Sanoat texnologiyalari


Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/13
tarix15.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#127830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
314-19 Mo\'minova Mushtariy kurs ishi 2

6. Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar________________________________


7. Kurs ishini bajarish rejasi



1

2

3

4

5

Himoya

























































Rahbar: S.A.Karimov

MUNDARIJA




KIRISH……………………………………………………………4




I

TEXNOLOGIK QISM.




1.1

Mahsulot turini tanlash va asoslash..................................................6




1.2

Tanlangan mahsulotlar uchun to’qima turini tanlash va asoslash.............................................................................................7




1.3

Tanlangan mahsulotlar uchun mashina turini tanlash va asoslash.............................................................................................9




1.4

Hom ashyo turini tanlash va asoslash……………………………...11




1.5

Tanlangan mahsulotlar uchun ishlab chiqarishda texnologik zanjir ketma-ketligi……………………………………………………….13




1.6

To`qimaning teхnologik ko’rsatkichlar hisobi……………………..17




1.7

Andozalar yuzasining hisobi……………………………………….22




1.8

To`shama tuzish……………………………………………………25




1.9

Bir yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmining hisobi……………..27




1.10

Asosiy omborxonalar va yordamchi xonalar yuzalarini hisobi……28







XULOSA…………………………………………………………..34







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………..35






KIRISH
Jahon trikotaj ishlab chiqarishida yuqori samarali va energiya tejamkor texnik vosita va texnologiyalarni ishlab chiqishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada, jumladan trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentini ishlab chiqish, ularning texnologik parametrlarini, fizik-mexanik xususiyatlarini tadqiq etish va ularning o‘zgarish qonuniyatlarini nazariy asoslash, matematik modellarini ishlab chiqish va bashorat qilish metodikasini yaratish, yangi xom ashyo turlaridan trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologik rejimlarini ishlab chiqish, yangi trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish maqsadida mavjud texnika va texnologiyalarni takomillashtirishga, mashinalarning texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni yangi usullarini yaratish hisobiga trikotaj mashinalarini texnologik imkoniyatlarini kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, mahalliy va yangi turdagi xom ashyolardan samarali foydalanish, korxonalarni modernizatsiyalash jarayonini davom ettirish ustuvor vazifalar hisoblanadi. Mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanib, yuqori qiymatga ega bo’lgan to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bugungi kunda ahamiyatli hisoblanadi.
Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi prezident qarorlari qabul qilinmoqda.
Misol uchun xomashyoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mos to’qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo’ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020–2025 yillarga mo’ljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Shuningdek, qarorga ko’ra, 2021 yil 1 yanvardan:

  • bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida;

  • eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari miqdorida yig’im undiriladi.

2020 yil 1 yanvardan:

  • yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo’lmagan eksport ulushiga ega bo’lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha mol-mulk solig’ini to’lashdan ozod etiladi;

  • to’qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, va mo’ynachilik korxonalarining foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

  • chorva mollarini so’yish bo’yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha yer solig’i to’lashdan ozod etiladi; 

“O’zto’qimachiliksanoat” va “O’zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari O’zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo’yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to’laydi.
Paxta-to’qimachilik klasterlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi, 2023-yil 10-yanvar,
PF-2-sonli farmonini ham misol qilishimiz mumkin.
Ushu qarorga asoslanib, respublikada raqobatbardosh, bozor talablariga javob bera oladigan, sifat darajasi yuqori hamda, narx jihatidan arzonroq bo’lgan bolalar ustki trikotaj mahsulotini ishlab chiqarishga qaratilgan korxonani loyihalashni rejalashtirdik.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə