Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
 
1.1
 
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari
Har qanday jamiyatning pirovard maqsadi jamiyat a’zolarining ehtiyojini 
qondirishdir. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot hayotiy ehtiyojni qondirish 
vositasidir. Кishilarning yashashlari va inson sifatida kamol topishlari uchun zarur 
narsalar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish jarayonida bu iqtisodiy kategoriyalardan ko’p 
foydalanamiz. Iqtisodiy kategoriyalar o’zaro bog’liq bo’lib, bir birlariga ta’sir 
etadilar. Iqtisodiy kategoriyalar ilmiy tahlil qilish uslubiyatining qismlari bo’lib 
o’zlarining mohiyatlariga ega. 
Ehtiyojlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 

moddiy ehtiyojlar; 

ijtimoiy ehtiyojlar; 

mehnat qilish ehtiyojlari. 
Moddiy ehtiyojlar deganda kishilarning tovar va xizmatlarga bo’lgan talabi, 
uning 
nafliligi 
hamda 
xarid 
qilish 
imkoniyati 
tushuniladi. 
Extiyojlar birlamchi va ikkilamchi ko’rinishda ifodalanadi. Birlamchi ehtiyojlar 
insonlarni yashashi bilan bog’liq bo’lgan iste’mol buyumlarida ifodalansa. 
Ikkilamchi ehtiyoj insonlarni faoliyatlari uchun zarur bo’lgan ehtiyojlardan 
(sog’liqni saqlash, bilim olish, dam olish, malaka oshirish) va boshqa omillarni o’z 
ichiga oladi 
Xizmat ko’rsatish sohasi ham kishilar ehtiyojini qondiradi. Masalan, 
sartaroshlik, avtomobilni ta’mirlash kabilar. Кishilarning ehtiyojlari va uning 
qondirilish darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanish darajasiga bog’liq. 
Jamiyat moddiy ne’matlarni yaratgandagina unga ehtiyoj tug’iladi. Shuning 
uchun ishlab chiqarish munosabatlari birlamchi, kishilar ehtiyojlarining qondirilishi 
ikkilamchi hisoblanadi. Ehtiyojlarning bunday holda namoyon bo’lishi iqtisodiy 


qonun ekanligini ifodalaydi. Lekin kishilar ehtiyojlarining oshishi passiv holat 
bo’lmay, u ham ishlab chiqarish munosabatlariga ta’sir o’tkazadi. 
Masalan, kishilarning mahsulotlarni harid qilish qobiliyati pasayganda ishlab 
chiqarish munosabatlari izdan chiqishi natijasida ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy 
inqiroz vujudga keladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy iste’molni o’rganadi. Iqtisodiy iste’mol jamiyat 
a’zolarining faoliyat qilish qobiliyatlarini ta’minlaydi. Iqtisodiy iste’mol ichki omil 
sifatida inson va ishlab chiqarish sub’ektlari faoliyatlarini jadallashtiruvchi omil 
bo’lib xizmat qiladi. 
Ehtiyojlarning qondirish darajasiga qarab ular: 

hozirgi davrdagi ehtiyojlarga; 

haqiqiy ehtiyojlarga; 

mutlaq ehtiyojlarga bo’linadi. 
Hozirgi davrdagi ehtiyojlar — minimum ehtiyojlarga mos keladi. 
Haqiqiy ehtiyojlar deganda kishilarning normal holda o’z ehtiyojlarini qondirishi 
tushuniladi. 
Mutlaq 
ehtiyojlar 
bu 
kishilarning 
orzu 
havaslaridir. 
Jamiyatning rivojlanishi bilan ehtiyojlar transformasiyasi vujudga keladi. 
Vaqt o’tishi bilan hozirgi davrdagi ehtiyoj haqiqiy ehtiyojga, u esa o’z navbatida 
mutlaq ehtiyojga aylanadi. 
Davlatning ijtimoiy siyosati kishilarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirishga 
qaratiladi. 
Haqiqiy ehtiyojlarni qondirish deganda jamiyat a’zolarini 
qanoatlantiradigan darajada ovqatlanishi, kiyinishi, inson sog’lig’iga zarar 
keltirmaydigan 
ekologik 
muhitda 
yashashi 
tushuniladi. 
Demak, jamiyatning rivojlanishi bilan moddiy ne’matlar ko’payadi, kishilarning 
ehtiyojlari ham to’xtovsiz oshib boradi. Bunday holat esa kishilar ehtiyojining 
cheksiz ekanligini ifodalaydi. 
Moddiy ne’matlarga ayrim shaxslargina emas, balki korxona, firma, davlatlar 
ham ehtiyoj sezadilar. Ular ham mashina, bino, omborxonalarga ishlab chiqarish 



vositalariga 
bo’lgan 
iste’mol 
darajalarini 
qondirishlari 
kerak. 
Iqtisodiy manfaatdorlik iste’mol va ishlab chiqarish manfaatdorliklariga 
bo’linadi. Iste’mol manfaatdorligi jamiyat a’zolarini talablarini qondirishda 
ifodalansa, ishlab chiqarish manfaatdorligi ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish 
uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish xom ashyolari bilan 
ta’minlashda ifodalanadi. Iqtisodiy manfaatdorlik yakka tartibdagi va ijtimoiy 
manfaatdorlikka bo’linadi. 
Iste’mol manfaatdorligi korxonalar ma’muriyati va davlat tomonidan yaratiladi. 
Yakka tartibdagi manfaatdorlik ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatga layotqatli 
jamiyat a’zolarining mehnat qilish darajalari asosida olayotgan oylik maoshlari, 
daromadlari orqali ifodalanadi. Ijtimoiy manfaatdorlik barcha jamiyat a’zolarining 
manfaatdorligini ifoda etadi. Кishilarning korxona va davlat ehtiyojlarining cheksiz 
ekanligi, resurslarning cheklanganligi sharoitida amalga oshiriladi.Кishilar o’z 
extiyojlarini qondirish jarayonida daromadlaridan samarali foydalanishga harakat 
qiladilar. Daromadlariga mos keladigan moddiy ne’matlarni harid qilganda uni 
tanlashga harakat qiladilar. Bunday xolat davlat va korxona miqyosida ham amalga 
oshadi.Resurslarining 
cheklanganligi 
sharoitida 
aholi 
va 
korxonalarning 
ehtiyojlarini to’liq qondirish mumkin emas. 
Lekin iqtisodning pirovard maqsadi kishilar ehtiyojlarini qondirish 
hisoblanadi. Bunday holda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish talab etiladi. 
Iqtisodiy resurslar — bu tabiat, mehnat, inson tomonidan yaratilgan ne’matlar ishlab 
chiqarish vositalari bo’lib, ulardan mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga 
oshirishda foydalaniladi, (1-jadval). 
Iqtisodiy resurslarning eng xarakatchanligi bu mehnat resurslaridir. Eng kam 
xarakatdagisi tabiat resurslari hisoblanadi. 
Mehnat resurslari uni xarakatga keltiradi. Ishlab chiqarish resurslaridan 
tadbirkorning tadbirkorlik faoliyatlari ham eng xarakatchan resurs hisoblanadi. 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə