Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Mehnat qurollari
deb insonlarni tabiat boyliklariga ta’sir o’tkaza oladigan 
barcha vositalariga aytiladi. Mehnat qurollari turli ko’rinishlarda ifodalanadi. 
Masalan, stanok, mashina, asbob-uskunalar, turli uzatkich, mexanizmlar va 
boshqalar. 
Hozirgi davrda turli axborot vositalari, aloqa kanallari, reklamalarni ham 
mehnat qurollariga kiritish mumkin. Chunki ular orqali xom ashyo ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etishni tezlatish mumkin. 
Mehnat qurollari 
(MQ) 
va mehnat omillari 
(MO) 
yig’indisiga ishlab chiqarish 
omillari (
IV
) yoki ishlab chiqarish vositalari deb aytiladi va formulada quyidagicha 
ifodalanadi: 
IV = MQ + MO
Bundan shunday xulosa qilamiz. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish 
uchun ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari bo’lishi zarur. Inson — ish kuchi 
ishlab chiqarish vositalariga ta’sir etgandagina ishlab chiqarish jarayoni amalga 
oshadi va ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish jarayonining moddiy-omilini 
tashkil etadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan bu omil fan va texnika taraqqiyoti 
ta’sirida doimiy ravishda takomillashib boradi. 
Bu omillar ichida inson omili eng asosiy omil hisoblanadi. Bu omilsiz ishlab 
chiqarishni tashkil etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham inson omilidan biz doimo 
oqilona, ehtiyotkorlik bilan foydalanishimiz kerak. Inson omiliga bo’lgan talab 
ishlab chiqarish jarayonining hajmiga va unda qo’llanilayotgan texnologiyalarga 
bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish texnologiyalarining o’zgarishi, ya’ni takomillashib 
borishi 
inson 
omili 
— 
ish 
kuchiga 
bo’lgan 
talabni 
belgilaydi. 
Ishlab chiqarish jarayoni ikki turga bo’linadi: moddiy ishlab chiqarish jarayoni 
va nomoddiy ishlab chiqarish jarayoni. Moddiy ishlab chiqarish jarayoni jamiyat 
taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan xom ashyo va maxsulotlar ishlab chiqaruvchi 


tarmoqlar: sanoat, qurilish, transport, qishloq xo’jaligi, kommunal xo’jalik, maishiy 
xizmat va boshqa tarmoqlardan tashkil topadi. Nomoddiy ishlab chiqarish nomoddiy 
ne’matlar, ya’ni ma’naviy qadriyatlar, nomoddiy xizmatlar ko’rsatiladigan: 
sog’liqni saqlash, maorif va boshqa shunga o’xshash tarmoqlardan tashkil topadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə