Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 20,56 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü20,56 Kb.
#135176
  1   2   3
statistika 3-topshiriq


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
YO`NLASHI 2- KURS 121-GURUH TALABASI
NORMAMATOVA MUSLIMANING STATISTIKA FANIDAN
3- TOPSHIRIG`I

1.Tovar va pullik xizmatlarning doiraviy aylanishi modelini tushuntiring.


Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan (ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi (1.2-rasm). Uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar-tovarlar va xizmatlar” oqimiga qaramaqarshi yo‘nalishda “daromadlar-xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha, korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar. Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi yalpi taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi yalpi talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarish hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi. Bunday iqtisodiyotda resurslar-tovarlar va xizmatlar, daromadlarxarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi.
2.Yalpi ichki maxsulot (Tovar bozor baxolaridan qanday xisoblanadi?

Yüklə 20,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə