Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo



Yüklə 110,84 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü110,84 Kb.
#165789
  1   2   3   4
Turizmda loyihalar



OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



Tasdiqlayman”
Oquv ishlari boyicha prorektor
___________ R.G‘.Jumayev
«____» __________2023 y


IQTISODIYOT VA TURIZM fakulteti

TURIZM VA MEHMONXONA XOJALIGI”


KAFEDRASI

TURIZMDA LOYIHALARNI ISHLAB CHIQISH VA BOSHQARISH”


fanidan kurs ishlarini bajarish boyicha


U S L U B I Y K OR S A T M A
Tuzuvchi: o‘qituvchi D.I. Haydarova





Buxoro–2023 yil
Annotasiya: Uslubiy korsatmada umumiy qoidalar, kurs ishining mavzusini tanlash va uni bajarish muddatlari, kurs ishining tuzilmasi va mazmuni, kurs ishini rasmiylashtirish va baholash tartibi, mavzular, tavsiya etiladigan adabiyotlar royxati va ilovalar korsatilgan.


Taqrizchilar:

  1. Ibragimov N.S - BuxDU, “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi” kafedra mudiri, professor.

  2. O.X.Azimov - “Miracle Travel“ turistik korxonasi rahbari


Umumiy qoidalar
Qabul qilingan o‘quv rejasiga muvofiq Iqtisodiyot va turizm fakulteti 61010100- Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda 61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) yo‘nalishidagi talabalar uchun 2-kursda “Turizmda loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish” fanidan kurs ishi tayyorlash rejalashtirilgan.
Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo‘lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to‘g’risida aniq tassavurlarga ega bo‘lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim.
Kurs ishi maqsadlari:

  • Talabalarning “Turizmda loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish” fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg`ulotlari jarayonida orttirgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash hamda tizimlashtirish.

  • Kurs ishiga oid muammolarni yechishda mustaqil ishlash hamda izlanish olib borish ko’nikmalarini rivojlantirish.

  • Kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi bitiruv malakaviy ishi va ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.

Kurs ishi vazifalari:

  • Tanlangan mavzuning dolzarbligi va ahamiyatini asoslash.

  • Tanlangan mavzuga oid nazariy va statistik ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish.

  • Mavzuga oid muammoli vaziyatlarga o‘z fikrini bildira olish.

  • Tanlangan mavzuni o‘rganish va o‘tkazilgan tahlillarga asosan xulosalar chiqarish hamda takliflarni shakllantirish.

  • Talab qilingan me’yorlarga asosan kurs ishini rasmiylashtirish.



Kurs ishining mavzusini tanlash va uni bajarish

Kurs ishi mavzusini (4-ilova) talaba o‘zi ixtiyoriy ravishda tanlaydi.


Kurs ishining rahbari sifatida kafedraning tajribali o‘qituvchilari kafedra tomonidan tayinlanadi.

Yüklə 110,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə