Kanal pog’onasi



Yüklə 6,46 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü6,46 Kb.
#159054
Kanal pog


Kanal pog’onasi. Bu pog’ona PDU kadr nomini oladi, ya’ni ma’lumotlar uzatilishda kadrlarga bo’linadi (frame). Lokal tarmoqlarda kanal pog’ona barcha turdagi topologiyalar (shina, halqa, yulduz yoki daraxt) uchun tarmoqning har qanday bog’lamalari orasida kadrlarning yetkazilishini ta’minlashi kerak.
Qo’llanilishi namunaviy topologiyalar bilan cheklangan lokal tarmoq texnologiyalari Ethernet, FDDI, Token Ring texnologiyalari hisoblanadi.
Global tarmoqlarda kanal pog’ona individual aloqa liniyasi bilan ulangan faqat ikki qo’shni bog’lamalari orasida kadrning yetkazilishini ta’minlashi kerak. Lokal tarmoqlar orasida o’zaro aloqa uchun va global tarmoqning istalgan oxirgi bog’lamalari orasida xabarlarni yetkazish uchun yuqoriroq tarmoq pog’onasidagi vositalardan foydalaniladi. Fizik pog’ona kanal pog’ona tomonidan tarmoqqa bitlar ketma-ketligini uzatish va qabul qilish vositasi sifatida ishlatiladi.
Kanal pog’onaning ishlashi, jo’natish manzili ko’rsatilgan tarmoq pog’onasidan paket olish bilan boshlanadi. Kanal pog’ona ma’lumotlar maydoni va sarlavhalar maydoniga ega bo’lgan kadrni yaratadi.
Kanal pog’ona paketni kadrning ma’lumotlar maydoniga joylashtiradi, sarlavhalar maydoni esa xizmat axborotini, shu jumladan, kommutatorlar tarmoq bo’yicha paketni uzatadigan jo’natish manzilini to’ldiradi. Keyin kanal pog’ona kadrning boshiga va oxiriga bitlar kombinasiyasini joylashtirish bilan kadrning chegaralarini qayd etadi, kadrga nazorat yig’indisini qo’shadi. Nazorat yig’indisi bo’yicha jo’natilgan manzilda xatolikni topish va tuzata olishi mumkin.
Keyingi qadamda kanal pog’ona, agar tarmoqda ajratiladigan muhit ishlatilsa, unga ruxsat olishi kerak. Buning uchun alohida kichik pog’ona-muhitga ruxsat etishni boshqarish ishlatiladi (media Access Control, MAC). Ruxsat etish olinganidan keyin kadr tarmoqqa uzatiladi, alohida kanal bo’yicha o’tadi va bitlar ketma-ketligi tarzida jo’natish manzilining fizik pog’onasiga keladi. Bu pog’ona olingan bitlarni o’z bog’lamasining kanal pog’onasiga uzatadi.
Oluvchi bog’lamaning kanal pog’onasi bitlarni kadrlarga guruhlaydi, nazorat yig’indisini hisoblaydi va uni uzatilgan kadrning o’zidagi nazorat yig’indisining raqami bilan taqqoslaydi. Agar ular mos tushsa, kadr bexato uzatilgan hisoblanadi, agar mos tushmasa xatolik qayd etiladi. Xatoliklarni tuzatish jo’natuvchidan (1-nchi kompyuter) kadrlarni qayta uzatilish hisobiga amalga oshiriladi. Bu kanal pog’onaning muhim vazifalaridan biri, lekin u barcha texnologiyalarda ham qo’llanilmaydi, ko’pincha u ishonchsiz aloqa kanallarida ishlatiladi.
Kanal pog’ona protokollari kompyuterlar, ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar orqali ishlatiladi. Kompyuterlarda kanal pog’onaning vazifasini tarmoq adapterlari va portlar drayverlari orqali ishlatiladi. Kanal pog’ona protokoli bilan ishlaydigan manzillar (MAS-manzillar) faqat bu tarmoq chegaralarida kadrlarni yetkazish uchun ishlatiladi. Tarmoqlar orasida kadrlarni harakatlantirish uchun esa, tarmoq pog’onasidagi manzillar qo’llaniladi. Global tarmoqlarda kanal pog’ona protokoli faqat qo’shni bog’lamalar orasida ma’lumotlar uzatish vazifasini bajaradi.
Yüklə 6,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə