Scientific progress



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#86416
1   2   3   4   5   6
13205 1 887450C09848DCBFF7D5A5179D37CFCF4A0AEB3D

ǀ

 ISSUE 7 



ǀ

 2021 


ISSN: 2181-1601

 

 



Uzbekistan  

                            



www.scientificprogress.uz

 

 



Page 1128

 

 



Tengquringga qo’shdim senday  bolamni. 

Barchin  yangalari  kuzatuvida  oltmish  norga  sepini  ortib  Hakimbek  yurtiga 

uzatiladi. U o’zbekona an’analarga muvofiq, yo’l bo’yi yig`lab ketadi. 

Folklorshunos  D.O’raevaning  qayd  etishicha:  “Bizning  odatimizga  ko’ra,  nikoh 

to’yida  uzatilayotgan  qizning  yig`lamasligi  el  ichida  uyat  sanaladi.  Hatto  u  sevgan 

kishisiga  o’z  xohishi  bilan  tegayotgan,  to’y  yaqin  qarindoshlarining  roziligi  bilan 

bo’layotgan bo’lsa-da, baribir, yig`lashi shart hisoblanadi. Sababi, turkiy xalqlar orasida 

«yig`i jon ato etadi» degan ibtidoiy tushuncha mavjud bo’lgan. Shu vajdan hozirgacha 

qizlik  ruhiyati  o’layotgan  bir  lahzada  qizlarning  yig`i  qilishi  ularning  ayollik  ruhiyati 

bilan  qayta  tirilishi  uchun  zarur  hisoblanadi  va  bu  hol  ma’lum  bir  hayot  bosqichida 

o’ziga xos marosim-ritual tarzida shakllangan”. 

Qolaversa,  kareliyaliklarda  nikoh  to’yi  arafasida,  aniqrog`i,  bir  hafta  oldin 

uzatilayotgan  qizni  yig`latuvchi  maxsus  yig`ichi  ayol-“itkettaja”  yollangan.  U  kelinni 

yig`lashga  majbur  qilgan.  Bu  vazifani  shimoliy  Kareliyada  kelinning  eng  yaqin  ayol 

qarindoshi  bajargan.  Shuningdek,  begona  yig`latuvchi  chaqirilishi  ham  mumkin 

bo’lgan. 

Boysun eliga yaqinlashib qolganda Alpomish kelayotganlarning izzat-ikrom bilan 

kutib olinishini ta’minlash maqsadida otasiga bir xabarchi, ya’ni chopag`onchi jo’natdi. 

Chopag`opchi  otiga  qamchi  urib,  kim  yo’liqsa,  unga  xabar  beradi.  Boybo’rining 

manziliga  borib,  Alpomish  xabarini  etkazadi.  Boybo’ri  chopag`onchiga  keltirgan 

xushxabari  uchun  yaxshi  sarpolar  in’om  etib,  suyunchi  beradi.  Darhol  yurtga  xabar 

beriladi.  Yo’lda  baqan  solaylik  va  evaziga  to’ppi,  ro’mol  olaylik,  deb  ko’pgina  qizlar 

kelinning yo’lini to’sadi. Kelinni o’rtaga olib, o’tqizmaydi, yo’lda baqan soladi. Suqsur 

kaniz ularga to’ppi, ro’mol berib, kelinni olib o’tadi. 

Kelin  yo’liga  baqan  solish,  arqon  tortish  kabilar  ham  azaliy  odatlarimizdan 

biridir. Bu kelinni uzatib kelayotganda kelin sepidan ulush (sovg`a-salom) olish uchun 

yo’lini to’sish odatidir. Aslida bu odat orqali tushirib kelinayotgan kelinchakning qizlik 

olami  (bir  olam)  chegarasidan  ayollik  olami  (o’zga  olam)  chegarasiga  o’tayotgani 

bildiriladi.  

Barcha yig`ilib, kelinni ko’rishga shoshiladi. Bir nechalar tomga chiqib qaraydi. 

Elu  xalqqa  bu  ovoza  bo’ladi.  Hamma  qarindoshlar  yig`ilib  kela  boshlaydi.  Shunday 

qilib, xursandchilik, diydorlashuv, o’yin-kulgi boshlanib ketadi. 

Xullas,  “Alpomish”  dostoni  nikoh  to’yi  jarayoni  bilan  bog`liq  bunday  maishiy 

hayot  detallariga  juda  boy.  Ularni  keng  qamrab  olganligi  jihatidan  doston  o’ziga  xos 

qomusiy ahamiyat kasb etadi. Doston maishiy hayot detallariga juda boy. U real hayot 

epizodlarini  keng  qamrab  olganligi  bilan  ajralib  turadi.  Unda  xalqimizning  maishiy 

hayotida muhim o’rin egallagan oilaviy-maishiy marosimlar badiiy ifoda etilgan. 


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə