Sharqiy buxoro bekliklarida soliq tizimi


Qo‘sh puli – yer haydashda ishlatiladigan hayvonlardan olinadigan soliq bo‘lib, bir bosh otga 4 tanga, bir ho‘kizga 8 tanga etib belgilangan. Yaksara



Yüklə 21,98 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü21,98 Kb.
#144539
1   2   3
SHARQIY BUXORO BEKLIKLARIDA SOLIQ TIZIMI

Qo‘sh puli – yer haydashda ishlatiladigan hayvonlardan olinadigan soliq bo‘lib, bir bosh otga 4 tanga, bir ho‘kizga 8 tanga etib belgilangan.
Yaksara – bir qo‘sh (2 bosh) ish hayvoniga ega bo‘lgan dehqonlardan olinadigan soliq. Bunda 1 botmon miqdorida bug‘doy to‘langan. Bir bosh ot yoki ho‘kizga ega bo‘lgan dehqonlar to‘laydigan soliq “nimsara” deb atalgan.
Osiyo puli – tegirmon solig‘i. Yiliga 20-100 tanga to‘langan.
Objuvoz puli – guruchni tozalaydigan va oqlaydigan tegirmon. Yillik to‘lovi 20-100 tangani tashkil etgan.
Tanob puli – bedazorlardan olinadigan soliq turi. Bir tanobdan 4 tanga to‘langan.
Alaf puli – bog‘ va uzumzorlardan undiriladigan soliq. Yillik to‘lov miqdori tanobiga 16-20 tanga to‘g‘ri kelgan.
Boj – savdogarlardan undiriladigan to‘lov. Uning miqdori – 1 bosh tuyadan 2 tanga, 1 otga 1 tanga, yuksiz holatda uning yarmi, 1 bosh eshakdan yarim tanga, sigirga ham yarim tanga olingan. Yayov yurganlar, davlat va harbiy xizmatchilar boj to‘lashdan ozod qilinganlar3.
Kechuv puli–qayiqlardan o‘tkazganlik uchun olinadigan to‘lov. Kishi boshiga 8 pul, bir bosh ot egasi bilan birga – 1 tanga, tuyaga – 1 tanga, sigirga 6 pul, eshakka 16-40 pul. Barcha kechuvlar istalgan kishilarga ijaraga berilgan. Xususan, Pattakesar qishlog‘ida oqsoqol bo‘lib ishlagan Xolmurod Pirnazarov 5-6 kishilik qayiq egasiga ijarachi bo‘lgan4.
Kafsani dorug‘a – amlokdor foydasiga undiriladigan soliq. Masalan, bug‘doyning har 10 botmonidan* 0,5 pud, paxtaning 10 botmonidan 15 funt** kafsan solig‘i to‘langan5.
2. Ichki soliqlar . Barcha bekliklar soliq tizimida o‘z tartiblarini o‘rnatishgan, hatto soliqlar ham turlicha atalar edi. Masalan, Sherobod bekligida xiroj solig‘i “mavliyot” deb atalgan6. Mavliyotning miqdori qozi va rais tomonidan belgilab berilgan. Ular daladagi hosil yig‘ilib, maydalanib, darg‘a tomonidan tamg‘alangandan so‘ng, bekliklardagi shahar yoki amlokdorlik bozorlaridan uchtasiga borishib, barcha oziq-ovqat narxini daftarga yozib borishgan. Keyin o‘rtacha narxni chiqarib, Buxoroga, qo‘shbegiga yuborishgan. Qo‘shbegi esa qozikalon bilan kelishgan holda ushbu narxlarni tasdiqlab, beklik qozilariga jo‘natgan. Qozilar o‘z navbatida beklarga, ular esa amlokdorlar orqali aholiga amir tomonidan belgilangan soliqni e’lon qilishgan. Ko‘p hollarda qozi va raislar o‘zlari va beklarning foydasini ko‘zlab, daftarga bozordagidan ko‘ra yuqoriroq narxlarni qo‘yib yozishar, oqibatda dehqon bir botmon arpadan 50-60 tanga soliq to‘lar, vaholanki, bozorda o‘sha arpa 30-40 tanga turar edi7.
Sherobod dalalarida yetishtirilgan arpa va bug‘doydan 1/5, paxta, kunjut va boshqalaridan ¼ qismi mavliyot uchun undirilgan. Jarqo‘rg‘on amlokdorligining yangi o‘zlashtirilgan Zang kanali hududidagi barcha ekin turlaridan 1/5 hajmida soliq to‘langan. Amlokdor foydasiga undiriladigan “kafsan” solig‘i paykalga qarab olingan va “choyrak” (2,4 kg) bo‘yicha o‘lchangan. Quyidagi jadvalda kafsan miqdori choyrak hisobida ko‘rsatilgan8.
3-jadval


Yüklə 21,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə