PICTURES OF PERFORMANCE AFTER MARRIAGE (ON THE EXAMPLE
OF THE EPIC "ALPOMISH")
ABSTRACT
It is noted that the article retains traces of ideas related to the ceremony, which
are part of the spiritual treasury of the people, or artistically depicts the conduct of a
particular ceremony. This refers to the relationship between the epic (epic) and the
ceremony, related aspects.
Keywords:
epos, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure,
morphology of a fairy tale, tradition.
O’zbek nikoh to’yi marosimida nikohdan so’nggi bosqich, asosan, turli-tuman
urf-odat va irim-sirimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda kelin va kuyov
sha’niga qaratilgan alqovchi aytimlar, oyna ko’rsatar, soch siypatar, it irillar, kampir
o’ldi va hokazo singari qator urf-odatlar amalga oshirilganki, ulardan aksariyati
“Alpomish” dostonida ham badiiy tasvirlangan.
Nikohdan so’ng kelin-kuyovga atalgan o’tovda ular uchun chimildiq tutilgan.
Chimildiq kelin-kuyov uchun yangicha hayot, oilaviy turmushga kirib borish eshigi
hisoblanadi.
O’zbek tilining izohli lug`atida chimildiq: “Nikoh to’yining birinchi
kechasi kuyov bilan kelinning boshqalardan xoli o’tirishi va tunashi uchun uy
burchagiga tortilgan oq chodir”
deb izohlangan bo’lsa, taniqli o’zbek folklorshunosi
A.Musaqulov “Chimildiq – kelin-kuyovni magik himoya qilish, ularning baxtli,
serfarzand bo’lishi uchun yasalgan ritual buyum”, – deya ta’kidlaydi. Darhaqiqat, kelin-
kuyovga chimildiq tortish jarayoni o’ziga xos irim-sirimlar bilan ritual tarzda kechadi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Dostları ilə paylaş: |