Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix07.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dars-uning-turlari-va-tuzilishi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 848
turlari tuzilishidagi har qanday qism didsktik usul dars tuzilishi
bo’lavermaydi. U o’qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini
tashkil qila oladi. Ya’ni dars tuzilishining o’zgarishi bilanoq dars olib
boorish usuli ham o’zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi
bosqichi boshlanadi. Dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o’tishi va shu
orqali darsning shakli hamda usullarining o’zgarishi dars bosqichi deb
yuritiladi. Masalan, Aralash dars turning tuzilishi quydagicha:
1.Uy vazifalarini so’rash, tekshirib ko’rish.
2.Yangi materiallarni bayon qilish.
3.Yangi materiallarni mustahkamlash.
4. Uy vazifalarni topshirishni o’z ichiga oladi. 
Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan
miqdordagi doimiy o’quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda
uyishtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan didaktik tadbir
hisoblanadi. Dars - insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida
orttirilgan hayotiy tajribalarni o’quvchilarga juda ham qisqa vaqtda
o’rgatishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ta’limning dars
shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qo’llanilib kelingan [26].
Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining
o’rni juda ham beqiyos bo’lgan
7
. Chunki, o’quvchilarning tayyorligini
aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda
qancha vaqt o’qiganligiga emas, balki o’tilgan darslarni qanchalik
o’zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta’limning dars
shakli bo’lganligi bilan mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi tarzida tashkil
etish tajribasi bo’lmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning
o’rinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari ta’limiy chegaralar
har bir o’qituvchining o’zi tomonidan belgilangan. Qadimda ta’lim
muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari mavjud
bo’lgan. Dars ta’limining jamoa bo’lib amalga oshirilish tarzini
ko’rishimiz mumkin [27]. Shu bilan birgalikda, dars maktab yoshidagi
bolalarni umumiy o’qitishni osonlashtiradi. Ularni jamoa sifatida
tarbiyalashga hissa qo’shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala
madaniyatining shakllanishiga ko’maklashadi. Darsda o’quv
mashg’ulotlarining individual, guruh bo’lib va umumiy sinf shakllari
birlashadi. Har qanday jamiyatda dars davlat tomonidan ta’lim oldiga
qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari
ta’lim jarayoning qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs
borasidagi tushunchalarni uyg’unlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.
7
Munavvarov A. K. “ Pedagogika“ T- 1996. 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə