalariga qo’yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bo’yicha uzviy bo’lib, matematik kompetentsiyalarning deskriptorlari “can do” mazmunida tasvirlangan. Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta’lim mazmuni va matematik kompetentsiya deskriptorlari Trends in international mathematics and science study center (TIMSS)) baholash standartlariga5 o’zaro bog’liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi.





5 Timss 2015 Assessment Frameworks. International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA).
Bitiruvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malaka darajalariga qo’yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar:

  • har bir darajani to’liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bosqichlarida o’quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi,

  • O’zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutilishi lozim.


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə