Student: Kamolxonova Rohilabonu Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: tarix



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə3/9
tarix23.12.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#156248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rahimova Shodiya

Avvalgi Oliy Kengashdan farqi Juqorg’i Kengashga savlov ko’ppartiyaviylik asosida o’tkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dexkonlar, xalq ziyolilarining o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi bo’yicha albatta deputat buluvchi urinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o’z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo’lga qo’yildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi. Ijroiya organi - Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo’lib ishladi: Amin Tojiyev (1989-1992), Radjapboy Yo’ldashev (1992-1995), Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiyev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Hozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo’lib Baxadir Yangibayev ishlaydi.

Bugungi kunda O’zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so’mni, yoki butun Qoraqalpog’iston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissai oshib bordi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda nodavlat sektori hissasi 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.

Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Agrosanoat bank va sanoat-qurilish bank ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Alokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “G’allabank” Qoraqalpog’iston bo’limlari tashkil etildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko’rildi. Qoraqalpog’istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 32 ta ko’tara savdo bazasi hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog’iston bo’limi, 19 ta supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi.


Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə