Sharoitlari va yollanma ishchilar mehnat muhofazasi


SAFE AND HEALTHY WORKING CONDITIONS AND LABOR PROTECTION OF



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#98811
1   2   3   4   5
qurilish-va-ishlab-chiqarish-soxasida-xavfsiz-va-sog-lom-mehnat-sharoitlari-va-yollanma-ishchilar-mehnat-muhofazasi

SAFE AND HEALTHY WORKING CONDITIONS AND LABOR PROTECTION OF 
EMPLOYEES IN THE FIELD OF CONSTRUCTION AND PRODUCTION 
Abstract.
 This article describes the existing problems in order to create safe and healthy 
working conditions in the field of construction and production and the results of scientific 
research to eliminate them. In addition, the article reflects the scientific proposals and practical 
recommendations made by the author on this issue. 
Keywords:
specialization in labor protection, safety in construction, safe and healthy 
working conditions, state policy in the field of labor protection, labor protection of employees. 
KIRISH 
Dunyodagi barcha davlatlar ham shahar va boshqa aholi yashash manzilgohlariga o‘ziga 
xos ulug‘vorlik beruvchi binolar qurilishiga alohida e'tibor qaratadi. Sababi, dunyoning 
rivojlangan davlatlari qatoriga kirishda davlat tashkiloti muassasalari va aholi uchun qulay turar 
joy binolarining mavjudligi muhim omildir. 
O‘zbekistonda ham qurilayotgan bino va inshootlar me'morchiligiga alohida e'tibor 
qaratilishi natijasida ushbu yo‘nalish so‘nggi yillardagi eng tez o‘sayotgan sohalardan biriga 
aylandi. 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
245 
Bugun yurtimizdagi qaysi manzilda bo‘lmang albatta qurilish va bunyodkorliklar ustidan 
chiqasiz. 
Qurilish, me'morchilik haqida gap ketar ekan, unda quruvchilar mehnati va xavfsizligini 
alohida ta'kidlash lozim. 
Afsuski, bugungi kunda ko‘pchilik qurilish jarayonlarida ishchilarning hayot xavfsizligi 
to‘la ta'minlangan, deb bo‘lmaydi. Biz 20-30 metr balandlikda ham quruvchilarning ishonchsiz 
havozalar ustida, o‘ta xavfli sharoitda mehnat qilayotganiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Biz 
yuqorida osmono‘par binolarning ahamiyati xususida fikr bildirdik, ammo shuni ham ta'kidlash 
kerakki, hech bir bino qurilishi inson hayotini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi. Aytingchi, siz 
o‘zingiz yoki yaqinlaringizni qurilish jarayonlarida 20-30 metr balandlikdagi xavfsizligi 
ta'minlanmagan havozalar ustida ishlashiga rozi bo‘larmidingiz? Respublikamizda barcha 
faoliyat turlari uchun mehnat xavfsizligi qoidalari belgilangan. Shu nuqtai nazardan baholaganda 
ham quruvchilarning hayot xavfsizligi qurilish tashkilotlarini jiddiy o‘ylantirishi kerak. 
So’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasida qurillish soxasida keng ko’lamli ishlar 
amalga oshib borilyabdi,Inson qadri tamoili asosida yosh oylalar va ehtiyojman qatlamlar
uchun yangi turarjoy binolari va yangi O’zbekiston massivlari barpo etilyabdi. Bundan 
ko’rinadiki ishchi kuchiga bo’lgan talab oshadi yurtimizda Qurilish soxasida faolyat olib 
borayotkan korxonalar soni 43minga yetkan bu 2017-yildagidan 2 barobar ko’p.Qurilish 
tashkilotlarda ish o’rinlarida xafsiz va sog’lom mehnat sharoiti yaratish dolzarbligicha qolishi 
inson xayotiga sog’ligiga xaf soluvchi omillar yetarlicha ekanligi va bu ish o’rinlarini 
Attistatsiyadan o’tkazish kasp lavozimidan kelib chiqib ishchilarni malaka oshirishi uchun talab 
ortadi. Ish oʼrinlarining mehnat sharoitlari boʼyicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish 
oʼrinlaridagi mehnat jarayoni ogʼirligi va tigʼizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan 
xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, 
zararli ishlab chiqarish omilini va yoki xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida 
oʼtkaziladigan tadbirlar majmuidir.Bu ishchilarga nima beradi, ish o‘rinlarini attestatsiyadan 
o‘tkazishdan maqsad - og‘ir ishlarda, noqulay, zararli va yoki xavfli ishlarda band bo‘lgan 
xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalarni belgilash, 
kasbiy xavfni baholash, xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari bilan 
ta’minlash, shuningdek, kasb kasalligi tashxisini aniqlashdan iborat. Shuningdek, nogironlar 
band bo‘lgan ish joylari, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi barcha ish o‘rinlari va kasblar 
attestatsiyadan o‘tkazilishi majburiy hisoblanadi.bundan ish beruvchi manfaadormi allbatta ish 
o’rinlari attestatsiyadan o’tkazilmagan taqdirda,ularda mehnat qilayotkanlar mehnat muhofazasi 
talablari buzilganligi oqibatida bajarayotkan ishlari o’zlarining sog’lig’iga va hayotiga xaft 
solayabdi degan taqdirda ,turli xil kompensatsiyalarni talab qilishi va ishni bajarishni rad etishga 
xaqli.buni natijasida korxonaning iqtisodiy samaradorligi va maxsulot ishlab chiqarishini 
kamayishiga va boshqa korxona iqtisodyotiga tasir qilishga omil yaratadi. Sababi attestatsiyadan 
o’tkazilmagan ish o’rinilarida mexnat sharoitlari xafsiz deyish mumkin emas. Mehnatni 
muhofaza qilish to’g’risidagi qonun (14-modda), shuningdek, ish o’rinlari attestatsiyadan 
o’tkazilgan tashkilotlarda qonun bilan nizolar ehtimoli pasayadi,kasb kasalliklari,jarohatlar soni 
kamayadi,kampensatsiya to’lovlariga sarf-xarajatlar maqbullashtirilib kelgusida ular ishlab 
chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
246 
Qurilishda havfsizlik texnikasi qurilish maydonchasida va uchastkalardagi ishlarni 
bajarishga kichik pudratchi tashkilotlarni (yakka tarzda mehnat faoliyati bilan shugʼullanuvchi 
fuqarolarni ham oʼz ichiga olishi shart) jalb qilgan holda ishlar bajarilayotganda, bosh pudratchi 
qoʼyidagilarni bajarishga majburdir: Qurilish maydonlariga nisbatan mehnatni muhofaza qilish 
standartlarini amalga oshirishga qo'yiladigan talablar. Ish paytida eng ko'p uchraydigan 
shikastlanishlar va baxtsiz hodisalar.
Jalb qilinuvchi kichik koʼrsatkichlar bilan birgalikda qurilishda ishtirok etuvchi barcha 
tashkilotlar va shaxslar uchun majburiy boʼlgan bosh pudratchi va kichik pudratchi tashkilotlar 
munosabatlari qoidalariga mos tarzda ishlarni havfsiz sharoitlarini taʼminlovchi tadbirlar 
(birgalikda bajariladigan ishlar grafigi) rejasi ishlab chiqishi lozim; 
Oʼzlari rejalashtirgan tadbirlarning bajarilishini hamda kichik pudratchilarning oʼzlariga 
biriktirilgan ish uchastkalarida qurilish havfsizligini bajarish qismini amalga oshirishi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə