Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix07.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dars-uning-turlari-va-tuzilishi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 849
Shuningdek, o’quvchilarni dars davomida komil inson qilib tarbiyalash
eng asosiy vazifalaridan biridir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur
talablariga ko’ra zamonaviy dars o’quv muassasasining mulkiy
mansubligidan qa’ti nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:
ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi, o’quvchilarni komil
shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi hamda izchilligi,
tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi,
insonparvarlik ruhida ekanligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda
o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va boshqalarni
misol keltirishimiz mumkun. Zamonaviy ta’lim tajribasida bir dars uchun
albatta belgilangan standart vaqt mavjud. Bu belgilangan vaqt esa, ta’lim
muassasalarining tabiati, ta’limning bosqichlari va o’quvchining
imkoniyatidan kelib chiqib 45, 40, 35, 30 minutni tashkil etadi. Ta’lim
tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari o’ta muhim sanaladi.
Zamonaviy ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarga uy vazifasi
berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar o’quv
muassasalarining nizomlarida aks ettirilgan
8
. Uzoq vaqt davomida har bir
dars yangi mavzuning bayoni, uni o’quvchi xotirasida mustahkamlash,
bilimlarni amaliyotda qo’llash kabi qismlardan iborat bo’lishi shart deb
hisoblab kelingan. O’quv jarayonlarida darsni tashkil etishning oldindan
belgilab qo’yilmagan va barcha uchun majburiy bo’lmagan turli xil
yo’llarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi [28]. Dars davomida olingan
bilimlarni amaliyotda qo’llash doim mavzuni mustahkamlashning asosi
bo’lib kelgan. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bag’ishlash,
ayrimlarini esa labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham
mumkin. Eng muhimi, o’tilayotgan mavzu o’quvchilar tomonidan
o’zlashtirilib, ularda ko’nikma paydo bo’lishi va bu ko’nikmalarni
amaliyotda qo’llab, malakaga aylantira olishi kerak bo’ladi. Darsning
tarkibi, darsni tasniflash ya’ni tipologiya bilan bog’liqdir. Pedagogik
adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, o’tish yo’llariga, ta’lim
jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko’ra tasnif qilinadi [29].
Dars odatda, kirish, yangidan - yangi bilimlarni berish, o’tilgan mavzularni
mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni
amaliyotda qo’llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo’linadi.
Ta’lim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari
umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars turi ham ko’p
uchraydi [30]. Darslarni turli sinflarda turli xil mashg’ulotlar, seminar, o’quv
8
Ishmuhamedov R. “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari“ T -
TDPU - 2003.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə