“TA’lim to‘G‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati o‘RQ–637


Oliy ta’limdan keyingi ta’limni



Yüklə 239,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.09.2023
ölçüsü239,04 Kb.
#123948
1   2   3   4   5   6
ta-lim-to-g-risida-gi-qonunning-mazmun-mohiyati

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni
oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish 
maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda 


 
“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” 
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
 
371
tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga 
ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo`lgan 
yo`nalishlari bo`yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo`shimcha kasbiy bilim, malaka va 
ko`nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta`minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalarning chuqurlashtirilishi 
hamda yangilab borilishini ta`minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi 
oshishiga xizmat qiladi. 
Ta’lim olish shakllari. 
Ta`lim olish shakllari quyidagilardan iborat: 

ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); 

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); 

dual ta’lim; 

oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; 

katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; 

inklyuziv ta’lim; 

eksternat tartibidagi ta’lim; 

mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. 
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va 
ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim 
tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. 
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
tomonidan beriladi. 

Yüklə 239,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə