Sharoitlari va yollanma ishchilar mehnat muhofazasi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#98811
1   2   3   4   5
qurilish-va-ishlab-chiqarish-soxasida-xavfsiz-va-sog-lom-mehnat-sharoitlari-va-yollanma-ishchilar-mehnat-muhofazasi

TADQIQOT NATIJALARI 
Ko’p qurilish tashkilotlari yer uchaskalarini olib kichik pudrachi tashkilotlar hatoki 
serifikati yoq davlat royixatidan o’tmagan pudrachilarga topshirilishi,kichik pudrachi 
tashkilotlarda ishchilar soni 50tadan ko’p bo’lgandaham mehnatni muxofaza qilish bo’yicha 
shtat yo’qligi u ishilarning mexnat xafsizligi sharoitlari ta’minlash bo’yicha tadbirlarni 
bajarishda bilimsizligi ko’plab mutxish voqiyalarga sabab bo’lmoqda bu esa kimdir nogiron 
bo’lishiga bir oylaning boquvchisidan ajralishiga jaroxatlanishiga hatokiy o’limxolatlarini 
yuzaga keltirib chiqarmoqda. Unga ko'ra, joriy yilning 6 oyi davomida 14 mingta korxonalarda 
nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda 41 ming 150 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan, 
ularni bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilarga 5 ming 688 ta yozma ko‘rsatma va 1 ming 866 ta 
taqdimnoma kiritildi, 5 ming 935 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 12 mlrd. so‘mdan ortiq 
miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. 
3 ming 146 ta holatda ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lab bermaslik, 3 ming 123 ta 
holatda ta’tillar berish tartibiga rioya etmaslik, 1 ming 627 ta holatda aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, 1 ming 116 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini 
buzish, 782 ta holatda mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan 
foydalanish, 756 ta noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari aniqlangan. 
Shuningdek 13 ming 868 ta xolatda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi 
qoidalariga amal qilmaslik aniklangan. Jumladan, 1 ming 835 ta holatda xodimlar mehnatni 
muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yo‘l yo‘riqlaridan o‘tkazilmasdan ishlashiga ruxsat 
berilgan, 1 ming 605 ta holatda korxonada mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarni 
o‘qitish va bilimlarini tekshirish tashkil etilmagan, 878 ta holatda mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha chora-tadbirlar va rejalar ishlab chiqilmagan, 796 ta holatda xodimlar maxsus kiyimlar 
bilan ta’minlanmagan, 719 ta korxonalarda xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan, 639 ta 
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilmagan, mehnat sharoitlari 
attestasiyadan o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan 501 ta korxonalar ushbu attestasiyani o‘tkazmagan. 
Ishlab chiqarishda yuz bergan 357 baxtsiz hodisalar belgilangan tartibda maxsus 
tekshirildi, shulardan 76 tasi o‘lim bilan tugagan, 257 tasi ta oqibati og‘ir va 24 tasi guruxiy 
baxtsiz hodisalarni tashkil etdi. 
Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 105 nafar xodim halok bo‘lgan, 277 nafar xodim 
og‘ir tan jarohati va 9 nafari yengil tan jarohati olgan. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
247 
977 ta holatda qurilishda, 1 ming 127 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, 716 
ta neft-gaz korxonalarida, 552 ta transport sohasida, 444 ta sanoat korxonalarida va 356 ta savdo 
va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mansabdor shaxslari tomonidan konun buzilish sodir 
etilgan.Birgina qurillish soxasida 977 ta va jaroxatlanish shikaslanish ko’rsatkichiyam katta 
bo’ladi shu qatorda ishlab chiqarish soxasidagi o’lim ko’rsatgichi yuqori.
Pudrat shartnomalarini tuzishda qurilish maydonlari va ish uchastkalari hududlarida 
mehnat havfsizligi sharoitlarini taʼminlash boʼyicha tadbirlarni bajarishga tomonlarning oʼzaro 
masʼulligi hamda tashkilot shtatiga yangidan qabul qilingan hamda ishga olish haqidagi 
buyruqda ishlarni bajarishda havfsiz usullarga oʼrganmagan ishchilar ishga olinganidan koʼpi 
bilan bir oy ichida kamida 10 soatli dastur boʼyicha, mehnat havfsizligi boʼyicha 1.23-6.ga kura 
qoʼshimcha talablar qoʼyiladigan ishlarni bajarishga qoʼyiluvchi ishchilar esa, ishlashni 
boshlaguncha kamida 20 soatlik dastur boʼyicha oʼqitishlari lozim. Mehnatni muhofaza qilish 
to’g’risidagi qonun (25-modda ) 
Mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati bu siyosatningham o’z yo’nalishlari bo’lib 
har bir yo’nalish Inson qadri xodimning xayoti va sog’lig’i ustuvorligini taminlashdan 
iboratdir.Xozirgi dajal rivojlanayotkan davlatimizda ish bаjаrishdа enеrgiya sаrfini kаmаytirish, 
ish unumini оshirish, ish shаrоitini yaхshilаshni tаminlоvchi mаsаlаlаrni hal etishda o’zining 
pazitsiyasini tutadi. Insоnning o'rni qismаn o'zgаrib bоrishi yoki tizimning tаkоmillаshib 
bоrishigа qаrаmаy insоn fаktоri muаmmоlаri dоimо o'z еchimini kutib qоlаdi.Mehnatni 
muhofaza qilish soxasida davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish,davlat va xo’jalik 
boshqaruv organlarining,mahalliy davlat xokimyati organlarining mehnatni muhofaza qilish 
sohasidagi faolyatini muofiqlashtiradi,barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish 
talablarni belgilashda,mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini va tekshuruvini amalga oshiradi ishlab chiqarishdagi baxsiz xodisalardan jabirlangan
yoki kasp kasalliligiga chalingan xodimlarni ishtimoiy ximoya qilish ustidan nazorat qiladi xo’sh 
bu ishlar amalda bajarilyabdimi degan savol tug’ulishi mumkin hozirgi paytda kelib majburiy 
mehnatga yo’lqo’ymaslik ustidan ancha dolzarb ishlar olib borildi buni birgina misolda 
ko’rsagam bo’ladi
 
O‘zbekistonda paxta yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni mamlakatning o‘zida tashkil qilish imkoni bor. Bu esa 
xalqaro hamjamiyatni o‘ziga jalb qila oladi va ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi. 
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘xtatilganini 
ma’lum qildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda “Cotton Sampaign” koalitsiyasi direktori 
Partitsiya Jurevich va O‘zbekiston rasmiylari boykotning bekor qilinishi O‘zbekiston uchun qay 
darajada ahamiyatli ekani haqida ma’lumot berdi bu O’zbekiston paxtasini ozida qayta ishlab 
tayyor mahsulot holatiga keltirib eksport qilinishi yangi xoriji kampanyalarn jalb qilinishi yangi 
ish o’rinlari demak dir.Albata bu katta yutuq bunga erishish uchun qancha kuch sarf qilingani va 
voyaga yetmagan yoshlarni mehnatini muhofaza qilish orqali majburiy mehnatga chek qo’yish 
orqali erishildi ko’p yillik majburiy hamda yoshlarni voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilish 
ustidan nazoratni kuchaytirish sog’lom xafsiz mehnat sharoitlarini yaratish ustida ilmiy amaliy 
ishlar hamda harbir tuman viloyatlar hokimyatlar respublika miqyosida mehnatni muhofaza 
qilish to’grisida seminarlar tashkil etildi. Mehnatni muhofaza qilish rejasini tuzishda oldingi 
davrlardagi statistik ma'lumotlarga tayangan holda, shuningdek, tashkilotdagi mehnat 
sharoitlarini, chora-tadbirlarni amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini o'rganishni 
hisobga olgan holda ishdagi holatlar tahlili o'tkazish orqali kelgusi yildagi rejalar tuzish 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
248 
lozim.Davlat tashkilotlari hamda xususiy nodavlat tashkilotlari raxbarlariga mehnatni muhofaza 
qilishda davlatning prinsplari qonun qoydalari majburiy mehnat hamda nosog’lom og’ir mehnat 
sharoitlarida ishlayotkan ishchilarni huquqini ximoya qilishini harbir tashkilot rahbarlariga 
tushuntirish ishlarini olib borish ularga munosib ish o’rinlarini yaratish yuzasidan suhbatlar olib 
borilishi lozim,Majburiy mehnat davlatimiz bu bosqichdan o’tishi bilan bizga mehnat faolyatini 
boshlagan har bir fuqoroga munosib mehnat sharoitlarini yaratish ish beruvchilarga buni 
tushuntirishni to’g’ri relisini qo’yish vazifasi qolmoqda va bu har bir korxona raxbarlari davlat 
tashkilotlari raxbarlari bilan seminarlar tashkil qilinib ularga tushuntirish ishlari xozirda olib 
borilmoqda. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə