Tadbirkorlik qobiliyatini “kpi” vositasi orqalida



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#116757
1   2   3   4   5   6   7
TEZIS (1)

Tahlil va natijalar




1.Тадбиркорлик қобилиятини ривожланганлик
даражасининг эталон аниқловчисини шакллантириш



3. Тадбиркорлик қобилиятини аниқлаш
KPI нинг сифат
ҳолатини баҳолаш шкаласини белгилаш

2. Тадбиркорлик қобилиятини
баҳолашнинг муҳим маҳорат
индикаторлари (KPI) ни ишлаб чиқиш
Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatinining real rivojlanganlik darajasini baholash maqsadida biz “Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasi multiplikatori” ning hisob-kitobini quyidagi beshta bosqichda amalga oshirishini tavsiya etamiz (1-rasm):





4. Қиёслаш усулида тадбиркорлик қобилиятини реал ривожланганлик даражасининг мультипликаторини баҳолаш ва тадбиркорнинг сифат
мақомини танлаш

5. Диагностик баҳолаш натижасида тадбиркорлик
маҳоратни узлуксиз
такомиллаштириш тўғрисида эксперт тавсияларини бериш

rasm. Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini baholash bosqichlar Birinchi bosqich. Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasining etalon aniqlovchisi (determinanti)ni shakllantirish. Tadbirkorlik qobiliyatini sifat aniqlovchisi biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini a’lo yoki mahorat (inglizchasida “ekselens”, exsellens) darajasida rivojlanganligini tavsiflashga qodir bo‘lishi talab etiladi. Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganligining etalon darajasini aniqlovchisi sifatida biz “tadbirkorlik mahorati” (business excellence) iborasini tavsiya etamiz. Biz “biznes ekselens” iborasini o‘zbek tilida “tadbirkorlik mahorati” degan tarjimasini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Mazmun jihatidan “tadbirkorlik mahorati” tadbirkorlik va biznes sohasining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada ishbilarmon, marketing va menejment asoslarini yaxshi biladigan, biznesni yuritish usullarini va pulni boshqarishni mukammal egallagan kishini bildiradi.


“Tadbirkorlik mahorati” biznes sub’ektining tadbirkorlik jarayonida takomillashtirib boradi va bunday sifatlarga ega kishi “mahoratli tadbirkor” maqomiga erishadi. Tadbirkorlik mahorati tadbirkorning shaxsiy, kasbiy va funksional fazilatlarini belgilovchi xususiyatini ifodalaydi.
Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasining etalon aniqlovchisi sifatida “Biznes sub’ektining tadbirkorlik mahorati” darajasi quyidagi tadbirkorlik ko‘nikmalariga asoslanadi:

    1. Qattiq ko‘nikmalar (Hard skills ) – professional malakaga bevosita bog‘liq bo‘lgan va o‘qish, trening, seminar natijasiga orttiradigan texnik ko‘nikmalar [8].

    2. Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills ) – shaxsiy, shaxslararo yoki moslashuvchan ko‘nikmalar [9].

    3. Raqamli ko‘nikmalar (Digital Skills) – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi turli muammolarni hal qilish qobiliyatidir[10].

Tadbirkorlik ko‘nikmalarining ushbu tasnifidan kelib chiqadigan va tadbirkorlik qobiliyatini sifat jihatdan baholash imkonini beradigan, uchta quyidagi asosiy va har birining bir nechta quyi o‘lchov mezonlariga ajratilishini tavsiya etamiz, jumladan:

  1. Tadbirkorlik qobiliyatinining qattiq xususiyatini tavsiflaydigan asosiy mezoni va uning beshta quyi o‘lchov mezonlari: 1) marketing mahorati; 2) menejerlik san’ati; 3) novatorlik ko‘nikmalari; 4) tavakkal qilish qobiliyati; 5) iqtisodiy savodxonligi.

  2. Tadbirkorlik qobiliyatinining yumshoq xususiyatini tavsiflaydigan asosiy mezoni va uning uchta quyi o‘lchov mezonlari: 1) shaxsiy fazilatlar; 2) shaxslararo ko‘nikmalar; 3) liderlik sifatlari.

  3. Tadbirkorlik qobiliyatinining raqamli xususiyatini tavsiflaydigan asosiy mezoni va uning uchta quyi o‘lchov mezonlari: 1) raqamli marketing mahorati;

2) raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalari; 3) raqamli texnologiyalardan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish ko‘nikmalari.
Shunday qilib, biz tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasining etalon aniqlovchisi sifatidagi tadbirkorlik mahorati”ni biznes sub’ektlarining qattiq, yumshoq va raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalariga asoslanadigan o‘n birta sifatlarining uyg‘un birligida namoyon bo‘ladi (2-rasm), degan xulosaga keldik.


  1. Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə