Scientific progress



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix10.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#86416
1   2   3   4   5   6
13205 1 887450C09848DCBFF7D5A5179D37CFCF4A0AEB3D

ǀ

 ISSUE 7 



ǀ

 2021 


ISSN: 2181-1601

 

 



Uzbekistan  

                            



www.scientificprogress.uz

 

 



Page 1126

 

 



Bu  jarayonda qatnashayotgan  yangalarning  bir  nikohli,  uvali-juvali  ekanligiga  alohida 

e’tibor  qaratiladi.  Odatda,  befarzand  yoki  nikohi  buzilgan,  beva  ayollarga  chimildiq 

tortish  uchun  ruxsat  etilmaydi.  Ularning  boshiga  tushgan  ko’rgulik  bu  yosh  oilaning 

boshiga tushishidan irim qilinadi.  

Umuman  aytganda,  xalqimiz  orasida  chimildiq  bilan  bog`liq  qator  urf-odatlar, 

e’tiqodiy qarashlar va irimlar shakllangan.  Chimildiqqa, odatda, birinchi bo’lib kuyov, 

keyin kelin kiritilgan. Ammo bunda kuyovnavkarlar kuyovni chimildiqqa kirgizmoqchi 

bo’lib turganlarida, bir necha xotinlar “kampir o’ldi” rasmini qilishgan. “Kampir o’ldi” 

marosimi  nikoh  to’yining  bir  qismi  hisoblanadi.  Bu  marosim  ba’zi  joylarda  kelinning 

uyida, ayrim hududlarda kelin kuyovnikiga olib kelingandan keyin amalga oshirilgan. 

“Alpomish”  dostonida  u  kelin,  ya’ni  Barchinning  uyida  amalga  oshiriladi.  Bu 

udumga ko’ra, bir kampir o’zini o’lganga solib, kuyovning yo’liga yotib oladi. Kuyov 

unga biror narsa hadya qilgach, kampir “tirilib”, uzoq vaqt uxlaganini va uyqusida tush 

ko’rganini,  tushida  quyosh  va  oyni,  yulduzlarni  ko’rganini  aytadi.  Bu  tush  ramziy 

ma’noda kelin-kuyovni va ularning bo’lajak farzandlarini anglatadi. 

“Alpomish”  dostonida  “Kampir  o’ldi”  marosimi  quyidagicha  tasvirlangan: 

“Baxmal o’tovda chimildiq tutib, kuyov  no’karlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo’lib, 

bir  necha  xotinlar  «kampir  o’ldi»  bo’lib,  o’lganiga  bir  nima  olib,  «it  irillar»  degan 

rasmini  qilib,  bunga  ham  bir  nima  berib,  har  zamon  salom  solib,  uydan  ichkari  kirib, 

chimildiqda  o’tirib,  oldiga  dasturxon  solib,  qo’ylarning  to’shini  pishirib  olib  kelib, 

bularning  oldiga  qo’yib,  xo’p  eb  to’yib,  kuyov  no’karlarga  to’ppi,  ro’mol,  sarpoylar 

berib,  hammasi  o’z  rasmi-qa’dasini  qilib,  kuyov  no’karlar  chiqib,  mazgiliga  –  joy-

joyiga qarab ketdi. Barchinni bekning qoshiga olib kelmoqchi bo’lib, ko’p qizlar o’rtaga 

olib,  baxmal  qoplagan  oq  kigizga  solib,  «qadimgi  rasmimizni  qilamiz»,  –  deb  qizlar 

ko’tarib, ko’targani quvvati kelmay halak bo’lib, uytib-buytib olib kelib, Hakimbekning 

qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini  qilib, “choch siypatar”, “qo’l ushlatar”ini qilib, bir 

necha yangalar sho’xlik qilib turib: «nima qilsangiz, ixtiyor o’zingizda»,  deb sho’xlik 

bilan bir nechasi javob berib, har qaysisi o’z mazgiliga ketdi. Bu o’tov ikkoviga tanho 

tegib qoldi. 

Ko’rinadiki,  “kampir  o’ldi”  udumidan  so’ng  “it  irillar”  degan  rasm  amalga 

oshirilgan. Bunga ko’ra, bir necha ayollar itga o’xshab irillab, kuyovning chimildiqqa 

kirishiga  ruxsat  qilishmagan.  It  holatiga  kirib  kuyovning  oldini  to’sishgan.  Kuyov 

ularga  nimadir  hadya  bergach,  xotinlar  uning  chimildiqqa  kirishiga  qarshilik 

ko’rsatishmagan. Bunda it himoyachi ruh ramzini ifoda etgan. 

It  obrazi  qadimgi  turkiylar  mifologiyasida  muhim  o’rin  tutadi.  Hatto  u  totem 

sifatida  qaraladi.  Qadimgi  kishilarning  e’tiqodiga  ko’ra,  it  narigi  dunyo  –  o’liklar 

mulkiga kirish eshiginig qo’riqchisi emish. «Avesto» miflarida esa muqaddas it o’lgan 

kishilarning  ruhi  narigi  dunyoga  o’tadigan  «Chinvat  ko’prigi»ning  posboni  sifatida 

talqin  etilgan.  J.Yusupovning  ko’rsatishicha,  o’tmishda  biror  kishi  jon  berayotgan 



SCIENTIFIC PROGRESS

 

VOLUME 2 




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə