Soliq nazorati



Yüklə 345,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü345,03 Kb.
#153789
1   2   3   4   5   6   7
Sitoraxon S.N Pdf

Soliq xavfining tahlili 
Soliq xavfining tahlili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq 
xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va 
soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 7-yanvardagi 1-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni 
(soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi 
to‘g‘risida” nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 
Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni 
qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 
Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash 
maqsadlari hisoblanadi: 
yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga eʼtiborni jamlash va soliq organlari 
tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlash; 
soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish; 
faoliyati bo‘yicha soliq xavfi past deb aniqlangan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq 
nazoratini minimallashtirish; 
soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga tanlab 
olinadigan soliq to‘lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali 
aniqlash imkoniyatlarini yana-da kengaytirish; 
soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvlari 
shakllarini belgilash. 
Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi: 


24 
soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, 
shuningdek, soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan maʼlumotlar; 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati 
samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020-yil 30-
oktabrdagi PF-6098-son Farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati 
idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan davlat 
organlari, muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan 
maʼlumotlar; 
xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari tomonidan o‘zaro axborot almashish 
borasida tuzilgan bitimlar doirasida taqdim etilgan maʼlumotlar; 
ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar; 
o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari materiallaridagi maʼlumotlar; 
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar 
bo‘yicha aniqlangan maʼlumotlar (hukm, qaror, ajrim, hal qiluv qarori va boshqa 
hujjatlar); 
soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari; 
statistika organlaridan olingan maʼlumotlar; 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar. 
Soliq to‘lovchilar soliq xavfi darajasiga qarab past, o‘rta va yuqori xavfli toifalarga 
ajratiladi. 


25 
Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi 
tayinlanadi. Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq 
organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq maʼmurchiligi 
tadbirlari qo‘llaniladi. 
Soliq nazoratining davlat soliq xizmati organlari uchun 
mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni va roli 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida soliqlar va ularga 
tenglashtirilgan to’lovlar davlatning asosiy daromad manbasi hisoblanib, ularning o’z 
vaqtida to’g’ri hisoblanishi, davlat byudjetiga to’liq hamda o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan 
soliq nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Soliqlar va soliqqa tortish 
ixtisosligi talabalariga soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarning moliyaviy 
xo’jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazardan nazorat qilishning 
huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o’rganishlari lozim bo’ladi. Buning uchun esa 
talabalar soliq to’lovchilarga nisbatan soliq majburiyatining yuzaga kelishi, soliq nazorati, 
uning shakllari, turlari, nazorat qiluvchi vakolatli organlar, ularning huquqlari va 
majburiyatlari, tekshirish o’tkazish tartiblari, tekshirish natijalarida aniqlangan soliq 
qonunchiligi buzilish holatlari bo’yicha ma’muriy yoki moliyaviy jazo choralarini qo’llash 
bo’yicha yetarli darajada malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. 
Qolaversa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy 
rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan soliq siyosatidagi ustuvor 
yo’nalishlarni amalga oshirish ushbu soha mutaxassislaridan chuqur iqtisodiy bilimga ega 
bo’lishni talab etadi. Bu fanni to’liq o’zlashtirgan talaba soliq nazoratiga oid quyidagi 
bilimlarga ega bo’ladi va amaliy ko’nikmalar o’zlashtiradi: 
- Soliq qonunchiligiga oid tekshiruvlarning nazariy, huquqiy, uslubiy va tashkiliy 
asoslarini;


26 
- Хujjatli, nazorat tartibida va tezkor o’tkaziladigan tekshiruvlarning mohiyati va 
xususiyatlarini; 
- Тekshiruv natijalari haqida shakllantiriladigan tekshiruv materiallarining tarkibi, 
ularni rasmiylashtirish tartiblarini;
- Тekshiruv materiallarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazish, aniqlangan huquq buzilish 
xolatlari bo’yicha ma’muriy yoki jinoiy chora ko’rish va ularni bajarilishini nazorat qilish 
bilan bog’liq ishlarni yuritishni: 
- Ma’muriy amaliyot yuritish bo’yicha soliq organlarining tekshiruv natijalari 
asosida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni yuritish tartiblarini;
- Nazoratchi, taftishchi tekshiruvchi, va davlat soliq xizmati organining mansabdor 
shaxslari tushunchalarining amaliy tafsilotini;
- Nazorat qilish vakolati berilgan funksiyaviy bo’limlar va ularning vazifalari
huquqlari va majburiyatlarini; 
- Davlat soliq xizmatining inspektorlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarga 
mutaxassis sifatida qo’yiladigan talablarni. 
O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan soliqlar va yig’imlar. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliqlar deganda Soliq kodeksida 
belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va 
beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari 
tushuniladi. Boshqa majburiy to’lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan davlat 
maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli 
organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni 
to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki 


27 
litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan 
yig’imlar, davlat boji tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida 
nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi. Soliqlarga quyidagilar 
kiradi: 
1.Qo’shilgan qiymat solig’i; 
2. Aksiz solig’i; 
3.Foyda solig`i; 
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 
5.Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar; 
6. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig`i; 
7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
8. Mol-mulk solig’i; 
9.Yer solig`i; 
10.Ijtimoiy soliq: 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari quyidagilardir:

soliq solish ob’ekti;

soliq solinadigan baza;

stavka;

hisoblab chiqarish tartibi;

soliq davri; 

soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

to’lash tartibi. 


28 
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy to’lov 
belgilanayotganda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek 
ularning soliq to’lovchi tomonidan qo’llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin. 
Soliq to’lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari har bir soliq yoki 
boshqa majburiy to’lovga tatbiq qilinadi.

Yüklə 345,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə