Son haqida ma'lumot Sonning leksik, grammatik xususiyatlari



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə3/4
tarix31.03.2023
ölçüsü23,02 Kb.
#103833
1   2   3   4
Son so\'z turkumi

Sonning turlari.
Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga ajratib, ifodalashga ko'ra ikki xil bo'ladi: butun, kasr.

  1. Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligi saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar deyiladi.

  2. Butuning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.

  3. Butun va kasr son aralash holda qo'llanilsa, kasrli son-aralash son deyiladi: bir butun, o'ndan ikki



Sonning ma'no turlari.
Sonlar ma'no va grammatik xususiyatlariga ko'ra 2 turga ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Miqdor sonlar.
Sanoq sonlar predmetning, ish-harakatning miqdorini, sanog'ini, sonini anglatadi. Sanoq sonlar predmetlarni donalab, taqsimlab, jamlab, taxmin-chamalab ko'rsatadi.
Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo'linadi.

  1. Miqdor sonlar bir turdagi predmetlarning umumiy miqdorini bildiradi: besh, yuz, ming.

Miqdor sonlar hisob so'zlari bilan qo'llanadi. Ular ot turkumiga mansab so'zlardir. Hisob so'zlari quyidagi o'lchov birliklarini bildiradi:

  1. Donalikda: dona, tup, bosh, tuyoq.

  2. Butunning bo'lagini: tilim, chimdim, lagan, savat, qop.

  3. Juft predmetlarni: juft, jo'ra, pora.

  4. Og'irlikni: gramm, kilogramm, pud, sentner, tonna;

  5. Uzunlikni: m, mm, km, qadam, qarich, odim, enli;

  6. Suyuqlikni; litr, stakan, kosa, xovuch, ho'plam;

  7. pul qiymatini: so'm, tiyin, tanga;

  8. Yosh o'lchovini; yosh, kunlik, oylik;

  9. Vaqtni; asr, yil, daqiqa, xafta, sutka, kun.




  1. Dona son. Bir xildagi predmetlarning yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini bildiradi. 2 usul bilan hosil bo'ladi:

1) morfologik usul: miqdor songa- ta qo'shimchasini qo'shib;
2) sintaktik usul: miqdor sondan so'ng donalikni bildiradigan hisob so'zlarni keltirib.

  1. Chama son. Predmetning taxminiy miqdorini bildiradi. Miqdor songa- tacha, -larcha, -lab qo'shimchalarini qo'shib va ketma-ket keladigan birlik, beshlik, o'nlik, yuzlik, mingliklarni juftlab hosil qilinadi.

  2. Jamlovchi son bir xildagi predmetlarning donalab sanalishidan kelib chiqadigan miqdorni jamlash orqali ifodalaydi. Miqdor songa- ov, -ovlon, -ala qo'shimchalarini qo'shib hosil qilinadi.

  3. Taqsim son bir xildagi predmetlarning guruhlanish, taqsimlanish miqdorini bildiradi.

Miqdor songa-tadan qo'shimchasini qo'shib, dona sonlarni takrorlash orqali (beshta-beshta, beshta-beshtadan) hosil qilinadi.


Tartib son.
Predmetning joylashish tartibini, sirasini, ish-harakatning bajarilish tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. Tartib son arab va rim raqamlari bilan ifodalanadi: 2000-yil, 2-sentabr, XIV bob.
Tartib son otga bog'lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi, otlashganda esa to'ldiruvchi, kesim bo'lib keladi. -dan qo'shimchasini olib, kirish so'z vazifasini bajaradi.
Tartib sonlar ba'zan daraja, nav, tur ma'nolarini bildirib keladi: 1-sinf haydovchisi, 2-nav un, 1-tur o'yinlari.



Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə