Student: Kamolxonova Rohilabonu Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: tarix



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə7/9
tarix23.12.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#156248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rahimova Shodiya

Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O’zbekiston Qahramoni” unvonini oldilar. 1993 yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilida yangi lotin yozuviga o’tish hakida qaror qabul qildi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning o’zida 65 otamada darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi. Hozir Qoraqalpog’istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kollej, 18 maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikadagi 22 ta o’rta maxsus o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida 11,8 ming o’quvchi ta’lim olmoqda. 1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo’limi asosida Nukus davlat pedagogika instituti qayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga yetdi. 1995 yili yanada universitetning qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o’quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda.

1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol bo’yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan oldin uchta institut bo’lgan bo’lsa, endilikda 6 ta institut tashkil etildi. Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Yeshanovlar boshqardilar. Hozirgi vaqtda bo’lim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov ishlaydi. Shuningdek, O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog’iston bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musayev nomidagi Chimboy dehqonchilik instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko’l stansiyasi, molchilik, bog’dorchilik, o’zumchilik muassalari kiradi. Qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot sohalari bo’yicha J.Mambetullayev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud. Bugungi kuni Qoraqalpog’istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) qatoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbayev, A.Baxiyev, T.Yeщanov, A.Dauletov, X.Hamidov ham qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentayev va J.Kuttimuratov O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.


Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə