Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


-savol. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish



Yüklə 34,78 Kb.
səhifə7/9
tarix20.10.2023
ölçüsü34,78 Kb.
#128530
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-savol. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta‘siri ostida shakllanadi. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o’zaro bog’langan ichki jarayonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya‘ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ularni foydalanish jarayonida va harakatsiz turishi natijasida, tabiiy kuchlarning ta‘sirida jismoniy eskirish. Mehnat vositalari jismoniy eskirish binoan birga ma‘naviy jihatdan ham eskiradi. Ma‘naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo’lib, u bir-biridan farq qiladi. Ma‘naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo’ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo’lib qolaveradi.
Ma‘naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o’rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi va yangilari bilan almashtiriladi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi. Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin (qayta tiklash maqsadlarida) ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga tng qismini jamg’arish jarayonidan iborat. Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo’ladi: bir qismi asosiy kapitalni to’la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta‘mirlashga) mo’ljallanadи.
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda asosiy kapital qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta‘mirlash uchun sarflar (Tk), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag’ (Mt) va shu vositaing xizmat davri (Xd) hisobiga olinadi:

Yüklə 34,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə