Sana: 1-Mavzu: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə7/46
tarix23.06.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#118579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
tarbiya

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning “So`z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira, yozuvchi va ma’naviyat targ`ibotchisi Tursunoy Sodiqovaning quyidagi sehrli so`zlaridan o`zlaringga xulosa chiqarib olasizlar degan umiddamiz.
Har qanday odamni o`zingizga qaratishda, turmushingizni qayta yaratishda, atrofga ma’ni va go`zallik nurlarini taratishda so`zga teng keladigan boshqa qurol yo`q! Siz o`zingizdan avval so`zingizni asrang: u-gavhar, tejab ayting, joyini topib ayting, randalab, shibbalab ayting, har bir so`zingiz bir uzukka ko`z bo`lsin!
So`zni chaynamang, ming`irlamang, har bir harfni o`z ohangi, rangi bilan tiniq talaffuz qiling! Quvonchli so`zni quvnab ayting! Xafa so`zni hasrat bilan ayting! “Urg`u” degan oltin tayoqcha bor, kerak so`zni topib tegizsangiz, jumla jaranglab ketadi! Bu degani gapingiz albatta tinglovchining yuragiga yetadi!
Siz avval o`zingizni emas, so`zingizni kiyintiring: odamlarning qulog`ini og`ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so`z bilan yetishni orzu qildingizmi, shunday aytingki, so`zingizni havoday shimirsinlar, gul hidlaganday vujudlari yayrab ketsin.
So`zlashish va nutq madaniyati haqida juda ko`plab tavsiyalar berilgan. Inson qachonki, ko`p kitob o`qisa, keksa otaxon-onaxonlardan, allomalarimiz o`gitlariga quloq solsa, u qayerda, qanday gapirishni biladi. Quyida yana Tursunoy Sodiqova so`zlariga e’tibor qaratamiz.

  • “Tiling omadingdir, Qizim!”;

  • Sozning, xonandaning ovoziga qarab xush ko`radilar, shundaymi? Sen ham so`zlashganingda, avvalo, ovozingni eng chiroyli pardasini topib gapir;

  • Sen odam tanlamagin, so`z tanla. Topib aytilgan so`z dushmanni ham do`stga aylantira oladi;

  • Oy qizim, ovozingni ko`targan zahoting uyingdan fayz ko`tariladi. Yuzingdan husn ko`tariladi;

  • Bilgin, til qishni bahorga aylantira oladi.

Topshiriq: “Sahna ko`rinish” mashqi. Bunda o`quvchilar jamoat joylarida telefondan foydalanayotgan holatni ochib beradilar.
(Sahnada o`quvchilarning holati, so`zga qanday urg`u berayotganligiga e’tibor qaratish)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə