Soliq nazorati


Soliq nazoratining tarkibiy mazmuni



Yüklə 345,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü345,03 Kb.
#153789
1   2   3   4   5   6   7
Sitoraxon S.N Pdf

 
Soliq nazoratining tarkibiy mazmuni 
Soliq nazorati quyidagilarni o’z ichiga olgan: 

Soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi nazoratining 
huquqiy asoslari 

Хo’jalik sub’ektlari faoliyati bo’yicha davlat nazoratining tashkil etilishi 

Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini hujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish va 
o’tkazish tartiblari 

Yuridik shaxslarning pul mablag’larini taftishdan o’tkazish tartiblari 

Naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va xizmat 
ko’rsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish tartiblari 

Хo’jalik sub’ektlari faoliyatini tekshirilishi natijasida tayyorlanadigan tekshiruv 
materiallarini rasmiylashtirish tartiblari 

Тekshiruv materiallarini shakllantirish va ro’yxatdan o’tkazish tartiblari 

Soliq huquqbuzarliklari bo’yicha ma’muriy amaliyot yuritish tartiblari 



Soliq nazoratining tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi mavzularning qisqacha 
mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ular quyidagilardan iborat: 
Soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi nazoratining 
huquqiy asoslari mavzusi doirasida O’zbekiston Respublikasida soliqlar va soliqqa tortish 
munosabatlariga bevosita daxldor bo’lgan va ushbu munosabatlarni tartibga solib 
turadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va mohiyati o’rganiladi. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston 
Respublikasi Soliq Kodeksidan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Soliqlar va boshqa 
majburiy to’lovlar Soliq Kodeksi bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq 
solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksi qoidalariga muvofiq 
bo’lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksining qoidalariga muvofiq 
bo’lmagan taqdirda, Soliq kodeksi qoidalari qo’llaniladi. Хo’jalik sub’ektlari faoliyati 
bo’yicha davlat nazoratining tashkil etilishi mavzusi doirasida xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatini davlat (davlat tomonidan nazorat qilish vakolati berilgan organlar) 
tomonidan nazorat qilishning shakllari, turlari, prinsiplari va tartiblari o’rganiladi. Shu 
bilan birgalikda nazorat vakolatiga ega organlardan biri bo’lgan Davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq nazorati shakllari, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyati bo’yicha soliq tekshiruvlarini tashkil qilish shakllari 
va turlari o’rganiladi. 
Yuqoridagilardan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati bo’yicha nazorat 
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish 
tartiblari o’rganiladi. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini hujjatli tekshiruvlarini 
tashkil qilish va o’tkazish tartiblari mavzusida bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish huquqiga ega organlar, ularning vakolatlari, 
tekshirish tartiblari, turlari va shakllari haqida bayon qilinadi. Bu mavzuda asosan soliq 
organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlarining asosiy shakllaridan biri 
bo’lgan soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi)ni tashkil qilish va 
o’tkazish tartib qoidalari o’rganiladi. Yuridik shaxslarning pul mablag’larini taftishdan 
o’tkazish tartiblari mavzusida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’larini 



taftishdan o’tkazish tartiblari, jumladan, kassa opretsiyalarini taftish qilish, kassani bank 
operatsiyalarini taftish qilish tartib qoidalari o’rganiladi.
Naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va xizmat 
ko’rsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish tartiblari mavzusi doirasida naqd pul 
bilan muomala qiluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibi, naqd pulli hisob kitoblarni 
amalga oshirish, naqd pul mablag’larini inkasatsiya qilish tartib qoidalari, O’zbekiston 
Respublikasining savdo va xizmat ko’rsatish hamda ulgurji va chakana savdo tartib 
qoidalariga bog’liq me’yoriy huquqiy hujjatlari, ularda belgilangan normalar, plastik 
kartochkalar bilan savdo va xizmat ko’rsatish, soliq organlari tomonidan qisqa muddatli 
tekshirishlarni tashkil qilish va o’tkazish tartiblari, savdo va xizmat ko’rsatish tartib 
qoidalarini buzgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan 
javobgarlik choralari haqida fikrlar bayon etilgan. 
Хo’jalik sub’ektlari faoliyatini tekshirilishi natijasida tayyorlanadigan tekshiruv 
materiallarini rasmiylashtirish tartiblari mavzusida esa soliq organlari tomonidan 
o’tkazilgan rejali va rejadan tashqari tekshirishlar natijalarini bo’yicha tekshirish 
dalolatnomalarini tuzish, ularni tegishli tartibda rasmiylashtirish tartib qoidalari haqida 
fikrlar bayon qilinadi. Тekshiruv materiallarini shakllantirish va ro’yxatdan o’tkazish 
tartiblari hamda soliq huquqbuzarliklari bo’yicha ma’muriy amaliyot yuritish tartiblari 
mavzulari doirasida tekshiruv materiallari (dalolatnomalar)ni soliq organlarida ro’yxatdan 
o’tkazish, ularni o’rganish, natijalari bo’yicha qaror qilish tartiblarini, tekshiriluvchilarga 
talabnomalar hamda xo’jalik sudlariga taqdimnomalar kiritish tartiblari, ma’muriy va 
moliyaviy jarimalarni qo’llash tartib qoidalari yoritilib berilgan. Yuqorida keltirilgan 
mavzular akademiya talabalariga soliq to’lovchilar faoliyatini to’liq nazorat qilib davlat 
byudjeti daromadlarini o’z vaqtida shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladigan darajada 
bilim berilishini ta’minlaydi. 




Yüklə 345,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə