Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#137624
1   2   3   4   5
3-sinf-matematika-darslarida-fakultativ-mashg-ulotlarni-o-tkazish-metodikasi

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
120 
jarayonida o’quvchilar uchun tushunish qiyin bo’lgan mavzular boshqa usullar bilan 
tushuntiriladi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlanib,ularni a’lochi 
o’quvchilar darajasiga olib chiqish masalasi hal etiladi, darslikdan tashqari 
topshiriqlar o’quvchilar bilan birgalikda ishlanib, o’rganilayotgan tushunchalarga oid 
malakalar hosil etiladi. 3- sinf matematika kursidagi bu mavzularda o‘quvchilar duch 
kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va fakultativ mashg’ulotlarni tashkil etish 
jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan topshiriqlar quyidagilar : 

To’rt xonali sonlarni raqamlash va shu mavzu bilan uzviy bog’liq 
mavzularda o‘quvchilar xona birliklarini ajratishga va to‘rt xonali son aytilganda 
xona birliklariga raqamlarni joylashtirishga qiynalishadi. Ayniqsa, to‘rt xonali 
sonning xona birliklari orasida nol raqami qatnashgan bo‘lsa, bu kabi sonlarni 
yozishda to‘rt xonali sonni uch xonali son ko‘rinishida yozish hollari ham kuzatiladi. 
Bu jarayonda o‘qituvchi fakultativ mashg‘ulot uyishtirishi va yuqoridagi kabi 
muammolarni bartaraf etishga e‘tibor qaratishi lozim. Harflar kassasiga o‘xshash 
raqamlar kassasi tayyorlab, kassaning ustiga minglik, yuzlik, o‘nlik, birlik tarzida 
barcha xonalarning nomlanishini yozib chiqishi va har bir o‘quvchi bilan birgalikda 
aytilgan sonlarni shu kassada aks ettirish mashqini o‘tkazishi kerak. O‘qituvchi 
tomonidan aytilgan sonni o‘quvchi kassaga joylash orqali sonlarni raqamlashni 
yanada yaxshi anglaydi. Masalan: to‘rt ming olti yuz yigirma besh - to‘rt raqamidan 
keyin ming so‘zi ishtirok etdi, demak, bu sonni mingliklar xonasiga, olti raqamidan 
keyin yuz so‘zi ishtirok etdi, bunisini yuzliklar xonasiga, yigirma, bilamizki, o‘nliklar 
xonasida turadi, besh raqamini esa birliklar xonasiga joylaymiz. Shu tariqa o‘quvchi 
bilan xona birliklarini o‘rganish uchun mashg‘ulot olib boriladi. Mashg‘ulot 
davomida quyidagi kabi masalalardan foydalanish mumkin: 
Ikki guruh sayyoh poyezdda sayohatga jo’nashdi. Birinchi guruh sayyohlari 
birinchi poyezdning 40 ta kobinasiga 4 tadan bo’lib joylashishdi. Ikkinchi guruh 
sayyohlari ikkinchi poyezdning kobinalariga 4 tadan joylashishdi. Ikkinchi guruh 
joylashgan kobinalar soni birinchi guruh joylashgan kobinalar sonidan 5 ta kam 
bo’lsa, ikkala guruhda nechta sayyoh bor? 
I guruh – 4 tadan – 40ta kobinada 
II guruh – 4 tadan – ?, 5 ta kam kobinada 
Ikkala guruhda - ? ta sayyoh 
Yechish: 1) 4*40= 160 ta ( I guruh sayyohlari) 
2) 40- 5 = 35 ta (II guruh kobinalari) 
3) 35* 4= 140 ta (IIguruh sayyohlari) 
4) 160+140= 300 ta ( ikkala guruh sayyohlari) 
Javob: Ikkala guruhda 300 ta sayyoh bor. 

Natijasi 10 000 ichida yozma ko’paytirish mavzusida o‘quvchi bu kabi 
ko‘p xonali sonlarni raqamlashga qiynalgani singari 10 000 ichida yozma 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə