|
Science and Innovation International scientific journalbuyuk-ipak-yo-li-barcha-xalqlar-birligi 2022
№ 2
110
bog’langan yo`ldir. Xitoyda ipakchilikning dastlab kеng tarqalgan joyi Xuanxe daryosinint quyi
havzasida joylashgan Shandun viloyatidir. Xitoyning Sian shahrida boshlangan Ipak yo`li Lanjou
orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ipak yo`lining janubiy tarmog`i Taklamakon sahrosi (Mo`g`iliston) orqali Xo`tanga,
undan Yerkentga kelib, undan Balxga tomon o`tadi. Balxda yo`l yana uch tarmoqqa ajraladi.
G`arbiy tarmog`i Marvga, janubiy tarmog`i Hindistonga, shimoli tarmog`i Termiz orqali
Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo`naladi. Ipak yo`lining shimoliy-g`arbiy tarmog`i esa
Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi-Qashg`arga boradi. U yerdan Toshqo`rgon orqali
O`zgan, O`sh, Quva, Axsikent, Pop, Asht orqali Xo`jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra
Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo`l yana davom etib Dabusiya, Malik
cho`li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga o`tadi.
Shimolda esa bu yo`l Marvdan Urganch sari yo`nalgan yo`lga qo`shiladi. Marv shahri O`rta
asrlar davomida Buyuk ipak yo`li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo`lgan. Eng
muhimi shundaki, Buyuk ipak yo`lining G`arbdan keladigan savdo karvonlari aytaylik, Italiya,
Ispaniya va boshqa O`rta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o`z mollarini Tir,
Damashq, Anatoliya, Bog`dod orqali Parfiya davlati hududlari bo`ylab yana O`rta Osiyoning
yirik savdo markazi Marvga olib kelar, shu yerdan sharq tomon yo`llarini davom ettirardilar.
Shu ma`noda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo`lganligi
alohida ahamiyatga molikdir. Miloddan avvalgi II asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida
Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli
Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va
Oʻrta
Osiyodan
topilgan
yunon
buyumlari
misol
boʻlishi
mumkin. Iskandar
Zulqarnayn (Maqduniy) (qarang Buyuk Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri
yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol
oʻynaganlar. Iskandar Zulqarnayn tomonidan Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan koʻplab
sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining markaziy qismini - Oʻrta
Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari
(manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik
oxirida oʻz hududini sharqga kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini
qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi
Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol
shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik
makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu
maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqlangan. Ptolemey esa oʻz
navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107-114 yillar oraligʻida yozilgan va
bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Buyuk ipak yoʻli 2 katta
qismga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan
Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubi va
Afgʻonistonning shimoli-gʻarbida joylashgan qadimiy viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl
shimolga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri
harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afgʻonistondagi Balx shahri)ga
borgan. Bu yerdan yoʻl shimol tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Dostları ilə paylaş: |
|
|