Scientific progress



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#86416
1   2   3   4   5   6
13205 1 887450C09848DCBFF7D5A5179D37CFCF4A0AEB3D

ǀ

 ISSUE 7 



ǀ

 2021 


ISSN: 2181-1601

 

 



Uzbekistan  

                            



www.scientificprogress.uz

 

 



Page 1127

 

 



bo’lsa,  uning  to’shagi  yoniga  itni  olib  kelganlar.  Bu  odat  «sagdid»,  «it  nazari»  deb 

yuritilgan.  Shuning  uchun  qadimda  o’lganlarning  jasadi  maxsus  boqilgan  itlarga  em 

qilingan.  Yoki  Strabon  sug`diylar  va  baqtriyaliklarning  udumlari  haqida  yozar  ekan, 

ularning  qarigan  kishini  o’lmasa  ham  tirik  holda  itlarga  berganlari  haqida  ma’lumot 

beradi. Qadimgi odamlar go’yo shu yo’l bilan marhumlar ruhini narigi dunyoga o’tkazib 

yuborganlar.  Bunga  qadimgi  insonlarning  totemistik  ishonch-e’tiqodlari,  ya’ni  o’lgan 

kishi  ruhining  totem  hayvonga  ko’chib,  qayta  tirilishi  haqidagi  tushunchalari  asos 

bo’lgan. Qadimgi qabrlardan it bosh suyagi topilgan. Ossuariylarga it tasviri  solingan. 

Skiflar  tirik  itni  o’lgan  egasiga  qo’shib  dafn  etganlar.  It  bu  dunyoda  ham,  u  dunyoda 

ham o’z egasining tinchini ta’minlaydigan qo’riqchi sifatida talqin etilgan. 

Demak, “it irillatar” odati orqali qiz-yigitning ruhi kelinlik va kuyovlik olamiga 

ko’chirilishi ko’zda tutiladi. 

“Alpomish”  dostonida  Barchinoyga  uylangan  Hakimbekning  chimildiqqa 

kirishdan  oldin  bir  qator  udumlarga  duch  kelgani  bejiz  tasvirlanmagan.  Chunki  bu 

udumlar xalqimiz turmush tarziga xos bo’lib, hanuzgacha saqlanib kelayotir. Ularning 

doston syujetida aks ettirilishi orqali esa asar voqealarining hayotiyligi va ishonarliligi 

ta’minlangan.  Masalan,  dostonda  kuyov  Hakimbek  har  zamon  salom  solib,  uydan 

ichkariga,  chimildiqqa  kirib  o’tirgach,  kelin  yangalar  uning  izzatini  qilib,  oldiga 

dasturxon  solishi  va  dasturxonga  turli  noz-ne’matlar,  ayniqsa,  qo’ylarning  to’shini 

pishirib  olib  kelib  qo’yishi  tasvirlangan.  Bu  udum  xalq  orasida  “to’qqiz  tovoq”  deb 

yuritiladi. Kuyov o’z navkarlari bilan bu noz-ne’matlardan, taomlardan xo’p eb, to’yib 

olishadi.  Buning  ustiga  ularga  turli  sarpolar  ham  beriladi.  Shundan  so’ng 

kuyovnavkarlar chiqib, tarqalishadi. Ular ketgach, kelinning yangalari va dugonalari uni 

kuyovning  qoshiga  olib  kelmoqchi  bo’lib,  “ko’plashib  kelinni  o’rtaga  olib,  baxmal 

qoplangan  oq  kigizga  solib,  “qadimgi  rasmimizni  qilamiz”,  deb  ko’tarib”,  qizni 

chimildiqqa olib kiradilar. Bundan keyin xotinlar rasmini qilib: “choch siypatar”, “qo’l 

ushlatari”  udumlarini  amalga  oshirishadi.  Ayniqsa,  bunda  bir  necha  yangalarning 

sho’xlik  qilib,  kuyovga  luqmalar  tashlashi  unga  ruhan  ko’tarinkilik  bag`ishlagan.  Shu 

kecha kelin va kuyov tonggacha o’zlariga atalgan baxmal o’tovda yolg`iz qoldirilgan.  

Dostonda  Barchinoyning  kelin  qilib  Qalmoqdan  Boysunga  uzatilishi  voqeasi 

tasvirlanar ekan, bunda yana bir o’zbekona urflarimizdan biri – “Erga ko’rsatdi” rasmi 

nomi  tilga  olingan.  Unga  ko’ra,  kelinning  otasi  bir  qo’yni  so’yib,  kuyovni  chaqirib, 

ziyofat  bergan,  unga  va  yaqinlariga  sarpolar  ulashgan.  So’ngra  yo’lga  otlangan  kelin-

kuyovlarga  ota  “oq  fotiha”  bergan.  Dostonda  Boysarining  Barchinni  uzatayotgandagi 

so’zi, ota sifatidagi olqishi shunday berilgan: 

Jonim bolam, Barchin, ko’ngling bo’lmagin, 

Otam qoldi, deb sen xafa bo’lmagin, 

Ko’p yashagin, ko’p yilgacha o’lmagin, 

Yaxshilik ko’r, yomonlikni ko’rmagin.... 



SCIENTIFIC PROGRESS

 

VOLUME 2 




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə