Takrorlash va munozara uchun savollar


Kassa operatsiyalari hisobi



Yüklə 157,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix24.12.2023
ölçüsü157,76 Kb.
#158311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
11-mavzuBHH

 
4.Kassa operatsiyalari hisobi 
Byudjet tashkilotidagi kassa muomalalari hisobi «Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi. Byudjet 


tashkilotida namunaviy shatlar jadvaliga muvofiq kassir lavozimi kiritiladi va ushbu lavozimga 
xodim ishga olinganda material javobgarlik to‘g‘risida shartnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu 
shartnomaga muvofiq kassir lavozimiga tayinlangan shaxs kassadagi pul mablag‘lari, pul xujjatlari 
va qabul qilib olgan mulkiy qiymatliklarni but saqlanishiga javobgar bo‘ladi. Kassir lavozimiga 
tayinlangan xodimga bosh hisobchi tomonidan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini 
amalga oshirish qoidalari» tanishtiriladi va tanishganligi haqida tilhat olinadi. 
Tashkilot kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini 
amalga oshirish qoidalari» talablari bo‘yicha jihozlanishi kerak. Tashkilotlar kassasiga naqd pul 
mablag‘larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-
1-son shakldagi kirim kassa orderi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag‘larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa 
orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish 
bo‘yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo‘yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining 
rekvizitlari bo‘lgan shtamp qo‘yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag‘larini berishga doir 
hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan 
imzolangan 
bo‘lishi 
kerak. 
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da 
tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo‘lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning 
imzosi bo‘lishi shart emas. 
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar ular bo‘yicha pul 
olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan 
hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko‘rsatilgan holda “To‘langan” shtampi qo‘yiladi yoki so‘z bilan 
yozib qo‘yiladi. 
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o‘rnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga 
qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro‘yxatga 
olish jurnalida qayd etiladi. Ish haqini berish to‘lov (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomalarida 
rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro‘yxatga olinadi. 
Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa 
daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag‘lari bo‘yicha alohida kassa daftari 
yuritiladi. 
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh 
bilan ikki nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo‘lishi kerak, 
ular kassirning hisoboti bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida 
qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi. 
Kassa daftarida o‘chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan 
tuzatishlar tashkilot kassiri, shuningdek, bosh hisobchining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning 
imzolari bilan tasdiqlanadi. 
Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi 
boshqa hujjat bo‘yicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, 
ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun 
pullar qoldig‘ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida 
imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa 
daftaridagi bir kun uchun yozuvlar ko‘chirma nusxasini) topshiradi. 
Topshirilgan kassa hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning asosida kassa 
operatsiyalariga doir 381-son shakldagi jamlanma qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik 
hisobning boshqa registrlariga yoziladi. 1-son memorial order bo‘yicha oylik aylanmalarning 
umumiy summasidan byudjetdagi (byudjetdan tashqari) hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar 
chiqarib 
tashlanadi. 
Kassa daftarini to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh hisobchisi zimmasiga 
yuklanadi. 
Ko‘plab bo‘linmalarga ega bo‘lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to‘lovlarni to‘lashga kassirlardan boshqa 


shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug‘i bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda 
mazkur shaxslar bilan ham moddiy moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi shart. 
Ishonchli shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir tomonidan 320-
son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan 
pullarni hisobga olish daftari yuritiladi. 
Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur bo‘lgan hollarda 
individual tarzdagi kassa chiqim orderlari o‘rniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga 
pul berish bo‘yicha qaydnomadan foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko‘zda tutilmagan 
tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to‘lash hamda mayda xo‘jalik xarajatlari tashkilot buyrug‘i 
bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun 
cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi. 
Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy 
valyutadagi naqd pul mablag‘lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” 
subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag‘larining 
(milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning 
debet tomonida kassaga pul mablag‘larni kirimi, kredit tomonida pul mablag‘larni chiqimi aks 
ettiriladi. 

Yüklə 157,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə