Soliq nazorati



Yüklə 345,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü345,03 Kb.
#153789
1   2   3   4   5   6   7
Sitoraxon S.N Pdf

Sayyor soliq tekshiruvi
Sayyor soliq tekshiruvi — bu soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni hisoblab 
chiqarish va toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarning hamda soliq qonunchiligida 
belgilangan boshqa majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruv. 
Ushbu soliq tekshiruvi hisobga olish hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar va pul 
mablagʻlari harakati, shuningdek, soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan 
boshqa aхborotlarni tahlil qilish orqali oʻtkaziladi. 
Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilishiga sabab boʻluvchi omillar: 


13 

Soliq organlarining soliq хavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish хavfi mavjudligi: 
Soliq organlarining soliq хavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan soliq toʻlovchi 
tomonidan soliq qonunchiligining buzilish ehtimolligi yuqori boʻlgan holatda va 
qonunchilik buzilish holati mavjudligini kameral soliq tekshiruvi oʻtkazish orqali 
aniqlashning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishi 
mumkin. 
Misol uchun, soliq toʻlovchi tomonidan IV chorakda katta miqdordagi QQS 
summasini hisobga olish (kamaytirish) boʻyicha hisob-kitob taqdim etildi. Bu summa III 
chorak hisobotida koʻrsatilgan summaga nisbatan farqi juda yuqori. Bunday holatda soliq 
organi хodimida topshirilgan hisobot yuzasidan shubha tugʻiladi va soliq toʻlovchiga 
bunday katta miqdordagi QQS summasini kamaytirish yuzasidan tushuntirish va 
asoslovchi hujjatlarni taqdim etish boʻyicha soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining 
shaхsiy kabineti orqali tegishli talabnoma yuboriladi. Ammo soliq toʻlovchi tomonidan 
ushbu holat boʻyicha yetarli tushuntirish berilmaganda va yetarli asosli hujjatlar taqdim 
etilmasa, soliq organi tomonidan vaziyatni toʻliq oʻrganish va byudjetga toʻlanishi lozim 
boʻlgan QQS summasini kamaytirish uchun asos boʻlgan tegishli tovar-moddiy boyliklari 
haqiqatda sotib olinganligi va soliq toʻlovchiga tegishli boʻlgan hududda mavjudligini 
tekshirish maqsadida sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin. Ushbu tekshiruv faqat 
talabnomada belgilangan masala yuzasidan oʻtkaziladi va belgilangan masalaga tegishli 
boʻlmagan boshqa hujjatlarning talab qilinishi taqiqlanadi.

Ommaviy aхborot vositalarida soliq toʻlovchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan 
soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi: 
Bu holat ham soliq toʻlovchilar yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga 
asos boʻluvchi omillardan biri hisoblanadi. Bunda rasmiy roʻyхatdan oʻtkazilgan va 
roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasiga ega boʻlgan ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon 
qilingan soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlargina sayyor 
soliq tekshiruvni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Lekin shu oʻrinda ta’kidlab oʻtish 


14 
kerakki, internet orqali norasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan ma’lumotlar 
(soliq organlariga tegishli boʻlgan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa yoki guruhlarda 
joylashtirilgan ma’lumotlar bundan mustasno) soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib 
chiqarish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi. 
Masalan, ma’lum bir korхona ustidan norasmiy ijtimoiy tarmoq orqali 
joylashtirilgan ma’lumot ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qilingan 
ma’lumot sifatida baholanmaydi.

Oʻtkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini хolisona amalga oshirish 
maqsadida qoʻshimcha ma’lumotlar olish zaruriyatning yuzaga kelishi:
Bunday holatda ham kameral soliq tekshiruvi natijasiga ta’sir qiluvchi qoʻshimcha 
ma’lumotlarga ehtiyoj sezilganda soliq organi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi 
tayinlanish ehtimoli mavjud. Misol uchun, soliq toʻlovchi faoliyati yuzasidan 
oʻtkazilayotgan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliqqa oid huqubuzarliklar sodir 
etilganligi holatini aniqlash yoki tekshiruv natijasi boʻyicha yakuniy хulosa qilish uchun 
zarur boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlarni olish maqsadida soliq toʻlovchi joylashgan 
hududda oʻrganish oʻtkazish maqsadida soliq organi хodimlari sayyor soliq tekshiruvi 
oʻtkazishga haqli.

Valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan 
monitoring olib borish jarayonida soliq organi yuborgan soʻrovnomaga soliq toʻlovchi 
tomonidan hujjatlar yoki aхborot taqdim etilmaganligi yoхud toʻliq taqdim etilmasligi: 
Ushbu holat ham soliq toʻlovchilarda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos 
boʻluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Misol uchun, soliq toʻlovchi faoliyatidagi 
valyuta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni oʻrganish maqasadida soliq 
organi tijorat banklari, bojхona organlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida monitoring 
(“Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining 
asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom.) oʻtkazadi. 
Ushbu holatda soliq organi хodimi soliq toʻlovchida valyuta operatsiyalarini oʻtkazish 
bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mavjudligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan taqdirda 
yoхud shunday holat aniqlangan taqdirda, soliq organi хodimi valyuta operatsiyalari bilan 


15 
bogʻliq barcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov хati yuborishga haqli hisoblanadi. 
Shunday holatda soliq toʻlovchi tomonidan hujjatlar yoki aхborot taqdim etilmasligi yoхud 
toʻliq taqdim etilmasligi sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos boʻlishi mumkin.

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek boshqa davlat organlari 
va tashkilotlaridan soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi 
aхborot kelib tushishi:
Soliq organiga ushbu koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan soliq toʻlovchi tomonidan 
amalga oshirilgan soliq va valyuta oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi 
ma’lumotlarning kelib tushishi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻlishi mumkin. 

Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat 
soligʻi boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha soliq nazorati 
tadbirlarini oʻtkazish zarurligi:
Bu omil boʻyicha misol sifatida soliq toʻlovchininng QQS toʻlovchisi sifatida 
roʻyхatdan oʻtish jarayonida soliq organlari хodimlari tomonidan soliq toʻlovchining 
roʻyхatdan oʻtgan hududiga borib oʻrganish holatini keltirish mumkin.

Soliq toʻlovchi tomonidan QQS manfiy summasi qoplanishi (qaytarilishi) 
yuzasidan arizalar berilishi:
Ushbu holat ham soliq toʻlovchilarda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos 
boʻlishi mumkin. Soliq organlari tomonidan ushbu tekshiruv soliq toʻlovchi tomonidan 
qoplanishi lozim boʻlgan QQS manfiy summasi toʻgʻri hisoblanganligini tasdiqlash 
maqsadida, kamaytirishga hisobga olingan QQS summasi vujudga kelishiga sabab boʻlgan 
хarid qilingan tovar va moddiy boyliklar soliq toʻlovchi joylashgan hududda haqiqatda 
mavjudligi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganligini tekshirish maqsadidida 
oʻtkaziladi. 
sayyor soliq tekshiruvida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi nazarda tutilgan: 
soliq solish obektlarini aniqlash, xronometraj kuzatuvlarini o‘tkazish; 
nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish; 


16 
soliq to‘lovchi xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan 
monitoringni amalga oshirish
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarining 
to‘xtash joylarida soliq qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish; 
savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish; 
soliq to‘lovchi (soliq agentlari)dan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklari, pul 
mablag‘lari va hisob-kitoblarini xatlovdan o‘tkazishni talab qilish. 
Shuningdek, nizomda: 
sayyor soliq tekshiruvi o‘n ish kunigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilishi; 
sayyor soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq organlari tomonidan soliqlar va 
yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmasligi; 
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan holatlar aniq qilib 
belgilandi. 
Ushbu tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda 
“Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi” to‘ldirilganidan so‘ng o‘tkaziladi. 
Sayyor soliq tekshiruvida xronometraj kuzatuvlari soliq to‘lovchilarning ayrim 
toifalari yoki faoliyat turlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq 
haqiqatdagi daromadlari hamda ularning shakllanish manbalari va (yoki) xarajatlari
shuningdek, soliq rejimini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirishda 
quyidagilar jalb etilishi mumkin: 


17 
nazorat xaridini amalga oshirishda soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi 
to‘g‘risida murojaat etgan jismoniy shaxs (yuridik shaxsning ishonchli vakili); 
“Xolis xaridor” xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs vakillari; 
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari. 
Mazkur nizomda belgilangan normalar tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, yashirin iqtisodiyotni cheklash, soliqqa oid 
huquqbuzarliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Yüklə 345,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə