Ayni
bir harorat, bosim va konsentratsiyada xuddi gaz
aralashmasi singari miqdorda zaryadli zarralar hosil qiluvchi bir jinsli
gazning ionlash potensiali
ionlash
effektiv potensiali
deyiladi. Agar
yoy atmosferasiga ionlash potensiali kichik bo‘lgan moddalar
kiritilsa, u holda ionlash effektiv potensiali ancha pasayadi,
buning
natijasida yoy zaryadsizlanishining turg‘unligi ortadi.
Elektr maydoni
vositasida ionlashishda elektr maydoni gazning elektr zaryadli
zarralariga
ta’sir
qilib,
ularning
harakatini
mo‘ljali
olinadi va tezlatadi. Elektr maydonining gazning elektr zaryadli
zarralarga ta’siri gazning erkin yugurish yo‘liga teng bo‘lgan
uchastkadagina bo‘ladi. Harakatlanish vaqtida zarralar o‘zaro
uriladi, natijada ular yoki uyg‘onadi,
yoki ionlashadi, ayni vaqtda
ularning
harakat
yo‘nalishi
ham
o‘zgaradi.
Elektronlar emissiyasi
Metallardan
o‘tkazuvchan
elektronlarning
bug‘lanish,
nurlanish yoki chiqish jarayoni elektron emissiya deb ataladi.
Payvandlash yoyida bu jarayon juda katta rol o‘ynaydi. Elektron
emissiya metallarni bombardimon qilish tufayli bo‘ladigan
elektronlar
emissiyasiga,
fotoelektron emissiyaga, termoelektron emissiyaga va
avtoelektron emissiyaga
bo‘linadi.
Elektronlarning ionlar oqimi hisobiga emissiyalanishi shundan
iboratki, bunda musbat ionlar katod sirtiga urilib neytrallashda issiqlik
yoki
nur energiya ajratadi, bu energiya hisobiga katoddan tashqi
muhitga
elektronlar emissiyalanadi
. Elektronlar, asosan, musbat ionlar
tomonidan emissiyalanadi, chunki
manfiy ionlar katod sirtida
tormozlanadi. Ionlarning kinetik va potensial energiyasi hisobiga
zarb bilan urilishi natijasida ajralgan energiya elektrod metalining
ham, asosiy metalning ham erish tezligining ortishiga yordam beradi.