Takrorlash va munozara uchun savollar


Buxgalteriya hisobida g‘azna ijrosiga o‘tmagan byudjet tashkilotlari byudjet pul



Yüklə 157,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix24.12.2023
ölçüsü157,76 Kb.
#158311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
11-mavzuBHH

Buxgalteriya hisobida g‘azna ijrosiga o‘tmagan byudjet tashkilotlari byudjet pul 
mablag‘lari hisobi 10 “Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘lari” schyotida quyidagi 
subschyotlarda yuritiladi: 
100 
“Tashkilotni 
saqlash 
uchun 
moliyalashtirilgan 
byudjet 
mablag‘lari”; 
101“Boshqa 
maqsadlar 
uchun 
moliyalashtirilgan 
byudjet 
mablag‘lari”. 
100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotida g‘azna 
ijrosiga o‘tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini saqlash uchun tasdiqlangan 
xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablag‘larning harakati hisobga olinadi. 
101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotida bosh 
mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun va 
markazlashtirilgan tadbirlarga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, shuningdek kapital 
qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun (kapital qo‘yilmalarning hisobi 
xarajatlar smetasining ijrosi bilan yagona balansda yuritilgan hollarda) ajratilgan mablag‘lar 
xarakati hisobga olinadi. Quyi mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan bu subschyotda ular ixtiyoriga 
ochilgan va muassasalarni saqlash uchun, shuningdek, qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish 
uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobga olinadi. 
Bu subschyotlarning debetiga moliyalashtirilgan mablag‘lar summalari va kassa 
xarajatlarini qayta tiklash uchun kelib tushgan summalar, kreditiga esa, tegishli maqsadlar uchun 
sarflangan byudjet mablag‘lari va qaytarib olingan mablag‘lar summalari yoziladi. 
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirib berilgan mablag‘lar byudjet 
mablag‘larini oluvchilar tomonidan 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet 


mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” 
subschyotlarning debetiga hamda 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyotining kreditiga 
yoziladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarga 
kassa xarajatlarini tiklash uchun tushgan mablag‘lar 100 “Tashkilotni saqlash uchun 
moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan 
byudjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga va kassa, hisob-kitob, hisobdor shaxslar hamda 
boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi. Bankdan olingan yoki 
hisobvaraqlardan to‘lov hujjatlariga asosan to‘langan mablag‘lar summasi 100 “Tashkilotni 
saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun 
moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari” subschyotlarning kreditiga va kassa, hisob-kitoblar va 
boshqa 
tegishli 
subschyotlarning 
debetiga 
yoziladi. 

Yüklə 157,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə