Tadbirkorlik qobiliyatini “kpi” vositasi orqalida



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#116757
1   2   3   4   5   6   7
TEZIS (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KPI(H)
KPI(H) - qattiq tadbirkorlik ko‘nikmalari asosiy mezonini tavsiflaydigan muhim mahorat indikatorlari (KPI) (KPI(H) diagnostika asosida 20 ta KPIning eng yomon holatini “0” ball bilan va eng yaxshi holatni “2” ballgacha baholash asosida maksimal 40 ballga teng yoki undan pastroq ballar oralig‘ida ifodalanadi);
KPI(S) - yumshoq tadbirkorlik ko‘nikmalari asosiy mezonini tavsiflaydigan muhim mahorat indikatorlari (KPI) (KPI(S) diagnostika asosida 15 ta KPIning eng yomon holatini “0” ball bilan va eng yaxshi holatni “2” ballgacha baholash asosida maksimal 30 ballga teng yoki undan pastroq ballar oralig‘ida ifodalanadi);
KPI(D) - raqamli ko‘nikmalari asosiy mezonini tavsiflaydigan muhim mahorat indikatorlari (KPI) andozasi (KPI(D) diagnostika asosida 15 ta KPIning eng yomon holatini “0” ball bilan va eng yaxshi holatni “2” ballgacha baholash asosida maksimal 30 ballga teng yoki undan pastroq ballar oralig‘ida ifodalanadi);
Etq - tadbirkorlik qobiliyatini rivojlanganlik darajasining etalon indikatori (Etq qattiq, yumshoq va raqamli asosiy mezonlarini tavsiflaydigan 50 muhim mahorat indikatorlari (KPI)ning eng yaxshi holatini 2 ball bilan, jami 100 ballga tenglashtirilgan holda miqdoriy ifodalanadi).
Masalan, yakka tartibda turistik xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Shavkat Ramazonov 1-jadvalning 2 chi ustunidagi 50 ta “Tadbirkorlik mahoratning muhim indikatorlari” (KPI) bo‘yicha 2 balli baholash shkalasiga muvofiq tadbirkorlik qobiliyatini diagnostika o‘tkazish natijasida KPI(H) asosiy mezonini tavsiflaydigan 20 ta KPI bo‘yicha jami 31,5 ball; KPI(S) mezonini tavsiflaydigan 15 ta KPI bo‘yicha jami 25,5 ball va KPI(D) mezonini tavsiflaydigan 15 ta KPI bo‘yicha jami 24,0 ball to‘pladi. Bu holatda, yuqoridagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilganda, Shavkat Ramazonovning tadbirkorlik qobiliyatini erishilgan real rivojlanganlik darajasining multiplikatori (Rtq): (31,5+25,5+24,0):100= 0,81 ga teng bo‘ladi. Bu koeffitsient uning tadbirkorlik qobiliyati bo‘yicha reytingi (qaysi sifat darajasida qaror topganligi va qanday tadbirkor maqomiga ega ekanligi)ni aniqlash uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatining erishilgan real rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida biz “Tadbirkorlik qobiliyatini baholash bo‘yicha savolnoma” tuzdik. Tadbirkorlik sub’ektlari ushbu savolnoma orqali ikkita: on-layn va off-layn rejimlarida so‘rov o‘tkaziladi. So‘rov asosida biznes sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini diagnostikalash metodikasi quyidagi qadamlardan iborat bo‘lishi mumkin:
chi qadam: Tadbirkor tomonidan mahoratning muhim indikatorlariga baholash shkalasi asosida shaxsiy munosabatini bildirish. O‘z tadbirkorlik qobiliyatining rivojlanganlik darajasini aniqlamoqchi (sinamoqsi) bo‘lgan tadbirkor 1-jadvalning 2 chi ustunida bayon qilingan indikatorlarni diqqat bilan o‘qib chiqib, har biriga o‘ziga xos va o‘z tadbirkorlik xulq-atvoriga mos javob variantini tanlaydi. Tanlangan javobiga mos keladigan ballni 1-jadvalning 3 chi ustunida tanlab qo‘yib chiqadi.

  1. chi qadam. Baholash jadvali yuzasidan ballar summasining hisoblash. Bunda, 1-jadvalning 3 chi ustunidagi ballari sanab chiqiladi va bu sonlar jadvalning har bir asosiy mezonlari bo‘yicha alohida yig‘ilgan ballari hamda “H”, “S” va “D” o‘lchov mezonlari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarining yig‘ilgan jami ballari satrlarida yozib qo‘yiladi.

  2. chi qadam: Tavsiya etilgan (1) formula asosida “Tadbirkorlik qobiliyatini real rivojlanganlik darajasining multiplikatori”ni hisob-kitob qilib koeffitsientini chiqarib qo‘yish.

  3. chi qadam: Tadbirkorlik qobiliyatini real rivojlanganlik darajasining multiplikatori koeffitsienti asosida tadbirkorlik qobiliyatining rivojlangan holatini aniqlash hamda tadbirkorning sifat maqomini tanlash. Bunda biznes sub’ektlarini tadbirkorlik qobiliyatining rivojlanganlik holati quyidagi uchta sifat darajasi va unga mos ravishda tadbirkorning tegishli maqomidan biriga mos kelishi tanlab olinadi:

  1. 0,80 dan 0,1ga qadar – yuqori darajadagi tadbirkorlik qobiliyatiga ega “Mahoratli tadbirkor”;

  2. 0,51 dan 0,79 ga qadar - o‘rta darajadagi tadbirkorlik qobiliyatiga ega “Salohiyatli tadbirkor”;

  3. 0,0 dan 0,50 ga qadar - past darajadagi tadbirkorlik qobiliyatiga ega “Mahoratsiz tadbirkor”.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə