Tadbirkorlik va boshqaruv


Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
1.3 Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish
muammolari. 

Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni 


iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan 
iqtisodiy imkoniyatlar, zahiralar manbalar tshuniladi. 
Tabiiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy 
resurslar hisoblanadi. 
Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli insonlar o’z 
ehtiyojlarini to’liq qondira olmaydilar. Ularning cheklanganligi insonlarning oziq-
ovqatga, tovarlargagina emas balki xizmat ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojlarini ham 
chegaralab qo’yadi. 
Bunday holda insonlar bilan davlat, jamiyat a’zolari o’z daromadlariga yarasha 
tanlash muammosiga duch keladilar. Masalan: O’zbekiston Respublikasi energiya 
mustaqilligini ta’minlash maqsadida neft qazib olish va gaz kondensati ishlab 
chiqarishga boshqa tarmoq ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag’ ajratishga 
majbur bo’ladi. 
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojini qondirishning muhim 
yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham chegaralab qo’yadi. Bu 
imkoniyatlar darajasi doimi bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnologiyalarning 
yaratilishi hamda ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning 
chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnika va texnologiyalar bir 
tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, 
mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, 
yangi material, xom Ashe, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga 
jalb etish imkonini beradi. Jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni 
topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslardan 


14 
foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish 
darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
Iqtisodiy 
resurslar, 
imkoniyatlar 
Ishlab 
chiqarish 
yoki xizmat 
ko’rsatish 
darajasi 
Ehtiyojlarinng 
qondirilish 
darajasi 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə